Karantin e’lon qilingandan buyon O‘zbekistonda qariyb 15 mingta karantin qoidalarini buzish holatlari aniqlandi. Eng ko‘p qoidabuzarlik Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida qayd etildi.
Eron va Latviyadan qaytib, «Kosonsoy» sanatoriyasida 14 kunlik karantin kuzatuviga olingan yo‘lovchilarga ruxsat berildi. Ular maxsus poyezdda o‘z manzillariga yetkazib qo‘yiladi.
Andijonda karantin vaqtida transport boshqarish huquqini beruvchi ruxsatnomani qalbakilashtirgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
SSV koronavirus infeksiyasi tasdiqlanib, Toshkentda davolanayotgan bemorlarning qaysi hududlardan ekanini ma’lum qildi.
Xonanda Lola Yo‘ldoshevaning otasi va xonanda Shahzodaning turmush o‘rtog‘i, Tarona Records asoschisi Ravshanbek Yo‘ldoshev 59 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Farg‘onada 24 yoshli haydovchi Cobalt avtomobilida tezlikni oshirib, piyodaning umriga zomin bo‘ldi.
Koronavirus bemorlarining asosiy qismi davolanayotgan Virusologiya instituti bosh shifokori o‘rinbosari Maxmarajab Rahmonov «Gazeta.uz»ga O‘zbekistonda COVID-19 paydo bo‘lishiga ko‘rilgan tayyorgarlik, shifokor burchi va tibbiyot xodimlarining jasorati haqida so‘zlab berdi.
1 kun ichida avtomobillar harakatlanishi uchun 5500 ta ruxsatnoma (stikerlar) berildi. Murojaatlar ko‘pligi bois, endilikda ruxsatnoma uchun arizani masofadan turib, ya’ni onlayn tarzda topshirish mumkin bo‘ladi. Barcha tibbiyot xodimlari shaxsiy yoki xizmat moshinalarida harakatlanishlariga ruxsat berildi.
O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni 1 kishiga ortib, jami 150 nafarga yetdi.
Toshkentda avtomobillar harakatiga cheklov e’lon qilinganidan keyin yakshanba kuni bozor va supermarketlarda navbatlar paydo bo‘ldi. «Gazeta.uz» muxbiri poytaxt bozorlariga tashrif buyurdi.
Prezident farmoniga muvofiq, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 10 mln so‘m miqdorida bir marotabali pul mukofoti belgilandi.
Koryo universiteti (Janubiy Koreya) professori koronavirusga qarshi kurashishda xalqaro ekspert sifatida O‘zbekistonga taklif etildi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 4 nafarga oshib, jami 149 kishiga yetdi
Yaqin kunlarda O‘zbekistonda havo haroratining bir oz pasayishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Xitoyning bir qator mudofaa sanoati kompaniyalari O‘zbekistonga 20 tonna tibbiy buyumlarni insonparvarlik yordami sifatida yubordi.
Adliya vazirligi karantinga oid choralar amal qilish davrida xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga o‘tkazishning vaqtinchalik tartiblarini tasdiqladi.
O‘zbekistonda yana bir koronavirus holati qayd etildi. Ushbu infeksiyadan vafot etgan erkakning jiyani virus yuqtirgani aniqlandi.
O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 144 nafarga yetdi.
Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida maxsus ruxsatnomasiz avtotransport vositalarining harakatlanishi taqiqlanmoqda.
Birlashgan Arab Amirliklari O‘zbekistonga niqoblar, kombinzonlar, qo‘lqop va boshqa himoya vositalaridan iborat 8 tonnalik insonparvarlik yuklari yubordi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting