Sardoba tumanida yashovchi ayollar Gulistonda may oyida tug‘ilgan chaqaloqni 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganda qo‘lga olindi.
2020/2021 o‘quv yili uchun magistraturaga kirish imtihonlari 3−20 avgust kunlari o‘tkaziladi.
Yanvar oyida avval mashinasi, so‘ngra o‘zining jasadi topilgan taksi haydovchisini kim o‘ldirgani ma’lum bo‘ldi. Gumonlanuvchining boshqa jinoyatlari ham fosh qilindi.
Uzbekistan Airways xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida 22 iyundan 5 iyul kuniga qadar amalga oshiriladigan charter aviaqatnovlarining navbatdagi jadvalini e’lon qildi.
2020 yil uchun Haj mavsumi xorijiy mamlakatlar ziyoratchilari uchun bekor qilinib, Saudiya Arabistoni ichida bo‘lib turgan fuqarolardan iborat ziyoratchilar uchun cheklangan miqdorda tashkil etiladi.
«Xalq banki» Yozyovon filiali pul omboridan yo‘qolgan 100 ming dollarni bank boshqaruvchisi, bosh hisobchi va kassa mudiri o‘g‘irlagani ma’lum bo‘ldi. Ularga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida 50 ming uchun boshlangan janjal bir kishining o‘limi bilan yakun topdi. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qo‘lga olindi.
O‘zbekiston hududida hafta davomida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda. Dam olish kunlari esa sovuq antitsiklonning kirishi tufayli havo harorati 8−10 darajaga pasayib, 27−30 darajagacha tushadi.
Bir qator viloyatlarda hokimlarga turizm va sportni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosar va maslahatchi lavozimlari joriy etildi.
“O‘rtasaroy” karantin markazida osilgan holda topilgan fuqaro o‘zini tajovuzkor tutgani, virus yuqtirib olganini aytib, alohida xonaga olishlarini talab qilgani ma’lum bo‘ldi. Undan olingan test namunalari koronavirus mavjud emasligini ko‘rsatdi.
Maktablarda tanlov fanlar yo‘nalishlari soni 5 tadan 12 taga oshiriladi. Endilikda, o‘quvchilar iqtisod, veb-frilanser, turizm va boshqa yo‘nalishlarni tanlash imkoniga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, tanlov fanlari 7-, 8- va 9-sinflarda ham joriy etilishi kutilmoqda.
Surxondaryo viloyati Denov tumani hokimi tumanda bir kishi koronavirus infeksiyasidan vafot etganini va marhum bilan muloqotda bo‘lgan 187 nafar fuqaro karantinga olinganini, ulardan 6 nafarida COVID-19 aniqlanganini ma’lum qildi. Biroq, bir ozdan so‘ng xabar o‘chirilgan. Sog‘liqni saqlash vazirining matbuot xizmati bu holatni tasdiqlamadi.
Asli Farg‘ona viloyatidan bo‘lgan fuqaro Yuqorichirchiq tumanida joylashgan karantin kompleksida ichida o‘zini osib qo‘ygan holda topilgan. Prokuratura dastlabki tergov ishlarini olib bormoqda.
O‘zbekistonda daromadlari yuqori va akademik yutuqlari ko‘p bo‘lgan odamlarni jalb qilish uchun yangi — Uzbekistan Is My Second Home immigratsion viza turi ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, sayyohlik to‘lovlarini hisobga olishning yagona tizimi hamda ikkita xalqaro nazorat-o‘tkazish punktida Fast Track mexanizmi joriy qilinadi.
Strit-art O‘zbekistonda hech qachon mustaqil va mustahkam o‘rnashgan yo‘nalish sifatida mavjud bo‘lmagan. O‘zini-o‘zi yakkalash, himoya niqoblari rejimi va iqtisodiy inqiroz bilan birga, koronavirus uning birinchi alomatlarini bizga bildirdi. Yangi hodisa hozircha Toshkentning Chilonzor tumanida o‘zbek graffiti rassomi InkUZart qiyofasida mahalliylashtirilgan. Uni allaqachon yaxshi ko‘rib qolishga va mahalliy Benksi deb atashga ulgurishdi. Sirli tibbiy niqob ortida kim yashirinmoqda, nega u devorlarga chizadi va nima haqida orzu qiladi — Sabina Bakayeva reportajida.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi noqonuniy daromad orttirish maqsadida 3 mln AQSH dollari miqdoridagi kriptoaktivlar ko‘rinishidagi mablag‘larni qonunga xilof ravishda o‘tkazish bilan shug‘ullangan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Tajriba-sinov tariqasida o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazilgan 10 ta oliy ta’lim muassasasida 2020−2021 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorini oshirmaslikka qaror qilindi.
Senat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaganlik uchun jarimalar miqdorini oshirishni ko‘zda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilishini ma’qulladi.
Endilikda tez yordam mashinasini o‘tkazib yuborish uchun YTH qoidalarini buzgan haydovchilar jarimaga tortilmaydi — senatorlar qonunchilikka shunday o‘zgartish kiritilishini ma’qulladi. Hozirda haydovchi maxsus transport vositasini o‘tkazib yubormasa ham, yo‘lni bo‘shatish uchun YTHni buzsa ham jarimaga tortiladi.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva ayrim ota-onalar farzandining arzimagan shikoyati uchun ham maktabga yugurib kelib, o‘qituvchiga “tashlanish"dan uyalmay qo‘yganini ta’kidlab, ularni ustozlarni hurmat qilishga chaqirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting