2020−2021 o‘quv yilidan boshlab tajriba tariqasida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkent davlat pedagogika universitetida masofaviy o‘qitish shakli joriy etiladi.
“Yashil” hududlarda joylashgan masjidlar o‘z faoliyatini boshladi. Jamoat namozlari karantin qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda o‘qilmoqda.
BAA bosh vaziri o‘rinbosari, prezident ishlari bo‘yicha vazir Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon Qoraqalpog‘istonda 200 gektar maydonda dala lageri qurishni rejalashtirmoqda. Hukumatning yer ajratish to‘g‘risidagi farmoyishi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.
Xorazm viloyatida qidirilayotgan erkakning murdasi Shovot kanalidan topilgan mashina ichida zanjir bilan bog‘langan holda topildi.
Qibrayda beton zavodida 95 metr uzunlikdagi devorning qulab tushishi oqibatida 3 ishchi hayotdan ko‘z yumdi. Jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Toshkentda 26 yoshli erkakning yuragiga qaychi sanchib o‘ldirgan 17 yoshli sartarosh qo‘lga olindi.
Toshkentning Shayxontohur tumanida yoshlar o‘rtasida ommaviy janjal va pichoqbozlik sodir bo‘ldi. Ikki kishi yaralanib, shifoxona yotqizildi.
Oliy sud «Yangiobod. Chotqol marvaridi» sayyohlik bazasining nazorat shikoyatini qanoatlantirdi. Ob’ektni olib qo‘yish bo‘yicha oldingi instansiyalar va hokim qarori bekor qilindi.
Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida tibbiyot xodimlari mast holdagi kishilar tomonidan ayovsiz kaltaklandi. Masala yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh prokurorga murojaat yo‘llab, holatni nazoratga olishni va aybdor shaxslar qattiq javobgarlikka tortilishini ta’minlashda amaliy yordam so‘ragan.
Maktabgacha ta’lim vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi va xalqaro tashkilotlar ko‘magida maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tiklash borasida qo‘yiladigan talablar tartibini ishlab chiqilmoqda.
2020−2021 o‘quv yili uchun OTMga kirish imtihonlarida abituriyentga O‘zbekistonning istalgan hududidan, o‘zlari xohlagan oliygohga hujjat topshirish imkoniyati bu yili ham saqlab qolinadi.
«Chiroyli» raqamlar 6 ta toifaga ajratildi va ayrimlarining boshlang‘ich narxlari o‘zgardi.
“Toshkent-Osh” avtomobil yo‘lining 227 kilometrida harakat davomida tormoz tizimi ishlamay qolgani sababli “Sams” rusumli yuk avtomashinasi ikki “Isuzu” yuk avtomashinasiga urilib, ag‘darilgan. YTH oqibatida barcha yuk avtomashinalarining haydovchilari vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Yashil” hududlardagi diniy tashkilotlar (masjidlar, cherkovlar) faoliyati 8 iyundan boshlanadi. Bunda himoya niqoblarini majburiy kiyish sharti bilan, shuningdek, tashrif buyuruvchilar orasidagi masofa kamida 1,5−2 metr bo‘lgan holda namoz o‘qish mumkin bo‘ladi. Lekin, hozircha ommaviy diniy tadbirlar (juma namozi, yakshanba ibodatlari va boshqalar) tashkil etish taqiqlanadi.
Abituriyentlar OTMlarga topshirishi uchun talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi. Oldingi yillarda o‘qishga kira olmagan abituriyentlar uchun to‘lov bu yil 111,5 ming so‘m miqdorda bo‘lishi belgilandi.
2020−2021 o‘quv yili uchun OTMga kirish imtihonlarida abituriyentlar ikkita fandan test sinovlari topshiradi. Test sinovlari karantin cheklovlari tugagandan so‘ng iyul-avgust oylarida (taxminan 27 iyuldan 15 avgustgacha) o‘tkaziladi. Ijodiy imtihon topshirishi kerak bo‘lgan abituriyentlar faqatgina bitta ta’lim yo‘nalishida, qolgan holatlarda 3 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.
Abituriyentlar respublika OTMlariga 15 iyundan 15 iyulgacha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, DTM sayti va Davlat xizmatlari markazlari orqali onlayn hujjat topshirishlari mumkin bo‘ladi.
40 nafardan ortiq Fanlar Akademiyasining yosh olimlari ko‘p qavatli uylar uchun birinchi to‘lovni 2019 yil noyabrda to‘lab berishgan. Sergeli tumanidan ajratilishi kerak bo‘lgan uylar yuzasidan, Senat qo‘mitasi Toshkent shahar hokimiga senator so‘rovi yubordi.
So‘x tumanidagi barcha muammolarni bartaraf etish uchun 1 trln so‘mga yaqin mablag‘ ajratilishi rejalashtirilmoqda. Bu masala bo‘yicha prezident qarori loyihasi tayyorlanmoqda. Co‘xlik yoshlarning oliy o‘quv yurtlariga qabul qilinishi uchun 500 ta kvota ajratiladi, ular oliy o‘quv yurtlariga imtihonlarni o‘z ona tillari — tojik tilida topshirishlari mumkin bo‘ladi.
14 kunlik karantindan keyin “O‘rikzor” savdo majmuasi qayta ochildi. Qurilish materiallari bozori “Stroygorod” majmuasi bundan mustasno.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting