Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev Telegram-kanalida o‘tkazgan reklama aksiyasidan tushgan 30 mln so‘mni «Mehr-shafqat va salomatlik» jamg‘armasiga o‘tkazib berdi.
O‘zbekistonda maktab bitiruvchilari uchun yakuniy imtihonlar va bakalavriatga kirish sinovlari birlashtirilishi mumkin. Yagona test sinovlarida qoniqarli natija ko‘rsatgan bitiruvchilar qo‘shimcha test sinovlarisiz OTMlarga kirish tanlovida qatnashadi.
O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 19 843 ta holat aniqlandi.
Toshkentdagi «O‘zekspomarkaz»da ish boshlagan xayriya tadbirlarini muvofiqlashtirish markazi 2 aprel kuni poytaxtdagi 350 ta xonadonga 8 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatadi. Ularni yetkazish uchun har bir tumanga 2 tadan — jami 22 ta «Damas» avtomashinasi ajratilgan.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemorlar soni 8 nafarga oshib, jami 181 kishiga yetdi.
O‘zbekiston Qirg‘izistonga un, oziq-ovqat mahsulotlari va infeksiyadan himoya vositalaridan iborat insonparvarlik yordami jo‘natdi.
Tibbiyot xodimlari «Chotqol» sanatoriyasida karantindan chiqarilgan 212 fuqaroni raqs tushgan holda kuzatib qo‘yishdi. Video.
1 apreldan yakka tartibda xayriya tadbirlarini o‘tkazish vaqtincha taqiqlandi. Ehtiyojmand oilalarga xayriya yordamlari markazlashtirilgan holda yetkaziladi. Ushbu ishga NNT va ko‘ngillilar (volontyor) qo‘shilishga chaqirildi.
O‘zbekistonda 1 apreldan boshlab «o‘zini yakkalash» (samoizolyatsiya) hayot tarzi joriy etiladi. Zarurat bo‘lgan taqdirdagina yaqin atrofdagi dorixona, oziq-ovqat va birinchi galdagi tovarlar do‘koniga chiqishga ruxsat etiladi. 65 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolarga uyidan tashqariga chiqish qat’iyan man etiladi.
Karantin e’lon qilingandan buyon O‘zbekistonda 17 mingdan ziyod karantin qoidalarini buzish holatlari aniqlandi. Ushbu qoidabuzarliklarning aksariyati tibbiy niqob taqmaganlik bilan bog‘liq.
Toshkentda o‘tkazilayotgan reyd tadbirlari doirasida 11 soat ichida 168 nafar haydovchi maxsus ruxsatnomasiz avtomobil boshqargani aniqlandi. Ular jarimaga tortildi, avtomobillar esa jarima maydonchasiga olindi.
Qo‘qonda 2 kishida koronavirus aniqlangani va ular karantinga olingani haqida yolg‘on xabar tarqatgan shahar kengashi deputatiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Milliarder Alisher Usmonov «O‘zbekiston Mehr-shafkat va salomatlik» jamg‘armasiga o‘z hisobidan 20 million dollar beg‘araz yordam ajratdi. Ushbu mablag‘ Zangiota tumanida qurilayotgan 10 ming o‘rinli tibbiy muassasani zamonaviy uskunalar bilan jihozlash uchun sarflanadi.
MTV 1 apreldan «Bolajon» kanalida bog‘cha bolalari uchun ingliz tili, arifmetika, ertalabki badantarbiya va logopedik mashg‘ulotlardan iborat ta’limiy teleloyihani ishga tushirdi.
To‘rtko‘l tumanida to‘y marosimida qatnashib, Qozog‘istonga qaytgan ayolda koronavirus aniqlanganligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy bayonot berdi. Ma’lum bo‘lishicha, Qozog‘istonlik mehmonlar 18 mart kuni to‘y marosimida qatnashishgan. To‘rtko‘l va Ellikqal’a tumanlarida ushbu shaxslar bilan ko‘rishgan fuqarolar aniqlanib, karantinga olingan.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlar 5 taga ortib, jami 172 taga yetdi.
Toshkentda yashovchi fuqaro qizining to‘yi munosabati bilan «Kuyov navkar» marosimini o‘tkazgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan yana bir bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Farg‘onalik bemorning ahvoli esa og‘irligicha qolmoqda.
Bir necha kompaniya «premium-klass» mashinalarda (Mercedes-Benz, BMW, Lexus va boshqalar) yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatish uchun harakatlanishiga ruxsatnoma olish maqsadida murojaat qildi. Davlat xizmatlari agentligi rahbari bunday tadbirkorlarni «vijdonsiz va uchar» deb atadi.
O‘zbekistonda COVID-19 holatlari soni 9 taga oshib, 167 taga yetdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting