Joriy o‘quv yilida maktablarda o‘quv darsliklarining o‘rtacha ijara narxi ikki baravarga oshdi. XTV buni qog‘oz narxlari va transport xarajatlari oshgani bilan izohladi.
Prezident Qatag‘on qurbonlarini xotirlash kunida mamlakatni ozod qilishga uringani uchun totalitar tuzum repressiyasiga uchragan o‘zbeklarni tilga oldi. Uning so‘zlarini Rossiya OAVlari «SSSRni o‘zbek millatining gultojlarini yo‘q qilishda ayblash» deb talqin qildi, Duma deputati esa buni spekulyatsiya deb atadi.
2022/2023 o‘quv yili uchun faqat bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt summasi 10 foizga kamaytirildi.
Shavkat Mirziyoyev bundan 6 yil avval vafot etgan Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. «Birinchi prezidentimizga hurmat o‘z tariximizga hurmat ifodasidir», — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
2016 yilning 2 sentabr sanasi. Aynan shu kuni O‘zbekistonning birinchi prezidenti 78 yoshida vafot etdi. «Gazeta.uz» Islom Karimov ulg‘aygan xonadon va tahsil olgan maktabdan fotoreportaj tayyorladi.
O‘zbekistonda obodonlashtirish ishlari ko‘pincha daraxtlar shikastlanishi va nobud bo‘lishiga olib keladi. Chilonzor ko‘chasini ta’mirlashda zarar yetgan emanlarni davolashni tavsiya qilgan dendrolog Atirgul Xolmurzayeva oddiy fuqarolar qanday qilib ildizi shikastlangan daraxtlarni qutqarishi mumkinligini so‘zlab berdi.
Aholisi kuchli suv toshqinlaridan aziyat chekkan Pokistonga O‘zbekistondan insonparvarlik yordami jo‘natildi. Og‘irligi salkam 40 tonna bo‘lgan yuk tarkibida o‘simlik yog‘i, un, guruch, go‘sht konservalari va boshqalar bor.
Mustaqillik bayrami sharafiga payshanba kuni soat 21:00 da “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mushakbozlik bo‘ladi.
Shavkat Mirziyoyev ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytdi. «Bu bizning millatga xos bo‘lmagan chidab bo‘lmas illat», — deya ta’kidladi prezident.
Maktab kutubxonalarining zamonaviy vazifasi bolalar hayotni o‘rganishlari uchun sharoit yaratishdan iborat. Biroq O‘zbekistondagi maktab kutubxonalarining asosiy funksiyasi go‘yoki o‘quvchilarni darsliklar bilan ta’minlashdan iboratdek. “Gazeta.uz” maktab kutubxonachilarining shu haqdagi fikrlari bilan qiziqdi.
31 avgust kuni davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bunda korrupsiyaviy xavf-xatarlar ichki va tashqi axborot manbalari asosida aniqlanadi. Natijalar «E-anticor.uz» elektron platformasiga har yili 1 fevralga qadar kiritiladi.
O‘zbekistonda ilk Mustaqillik bayrami qayerda va qanday o‘tkazilgan? Unga kim rejissyorlik qilgan? Islom Karimov va rejissyor munozarasiga nima sabab bo‘lgan? “Gazeta.uz” bilan suhbatda 1992−2001-yillardagi bayramlar tashkilotchilaridan biri Usmon Qoraboyev shu va boshqa savollarga javob berdi.
Qovurma va qaynatma sho‘rva, shivit oshi, moxora, qozon kabob, bayramona osh, «lola» somsa, qozonda pishirilgan lo‘li-kabob — Zira.uz bayramona taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Mahalliy turistlarga keshbek beriladi, taksi haydovchilari o‘zini o‘zi band qilganlar ro‘yxatiga kiritiladi, avtotransportlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddati o‘zgaradi, avtomobil ishonchnomasi onlayn tuziladi, ko‘p kvartirali uylarning zilzilaga chidamliligi tekshiriladi — 1-sentabrdan nimalar o‘zgaradi?
Xalq ta’limi vaziri oliy toifali o‘qituvchilar attestatsiyasi masalasida murojaat bilan chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, attestatsiyadan o‘tmagan 15 yillik uzluksiz ish stajiga ega oliy toifali o‘qituvchilarning toifalari bekor qilinmaydi.
Qatag‘on qurbonlarini yod etgan prezident, DXAda «prava»ni almashtirish vaqtincha to‘xtatilgani, qo‘lga olingan Zangiota tuman hokimligi xodimi, aeroportdan noqonuniy o‘tkazilgan timsoh va buqalamun, «Kinematografiya fidokori» ko‘krak nishoni, sentabrning issiq kuni va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.
«Agrobank» talabalarga qulay shartlarda ta’lim kreditlarini taklif etadi.
30 avgust kuni Misr davlatidan uchib kelgan fuqaro 56 ta timsoh bolasini, 31 avgust kuni esa Misrdan kelgan boshqa fuqarolar plastmassa idishlarda 10 ta buqalamunni xalqaro aeroportdagi bojxonadan o‘tkazmoqchi bo‘ldi. Tashish va saqlash qoidalariga rioya qilinmagani sababli ularning ayrimlari og‘ir ahvolda.
“O‘zagrosug‘urta” transformatsiyasi davomida moliyaviy sog‘lomlashtirish, operatsion samaradorlikni oshirish va uning xalqaro imijini mustahkamlashga asosiy e’tibor qaratilgan.
Hukumat qarori bilan «Kinematografiya fidokori» ko‘krak nishoni ta’sis etildi. U bilan milliy kinematografiya sohasini rivojlantirish, badiiy va g‘oyaviy jihatdan yetuk filmlar yaratish, milliy filmlarni keng targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shgan shaxslar taqdirlanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting