«O‘zdavkarantin» inspeksiyasi Qirg‘izistonga meva-sabzavot mahsulotlarini olib kirilishiga taqiq qo‘yilishi haqidagi xabarlarni rad etdi.
SSV Chiroqchi tumanida 7 kishidan iborat oilaning uy sharoitida tayyorlangan pomidor konservasidan zaharlanganiga izoh berdi.
Jizzax viloyatida Cobalt avtomobili va MAN yuk mashinasi to‘qnashuvi natidasida ikki kishi, jumladan uch yoshli bola hayotdan ko‘z yumdi.
«Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida"gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, vafot etgan shaxsni dafn etish uchun nafaqa endilikda davlat byudjeti hisobidan beriladi.
O‘zbekistonda 2020 yil fevralidan iste’mol xususiyatini yo‘qotgan g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yig‘imini olish boshlanadi.
Dam olish kunlari yog‘ingarchilik va haroratning keskin o‘zgarishi kutilmaydi. Havo bulutli bo‘ladi, kunduzi havo harorati + 10 … + 15 darajagacha isiydi.
Prezident 2020 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
«LUKOYL» rahbar xodimi tomonidan ishchilarning haqorat qilinishi yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi. Ivan Shilov kompaniyaning Moskvaga kasbiy etika bo‘yicha majlisga chaqirilgan.
Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi besh erkak tomonidan zo‘rlangan ayol masalasi nazoratda ekanini ma’lum qildi.
Qashqadaryodagi «Jarquduq» majmuasida ishchilarning haqorat qilingani yuzasidan dastlabki izoh berildi. «Lukoyl» MCHJ vaziyat atayin uyuushtirilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.
AOKA rahbari Komil Allamjonov bloger Nafosat Olloshukurovaning shifoxonaga yotqizilishi uning faoliyati bilan bog‘liq emasligini ma’lum qilib, jazolovchi psixiatriya qo‘llangani haqidagi gaplar provakatsiya ekanini ta’kidladi.
O‘zbekiston 2030-yilgacha onalar o‘limi, gender notengligi va maishiy zo‘ravonlikni batamom tugatish majburiyatini zimmasiga oldi.
«Prokuratura to‘g‘risida"gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra prokuratura organlarida 20 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga 15 kalendar kun qo‘shimcha ta’til beriladi.
Chegara qo‘shinlari yosh yigit chegarchilar tomonidan kaltaklangani yuzasidan izoh berar ekan, uning qonunbuzarlik sodir etilgan joyda harbiylarning qonuniy talablariga bo‘ysunmaganini ma’lum qildi.
Andijon viloyati hokimi paxta terimiga targ‘ib qilingan she’rlari uchun shoir Sharofiddin Boltaboyevga Nexia avtomobili sovg‘a qildi.
Toshkent IIBB ko‘magida ichki ishlar bo‘limlari yaqiniga 78 ta mushuklar uchun uychalar joylashtiriladi.
Uchtepa tuman xalq ta’limi bo‘limining xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudir o‘rinbosari qalbaki diplomni 2 200 AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlandi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan qarorga binoan qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekistondan chiqishini vaqtincha cheklash ijro hujjati qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmaganda qo‘llaniladi.
Farg‘ona shahar ko‘p tarmoqli poliklinikasi vrach-laboranti bir fuqaroni ushbu shifoxonaga hamshiralik vazifasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 800 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ushlangan.
Bahodirjon Shermuhammadov Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining yoshlar, ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting