O‘zbekistonning har bir fuqarosi uchun Covid-19 vaksinasi buyurtma qilingan.
Xorazmda bir guruh ayollar boshqa bir ayolning qizligini tekshirish maqsadida yechintirib, jarayonni videoga olishdi. «Samosud» ishtirokchilarining shaxsi aniqlanib, hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
O‘zbekiston Jinoyat kodeksiga mansabdor shaxs tomonidan noqonuniy boylik orttirganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash taklif qilindi. Shuningdek, davlat xizmatchilari eng ko‘p korrupsiyaga qo‘l uradigan sohalar ro‘yxati shakllantiriladi.
Ayrim bojxona imtiyozlarining bekor bo‘lishi natijasida davlat byudjetiga 3 trln so‘mga yaqin qo‘shimcha mablag‘lar kelib tushdi. Ushbu mablag‘larning qariyb yarmi avtotransport ishlab chiqaruvchilarga tegishli imtiyozlarning bekor bo‘lishi natijasida undirilgan. Shuningdek, so‘nggi ikki-uch yilda bojxona sohasida faoliyat yuritgan 10 dan ortiq uyushgan jinoiy guruhlar fosh etilgani ma’lum qilindi.
24−25 noyabrda respublika hududlariga Qozog‘iston hududlaridan yana havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Antitsiklon periferiyasi ortga chekingach, O‘zbekiston hududlariga iliq havo massalari kirib keladi, biroq keyinchalik havo yana salqinlashadi.
Pastdarg‘omda yashovchi fuqaro xotini va uning sevgilisi deya taxmin qilingan shaxsni Samarqanddagi savdo markazida pichoqlab o‘ldirdi. Erkak qo‘lga olingan va prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ekologiya qo‘mitasi Toshkentdagi «Turkiston» saroyi atrofida maxsus belgi qo‘yib chiqilgan daraxtlar imkon qadar kesilmasligini ma’lum qildi.
Andijon viloyati hokimligi Shuhrat Abduraxmonov audiosi bo‘yicha munosabat bildirib, ular «yozuvlar yillar davomida yig‘ilgani va montaj qilinganini bildirdi. Bu bo‘yicha dastlabki tekshiruv boshlangan.
Elektr energiya tarmoqlaridagi uzilishlar bo‘yicha kelib tushayotgan murojaat va shikoyatlar bo‘yicha energetika vaziri o‘rinbosari munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yetishmovchiliklarda hududiy elektr tarmoqlari operatorining aybi yo‘q. «Aslida yo‘q narsani ular topib bera olishmaydi», — dedi u.
Shuhrat Xudoybergenov tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktorining o‘rinbosari va markaz klinikasi bosh vrachi etib tayinlandi.
Qo‘qonda er-xotinni shafqatsizlarcha o‘ldirib, ularning boyligiga ega chiqishga uringan shaxslarga sud eng og‘ir jazoni tayinladi. Sudlanuvchi qarz sababli bu ishga qo‘l urgan va bunga qarindoshlarini ham jalb etgan.
O‘zgidromet va Meteoinfokom xodimlari maoshi ikki baravarga oshiriladi. Sohada uzoq muddat xizmat qilgan xodimlarga oylik ustama to‘lanadi. Hozirga qadar ular o‘rtacha 800 ming so‘mdan 1,3 mln so‘mgacha haq to‘lab kelinayotgan edi.
Andijonda yupun kiyimlarda bayroq ko‘tarishga chiqarilgan o‘quvchilar 43-maktabdagi «Yangi O‘zbekiston — Yangicha dunyoqarash» targ‘ibot tadbiri doirasida jalb qilinganligi ma’lum bo‘ldi. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi ushbu maktab direktori v.b. D.Nasirdinov va uning o‘rinbosari S.Ismanova ishdan bo‘shatilganligini ma’lum qildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Sog‘liqni saqlash kodeksining loyihasini tayyorladi. Ushbu sohadagi amaldagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarning normalari birlashtirilishi kutilmoqda.
Keskin sovuq tushganiga qaramay, Andijondagi 43-maktab o‘quvchilari targ‘ibot tadbiri doirasida yupun kiyimlarda bayroq ko‘tarishga chiqarildi. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi vaziyatni o‘rganmoqda. XTV rahbarlar bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirilganini ma’lum qildi.
Qibrayda gaz portlashi oqibatida uy egasi va uning o‘g‘li vafot etdi. Portlash gaz-havo aralashmasining chaqnashi natijasida yuzaga kelgan.
O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi tomonidan nufuzli Oskar mukofotining «Eng yaxshi xalqaro badiiy film» nominatsiyasiga Yolqin To‘ychiyevning «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi tanlandi. 93-Oskar taqdirlash marosimi 2021 yilning 25 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
«Navro‘z» qabullar uyini kapital ta’mirlab, Davlat ishtirokidagi korxonalarni sog‘lomlashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirish markaziga aylantirish rejalashtirilmoqda. Birinchi qavatida esa mehnat birjasi ochiladi.
Odatiy ovqatlardan charchab, taomnomasiga yangilik kiritmoqchi bo‘lganlar uchun Zira.uz 7 ta mazali va to‘yimli toblatmalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Farg‘ona viloyat prokuraturasi hududlarda 3 soatdan 28 soatgacha elektr uzilishlari kuzatilayotganini aniqlab, elektr tarmoqlari mansabdorlariga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting