1 iyuldan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari va maktab-internatlariga yangi o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli boshlanadi. Pandemiya sharoitida hujjatlar onlayn qabul qilinadi.
Toshkentda elektromobillarda taksi xizmatlari ko‘rsatiladi. Buning uchun Xitoydan 500 dona elektromobil xarid qilindi. Ular bir martalik quvvat bilan shahar ichida 419 km, katta trassada 540 km masofani bosib o‘tadi.
Yanvar-may oylarida O‘zbekistonda qayd etilgan jinoyatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 41,9 foizga oshdi. Xususan, poraxo‘rlik va firibgarlik (tovlamachilik) bilan bog‘liq jinoyatlar 2 barobarga ko‘paygan.
Namangan viloyatining Norin tumanida 16 yoshli o‘spirin Damas haydab ketayotib, uch ayol piyodani urib yubordi. Ulardan biri voqea joyida vafot etgan, ikkisi jarohatlangan.
Seshanba kuni tog‘ va tog‘oldi hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Hafta o‘rtasida ko‘tarilgan harorat dam olish kunlariga borib bir oz pastlaydi.
O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy va gumanitar hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlari uchun “Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni berildi.
Toshkent shahri bo‘yicha 333 ta “yashil”, 87 ta “sariq” va 99 ta “qizil” mahalla, mavze va daha hududlari bo‘ylab karantin va profilaktik tadbirlar belgilangan.
Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida Matiz va VAZ-2101 rusumli avtomobillar to‘qnashishi oqibatida ikki kishi, shu qatorida voyaga yetmagan shaxs vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Endilikda xorij fuqarolari Rossiyada patent yoki ishlash uchun ruxsatnoma olish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishga ariza berishda COVID-19 uchun tekshiruvdan o‘tishlari shart qilib qo‘yildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Ohangaronda ko‘p qavatli uyning 1-qavatidagi do‘konda kelib chiqqan yong‘in bartaraf etilganini ma’lum qildi. Kelib chiqqan yong‘inda halok bo‘lgan va jabrlangan fuqarolar bo‘yicha ma’lumot kelib tushmagan.
Toshkentda koronavirusga chalingan shifokor miokard infarktidan vafot etdi. U Yuqorichirchiq karantin markazida faoliyat ko‘rsatayotgan edi. Bu mamlakatda COVID-19 ga chalingan tibbiyot xodimlari orasidagi birinchi o‘lim holatidir.
2020−2021 o‘quv yilidan boshlab maktablarning 1−9-sinflarida yangi «Tarbiya» fani joriy etilmoqda. 6 million nusxada yangi darslik va 2 million nusxada informatika darsligini nashr etishda Kolorpak kompaniyasi bosh pudratchi bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda bizga nima ma’lum va nima uchun o‘quv yili boshlanishiga 2,5 oy qolganda boshqa noshirlar bilan tuzilgan shartnoma o‘zgartirildi.
Koronavirus bemorlari soni 43 nafarga ortib, jami 7725 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarning 30 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 11 nafari Toshkent viloyatida, 2 nafari Toshkent shahrida qayd etildi.
«Har bitta odam matbuotda qilgan xatosi uchun ishdan ketsa, ertaga kelgan odam ham huddi shunday xatoni qilmaydi deb ishonch bilan ayta olmaymiz» — Komil Allajonov nima uchun matbuotga chiqib ketgan audiolar uchun mansabdor shaxslar jazolanmayotganligi, hokimlarning ishiga qanday mezon bilan baho berish kerakligi va ular matbuot bilan qanday ishlashi kerakligi to‘g‘risida shaxsiy fikrlarini bildirdi.
O‘zbekistonning bir qator shaharlarida epitsentr markazi Afg‘onistonda bo‘lgan zilzila sezildi. Yer osti silkinishlarining kuchi 2 dan 3 ballgacha bo‘lgan.
Aksariyat axborot vositalarida ijtimoiy salmog‘i yengil bo‘lgan, hisobot va balandparvozlik ruhidagi materiallar hanuz ustunlik qilmoqda, deyiladi Prezidentning OAV xodimlari bayrami munosabati bilan tabrigida. Davlat rahbari, shuningdek, ayrim jurnalist va blogerlarda bilim va professional malaka, bahs madaniyati yetishmasligi jamoatchilikni tashvishlantirayotganini ta’kidladi.
Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida Nexia avtomobili yo‘lini boshqa bir Nexia bilan to‘sib, talonchilik sodir etgan shaxslar ushlandi. Bosqinchilar orasida ayol kishi ham bor.
Toshkentda yanvar-may oyilarida 896 ta og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilib, respublikada salbiy birinchi o‘rinni egalladi.
BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Sardoba tumaniga 30 ming dollarlik gumanitar yordam yubordi.
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududida havo salqinroq bo‘ladi, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat +27…+32 darajagacha tushadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting