Toshkentdagi 6-tug‘ruqxona karantinga yopildi. Bemor bilan muloqotda bo‘lgan shaxsda COVID-19 aniqlandi.
Toshkentda qattiq shamol esishi va qor yog‘ishi sababli 44ta elektr stansiyasi va 20 ta gaz tarmog‘ida uzilishlar yuz berdi. 148 ta ko‘p qavatli uyga issiqlik ta’minotini yetkazishning vaqtincha imkoniyati yo‘q. Ko‘plab uzilishlar bo‘yicha tuzatish ishlari tugatilgan.
O‘zbekistonda kuchli qorli shamol mamlakatning deyarli barcha viloyatlarida daraxtlar qulashi va elektr ta’minotida uzilishlarga olib keldi. «Hududiy elektr tarmoqlari» ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 63 ming xonadon vaqtincha elektr ta’minotisiz qoldi.
Aprelda qor yog‘ishi hamda atrofning qor bilan qoplanishi — O‘zbekiston iqlimi uchun noyob hodisa bo‘lib, bu holat oxirgi marta 2014 yilda kuzatilgan. Ushbu oyda yana qor yog‘ishining ehtimoli esa past. O‘zgidromet ob-havoning yaqin kunlarda tezda ko‘tarilishini bashorat qilmoqda.
O‘zbekistonda mahalliy COVID-19 test tizimini ishlab chiqarishga erishildi. Tez orada oksigenatsiya niqobi, unga moslashtirilgan venturi klapani hamda IVL uskunalari uchun bakterial-virus filtrlarni ishlab chiqish ham yo‘lga qo‘yiladi.
Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida uy hayvonlari (uy itlari)ni 100 metr atrofida kuniga bir marotaba sayr qildirishga ruxsat berildi.
Qalin qor yog‘ishi oqibatida daraxt shoxlarining sinib, elektr tarmoqlariga shikast yetkazishi va elektr qurilmalaridagi avariyaviy holatlar natijasida mamlakat hududlarida elektr energiyasi yetkazib berishda uzilishlar paydo bo‘lgan. Joylarda ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilayotganligi aytildi.
Chirchiq shahridagi «Aziya» to‘yxonasida tashkil etilgan tibbiy niqoblar tikuvchilik sexi faoliyati yuzasidan jinoiy ish ochilgan. Soliq qo‘mitasi sexda karantin qoidalari va sanitariya talablari qo‘pol ravishda buzilganligini aytmoqda.
Chirchiq shahrida joylashgan «Aziya» to‘yxonasida noqonuniy ravishda faoliyat olib borayotgan tikuvchilik sexi aniqlangan. Nazorat tadbiri davomida 130 mingdan ortiq tayyor tibbiy niqoblar topilgan.
O‘zbekiston prezidenti koronavirusdan vafot etgan 40 yashar bemorning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi. Shavkat Mirziyoyev fuqarolarni tartib-intizomga qat’iy rioya qilib, o‘rinsiz vahimaga tushmaslikka chaqirdi.
26 nafar shofirkonlik Uchquduqdagi oltin konida noqonuniy qazish ishlarini o‘tkazayotganda ushlandi. Ular niqobsiz bo‘lgani uchun qo‘shimcha javobgarlikka tortildi.
Chiroqchi tumanida Nexia avtomobilining daraxtga borib urilishi oqibatida ikki kishi hodisa joyida vafot etdi, jarohatlanganlar ham bor.
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonga qaytishni istamagan shaxslar mamlakat fuqaroligidan mahrum qilinishi haqidagi xabarlarni inkor qildi.
Toshkentda o‘tkazilgan reydlar davomida bir kunda 468 ta avtomobilning stikersiz harakatlangani aniqlandi, ularning 271 tasida avtoulovlar jarima maydonchasiga joylashtirildi.
O‘zbekistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 520 taga yetdi.
O‘zbekistonda jamoat salomatligi va sanitariya-epidemiologiya nazorati yo‘nalishida alohida OTM tashkil etiladi. Bundan tashqari, Rossiya va Turkiya universitetlarining filiallari va klinikalari ham ochiladi.
2020−2021 o‘quv yilidan boshlab tibbiyot sohasidagi bakalavriatning «Davolash ishi», «Pediatriya ishi» va «Kasbiy ta’lim (davolash ishi)» yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida qabul kvotalari tuman va shaharlar kesimida shakllantiriladi.
Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi xalqaro sertifikatga ega tibbiyot yo‘nalishi talabalarining stipendiyalariga qo‘shimcha ustama to‘lanadi. Shuningdek, PhD yoki DSc darajasini olgan shifokorlar oylik maoshlariga har oy MHTEKMning 15 baravarigacha ustama qo‘shiladi.
47 ta tibbiyot kolleji negizida Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlari tashkil etiladi. Texnikum bitiruvchilari tibbiyot OTMlariga imtihonsiz qabul qilinadi va bakalavrning 2- bosqichidan o‘qishni davom ettiradi.
Toshkentda Amir Temur haykalidan koronavirus qachon ketishini so‘rab, o‘z harakatlarini videoga olgan bir qiz va ikki yigitga 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting