Pitssa ixlosmandlari uchun Zira.uz har kimning ham ta’biga mos keladigan eng mazali va to‘yimli pitssalar retseptlarini taqdim etadi.
Qor ko‘chkisi xavfi bo‘lgani uchun «Qamchiq» dovonida transport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatildi.
1 dekabrdan boshlab kompyuter o‘yinlari markazlarining ishlashiga ruxsat berildi. Ushbu qaror Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan qabul qilindi.
Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva va yana to‘rt nafar shaxsga oid jinoyat ishini sud boshlandi. Yo‘ldoshevaning advokati ehtiyot chorasini o‘zgartirishni so‘rab, himoyasi ostidagi shaxs ayblov hulosasi bilan tanish emasligini ma’lum qildi. Qolaversa, sud vaqtida uning hanuzgacha viloyat bosh infeksionisti ekani ta’kidlandi.
BMT ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi va uning qurbonlariga ko‘maklashuvchi ayollar tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 25 million dollar ajratadi.
Toshkent shahrida yuk avtomobillari uchun ertalab va kechqurun cheklovlar o‘rnatilishi mumkin. Bu haqda Toshkent shahar IIB YHXB tomonidan xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga taklif kiritilgan.
Toshkent shahri Yashnaobod tumanida joylashgan «Texnokontinental» MCHJ korxonasidagi ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan siqilgan gazning sizib chiqishi natijasida yong‘in yuzaga keldi. Korxona xodimlaridan bir guruhi termik jarohat olgan. Hodisa ro‘y bergan joyda vaziyatni o‘rganish uchun respublika ishchi guruhi faoliyat olib bormoqda.
26 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 22:27 da Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov onlayn muloqot o‘tkazib, fuqarolarning savollariga javob berdi. Onlayn muloqotda adliya vaziri ishonchnoma orqali avtomobil boshqarish kabi muammolar to‘g‘risida gapirayotib, «ishonchnoma kabi hujjatlar, o‘ylaymizki, kelajakda tarixga aylanadi» deya aytib o‘tdi. Ilk bora tashkil etilgan ushbu muloqotga fuqarolardan 1500 ga yaqin savol kelib tushgan.
«Qashqadaryodagi 3,3 mln aholi davlat rahbarining havotirini, davlat rahbarining befarq emasligini, ko‘magini sezishi kerak», — dedi prezident. Uning so‘zlariga ko‘ra, vazir haftada ikki kun Toshkentda o‘tirishi, qolgan kunlari viloyatda bo‘lishi kerak.
Ommaviy axborot vositalarining vazifasi — jamoatchilik fikrini yetkazib turish va muammolarni muhokama qilish orqali ularning hal qilinishiga hissa qo‘shishdan iborat. Ularning «og‘zini yopish»ga urinishlar hokimiyat uchun ham, butun jamiyat uchun ham halokatli oqibatlarga olib keladi. Komil Jalilov maqolasi.
Andijon shahrida fuqaroni qiynoqqa solib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan Oliy sud hukmi o‘qildi. Aybdorlarga 10, 9 va 8,5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish vakolatining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga o‘tayotgani, umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimi, kommunal sohadagi qoidabuzarliklar nazoratining Departamentga topshirilayotgani va boshqalar — 1 dekabrdan nimalar o‘zgaradi?
1,5 mln abituriyentning 23 foizini bu yilgi maktab bitiruvchilari tashkil etgan bo‘lsa, ular davlat granti kvotasining 50 foizini egallagan. «Abituriyentlarning natijasi maktab bitiruvchilarinikidan anchagina orqada», — dedi Sherzod Shermatov. Vazir, shuningdek, o‘z ishini eplay olmayotgan va «sohaga adashib kirib qolgan» pedagoglarga o‘ziga boshqa ish topishni tavsiya qildi.
Yadro tadqiqotlari birlashgan institutiga a’zo davlatlar Muxtor vakillar qo‘mitasi O‘zbekistonning to‘laqonli a’zoligini tikladi. Endilikda O‘zbekiston yadro texnologiyalari, yadroviy tibbiyot, axborot texnologiyalari va materialshunoslik yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlay oladi.
Bo‘stonliq va Zominda quriladigan yangi dor yo‘llari qurilishini Avstriyaning Doppelmayr kompaniyasi amalga oshirishi ma’lum bo‘ldi. Xabar berilishicha, Zominda ikkita gondol-kreslo tipidagi dor yo‘li hamda tog‘-chang‘i trassalariga xizmat ko‘rsatish uchun uchta ko‘taruvchi moslama quriladi.
Fuqarolik jamiyati rivojlanishidagi ijobiy o‘zgarishlarga qaramay, jamoat tashkilotlarini ro‘yxatdan o‘tkazish hali ham o‘ta og‘riqli masala bo‘lib qolmoqda. Dilmurod Yusupov shu kungacha 18 marta (!) NNTni ro‘yxatdan o‘tkazishda rad javobini olgan volontyor yoshlarning tashabbuskor guruhi misolida bu masalaga aniqlik kiritishda davom etmoqda.
Bosh prokuratura UzAuto Motors`dan Lacetti, Equinox va Trailblazer sotib olgani haqidagi xabarlarga izoh berar ekan, Trailblazer sotib olinganini rad etdi. Shuningdek, ushbu avtomobillar qanday maqsadlarda va qaysi manbalar hisobiga olinganini oshkor qildi.
Farg‘ona viloyatidan Rossiyaga pomidor va qalampir olib kirishga taqiqni bekor qilish choralari ko‘rilayotgani ma’lum qilindi. Qayd etilishicha, ushbu mahsulotlarda aniqlangan ToBRFV o‘simliklar virusining yangi shtammi O‘zbekiston hududida ilgari aniqlanmagan.
Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat xizmatchilari har uch yilda bir martta huquqiy savodxonlik bo‘yicha onlayn test sinovlaridan o‘tishadi. Normativ-huquqiy hujjatlarning minimal bazasini bilish sinovlaridan vazirlar, hokimlar, davlat qo‘mitalari, idoralar va boshqa davlat tuzilmalari rahbarlari o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting