Farg‘ona viloyati prokuraturasi vakili bloger Haydarjon Boboxaydarovning boshiga qop kiydirib, So‘xdan Farg‘onaga olib kelinganligi haqidagi ma’lumotni rad etdi. Advokat uni hibsda gumon qilinuvchi sifatida ushlab turish uchun faktlar yetarli emasligini aytdi.
Taniqli teatr va kino aktyori, O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori Fatxulla Ma’sudov 57 yoshida vafot etdi. U koronavirusga chalingan edi.
Bosh prokuratura Xaydarjon Boboxaydarov (bloger Dadaxon Haydarov) So‘x tumanida sodir bo‘lgan ommaviy tartibsizliklar holati yuzasida gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganini ma’lum qildi. Uning oilasi 22 avgustdan buyon uning qayerdaligini bilmasligini aytdi.
30 avgust soat 06:00 dan Toshkent metropolitenining yangi yerusti xalqa yo‘lining «Do‘stlik-2» bekatidan «Qo‘yliq» bekatigacha harakat yo‘lga qo‘yildi. Qayd etilishicha, «Do‘stlik» bekatidan «Do‘stlik-2» bekatiga o‘tish bepul.
Iyun oyida bo‘lib o‘tgan bosh vazir bilan uchrashuvda hokimni o‘zgartirishni so‘ragan so‘xlik bloger Dadaxon Haydarov 10 sutkaga qamoqqa olingan. Otasining so‘zlariga ko‘ra, uni boshiga qop kiygizgan holda vertolyotda olib ketishgan. Yaqinlari 22 avgustdan buyon uning qayerda ekanligidan bexabar. «Gazeta.uz» manbasiga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlariga 80−90 odam olib borilgan.
An’anaga ko‘ra, Mustaqillik kuni arfasida prezident davlat xizmatchilari, shifokorlar, harbiy xizmatchilar, turli soha vakillarini, shuningdek chet elliklar va xorijdagi vatandoshlarni mukofotlash to‘g‘risida farmonlarni imzoladi. Taqdirlanganlar orasida vazirlar va viloyat hokimlari, san’atkorlar, o‘qituvchilar, jurnalistlar va boshqalar bor. To‘rt nafar feldsher va uch harbiy xizmatchi o‘limidan so‘ng mukofotlandi.
Sentyabrda ob-havo ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichlarga yaqin bo‘ladi, deya ma’lum qildi O‘zgidromet. Ayrim hududlardagina qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi mumkin.
Maxsus komissiya pandemiya bilan bog‘liq vaziyat sababli mamlakat aholisini Mustaqillik bayramini uyda o‘tkazishga chaqirdi.
Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidan o‘tuvchi 4K-339 yo‘lida Damas haydovchisi asosiy yo‘ldan kelayotgan «Kamaz»ni o‘tkazib yubormagani sababli YTH sodir etilgan. Uning oqibatida Damas haydovchisi va 18 yoshli yo‘lovchisi vafot etdi, ikki nafar kishi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Zira.uz qish mavsumi uchun oldindan tayyorlab qo‘ysa bo‘ladigan yeguliklar ro‘yxatini taqdim etadi.
31 avgust va sentyabr oyida amalga oshiriladigan charter reyslari jadvali e’lon qilindi. Shuningdek, Turkiya, BAA, Belarus va Qozog‘istonga muntazam aviaqatnovlarni tiklash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun 28 avgustdan har hafta temir yo‘l reyslari tashkil etiladi. Poyezdlar Yekaterinburg, Rostov-Don, Novosibirsk va Samaradan qatnovlarni amalga oshiradi.
O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matulla Yo‘ldoshev «Xalq so‘zi» gazetasiga taqdim etgan maqolasida prokuratura tizimida korrupsiyaga qarshi kurash, nazorat tadbirlarida aniqlangan talon-toroj holatlari va boshqalarga to‘xtaldi. Jumladan, qurilish sohasida — 78 mlrd so‘m, qishloq xo‘jaligida — 89,7 mlrd so‘m, oylik va nafaqalardan — 16 mlrd so‘m, tabiiy gazdan — 41 mlrd so‘m talon-toroj qilingan.
O‘zbekistonda hozirgacha 90 mingga yaqin bola karantinga olingan bo‘lib, ularning 3932 nafarida COVID-19 aniqlangan.
O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi arafasida ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 113 nafar fuqaro afv etildi. Prezident bu haqdagi tegishli farmonni imzoladi.
COVID-19 pandemiyasi davrida maktablarga qo‘yiladigan vaqtinchalik sanitariya talablari tasdiqlandi. Xususan, maktablarda ommaviy tadbirlar o‘tkazilmaydi, niqobsiz maktabga kirishiga ruxsat berilmaydi, o‘quvchi va o‘qituvchilar «ertalabki filtrlash» jarayonidan o‘tishadi.
Samarqandda 2022 yilda o‘tkazilishi kutilayotgan Shanxay hamkorlik tashkilotining (SHHT) sammitiga tayyorgarlik ishlarida jami 7,4 mlrd so‘m pul talon-toroj qilingani va noto‘g‘ri sarflangani aniqlandi. Ushbu holatlar yuzasidan 5 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari o‘tkazilmoqda.
27 avgust kuni Turkiyadan 16 nafar tajribali mutaxassislardan iborat tibbiy guruh, koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarga yordam berish va tajriba almashish maqsadida O‘zbekistonga yo‘l olishdi.
Hukumat qarori bilan Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti tashkil etildi. Unda ta’lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.
Rossiyalik bloger va urbanist Ilya Varlamov o‘z videolavhalarining birida chamadonni ko‘zdan kechirayotganda uning krossovkalari bilan qiziqib qolgan, ammo kattaligi mos kelmagani uchun faqat sigaretlarni olib qolgan o‘zbekistonlik chegarachi bilan bog‘liq vaziyatni eslab o‘tdi. Davlat bojxona qo‘mitasi Varlamov so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktidan o‘tmaganligini aytdi. Bloger vaziyat 10 yil oldin sodir bo‘lganligini tushuntirib, Davlat bojxona qo‘mitasini Rossiya fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari va sayohat ma’lumotlarini oshkor etmaslikka chaqirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting