Jamiyat

Koson tumanida yashovchi fuqaro mahalladoshiga o‘q uzdi
18 iyun 2020, 11:15

Koson tumanida yashovchi fuqaro mahalladoshiga o‘q uzdi

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yashovchi fuqaro mahalladoshining qarashi yoqmagani uchun «Makarov» ko‘rinishidagi to‘pponchadan unga o‘q uzib, qulog‘idan jarohatladi.

Masjidda o‘g‘irlik qilganlikda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi
18 iyun 2020, 09:35

Masjidda o‘g‘irlik qilganlikda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda masjidga kirish joyida qoldirilgan sumka o‘g‘irlab ketildi. Poytaxt IIBB jinoyat qidiruv xodimlari gumonlanuvchining shaxsini aniqlab, 22 yoshli shaxsni qo‘lga oldi.

Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 1,7 tonna hidlangan suyaksiz go‘sht to‘xtatib qolindi
18 iyun 2020, 09:05

Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 1,7 tonna hidlangan suyaksiz go‘sht to‘xtatib qolindi

Jizzaxdagi YPX maskanida Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 1,7 tonna hidlangan go‘sht to‘xtatib qolindi. Go‘sht suyaksiz bo‘lgani uchun qaysi hayvonga tegishli ekani hozircha noma’lum, ammo qoramol va qo‘y go‘shti emas, degan xulosaga kelindi.

Boshqa hududlarda yashovchilar Toshkentda qariyb 13 mingta kvartira sotib oldi
17 iyun 2020, 23:13

Boshqa hududlarda yashovchilar Toshkentda qariyb 13 mingta kvartira sotib oldi

Doimiy propiska to‘g‘risidagi talab bekor qilinganidan keyin boshqa hududlarda yashovchi fuqarolar Toshkentda qariyb 13 mingta, Toshkent viloyatida esa 2 mingdan ortiq kvartira sotib oldi. Bu uy-joy oldi-sotdi bitimlarining qariyb 70 foizini tashkil etadi.

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi
17 iyun 2020, 22:24

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi

2019 yilda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar 22 foizga kamaygan, biroq chaqaloqlar savdosi 2018 yildagi 38 foizdan 43 foizga oshgan. Shuningdek, majburiy mehnatga yo‘l quygan 259 nafar, ish haqlarini o‘z vaqtida bermagan va mehnat sharoitlari yaratmagan 56 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi — Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Toshkentdagi 71 ta mahalla “qizil” karantin hududiga kiritildi
17 iyun 2020, 21:38

Toshkentdagi 71 ta mahalla “qizil” karantin hududiga kiritildi

Toshkentda “qizil” karantin hududiga kiritilgan mahallalar soni 42 tadan 71 taga oshdi. Ushbu mahallalarga kirish va chiqish joylari yopildi. Koronavirus holatlari sababli “Malika” (“Fleshka”) savdo majmuasi, Yunusobod tumanidagi dehqon bozori va “O‘rikzor” bozori yopildi.

Milliy gvardiya xizmatchilari niqobi yo‘q fuqaroni bo‘g‘ib, xushidan ketkazgani aytilmoqda
17 iyun 2020, 20:34

Milliy gvardiya xizmatchilari niqobi yo‘q fuqaroni bo‘g‘ib, xushidan ketkazgani aytilmoqda

Surxondaryoda Milliy gvardiya xodimlari niqob taqmagan fuqaroni bo‘g‘ib, xushidan ketkazgani aytilmoqda. Hodisani izohlagan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarning xatti-harakatlariga baho berish yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanganini ma’lum qildi. Tuman prokuraturasi esa tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.

Samarqanddagi baxmal ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi
17 iyun 2020, 19:48

Samarqanddagi baxmal ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi

Samarqandda baxmal ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi. 200 kv m maydonda saqlanayotgan ikkilamchi xom ashyo va dastgohlar yongan, 800 kv m maydondagi tayyor mahsulotlar va uskunalar esa saqlab qolingan.

O‘z yurtiga qayta olmayotgan xorijliklar hikoyasi
17 iyun 2020, 19:30

O‘z yurtiga qayta olmayotgan xorijliklar hikoyasi

Koronavirus pandemiyasi oqibatida chegaralarning yopilishi va aviaqatnovlarning to‘xtatilishi sababli o‘z yurtiga qaytolmay, O‘zbekistonda qolgan xorijiy mamlakatlar fuqarolari o‘z hikoyalarini «Gazeta.uz» bilan bo‘lishishdi. Qahramonlarimiz turli xil hissiyotlarni boshdan kechirishgan: kimdir o‘z taqdirini uchratgan bo‘lsa, kimdir farzandining tug‘ilishini o‘tkazib yuborgan.

Sardoba toshqini oqibatlarini bartaraf etishga 200 mlrd so‘m ajratildi
17 iyun 2020, 17:24

Sardoba toshqini oqibatlarini bartaraf etishga 200 mlrd so‘m ajratildi

“Sardoba” suv ombori talofatidan zarar ko‘rgan hududlarda ta’mirlash ishlari uchun 200 mlrd so‘m ajratildi. Qurilish vazirligi ushbu mablag‘ qanday ishlatilishi borasida hisobot berdi.

O‘zbekiston harbiylari Moskvadagi G‘alaba paradida qatnashadi
17 iyun 2020, 15:45

O‘zbekiston harbiylari Moskvadagi G‘alaba paradida qatnashadi

Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida 12 mamlakat harbiylari, jumladan, O‘zbekiston vakillarining ham qatnashadi. Ayni paytda xorijlik harbiylar Moskvaga yetib borgan.

Karantin sababli prezident maktablariga qabul bir yilga qoldirildi
17 iyun 2020, 14:44

Karantin sababli prezident maktablariga qabul bir yilga qoldirildi

Prezident maktablariga o‘quvchilar qabuli kelgusi o‘quv yilida o‘tkaziladi. Bunga karantin davrida saralash imtihonlarini o‘tkazish va Cambridge Assessment tashkiloti vakillarining O‘zbekistonga belgilangan sanalarda kela olmasliklari sabab qilib ko‘rsatildi.

Termiz kirib-chiqish uchun yopilib, bir qator yumshatishlar bekor qilindi
17 iyun 2020, 13:18

Termiz kirib-chiqish uchun yopilib, bir qator yumshatishlar bekor qilindi

Surxondaryoda karantin vaqtida to‘y o‘tkazish qoidalari buzilishi oqibatida 250 dan ortiq kishi karantinga olindi. Termiz ham kirib-chiqish uchun yopildi.

O‘zbekistonda «O‘qituvchilar assotsiatsiyasi» tashkil etildi
17 iyun 2020, 10:37

O‘zbekistonda «O‘qituvchilar assotsiatsiyasi» tashkil etildi

Jamoat birlashmasi shaklidagi «O‘qituvchilar assotsiatsiyasi» nodavlat-notijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Assotsiatsiya Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilib, uning asosiy maqsadi xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Olis hududlarga ishga boradigan yosh mutaxassislarga boshlang‘ich yordam puli va uy-joy ajratiladi
16 iyun 2020, 20:04

Olis hududlarga ishga boradigan yosh mutaxassislarga boshlang‘ich yordam puli va uy-joy ajratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bosh vazir o‘rinbosarlariga olis hududlarga ishga boradigan yosh mutaxassislarga boshlang‘ich yordam puli va uy-joy ajratish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Respublika ta’lim markaziga yangi direktor tayinlandi
16 iyun 2020, 18:06

Respublika ta’lim markaziga yangi direktor tayinlandi

Shuhrat Sattorov Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi direktori etib tayinlandi.

O‘zbekistonda qisman quyosh tutilishi kuzatiladi
16 iyun 2020, 17:07

O‘zbekistonda qisman quyosh tutilishi kuzatiladi

21 iyun kuni O‘zbekistonda qisman quyosh tutilishi kuzatilishi mumkin. Mazkur astronomik hodisa Toshkent vaqti bilan 10:01 da boshlanadi, maksimum fazasi esa 11:24 da kuzatiladi.

Ozodbek Nazarbekov O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori etib tayinlandi
16 iyun 2020, 16:21

Ozodbek Nazarbekov O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori etib tayinlandi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga rektor etib tayinlandi. U madaniyat vaziri lavozimida ham faoliyatini davom ettiradi.

O‘zbekiston shaharlarida yana zilzila sezildi
16 iyun 2020, 15:17

O‘zbekiston shaharlarida yana zilzila sezildi

Afg‘oniston hududida sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston shaharlarida ham sezildi. Bir kun ichida ikkinchi marta yer osti silkinishlari qayd etildi.

Samarqand viloyat IIB YHXB noqonuniy jarimaga tortilgan haydovchiga tovon to‘laydigan bo‘ldi
16 iyun 2020, 13:56

Samarqand viloyat IIB YHXB noqonuniy jarimaga tortilgan haydovchiga tovon to‘laydigan bo‘ldi

Samarqand viloyat IIB YHXB asossiz jarimaga tortilgan oqdaryolik haydovchi foydasiga 1,5 mln so‘m ma’naviy zararni to‘laydigan bo‘ldi. Shuningdek, dastlab to‘langan davlat boji va pochta xarajati ham IIB YHXBdan undiriladigan bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting