AOKAda Ichki ishlar vazirligi mansabdorlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ma’lum qilinishicha, 2022 yilning 10 oyida 25 nafar xodim: 9 nafari yo‘l-transport hodisasi oqibatida, 16 nafari xizmat vazifasini bajarish vaqtida vafot etgan.
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 7-sinf o‘quvchi qiz yashash hovlisidagi daraxtga osilgan holda topildi. Bunga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, respublikada dekabrning birinchi o‘n kunligi sovuq bo‘ladi. Harorat −4…−7 darajagacha pasayib, qor yog‘ishi mumkin. Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida kechasi -7, kunduzi +15…+3 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. O‘tgan yilning dekabr oyi juda iliq bo‘lgandi.
iSpring kompaniyasi eksperti Ilya Kedrovskiy korporativ onlayn-ta’lim qanday masalalarni hal etishga yordam berishi hamda uni hayotga tez va samarali tadbiq etish yo‘li haqida so‘zlab berdi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolarning o‘zaro sayohatlari shartlarini yangilashni rejalashtirmoqda. Unga ko‘ra, bir davlat fuqarolari ikkinchi davlat hududida 30 kungacha ro‘yxatdan o‘tmasdan qolishlari mumkin bo‘ladi. Hozirda bu muddat atigi besh kunni tashkil etadi.
Nukus voqealari ishi bo‘yicha sudlanuvchilar fikri, Toshkentda o‘tgan qaynonalar forumi, suvaraklarga o‘xshaydigan poraxo‘rlar, Andijon suv omborini boshqarish to‘g‘risidagi qonunlar, quruvchilarni nogironlar aravachasiga o‘tkizib ish sifatini tekshirgan Andijon hokimi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Nukus voqealari bo‘yicha sudda ayblanuvchilar voqealar rivojini so‘zlab bermoqda. Jarayonning uchinchi kunida sudlanuvchilar Dauletmurat Tajimuratovga adashib ergashgani va pushaymonligini aytib, xalq va prezidentdan kechirim so‘radi. Ulardan biri ko‘krak qismiga o‘q tegib vafot etgan tanishi haqida aytib berdi.
2, 3 va 4 dekabr kunlari Samarqand Darvoza savdo-ko‘ngilochar markazida Hot Winter Sale — 90% gacha chegirmalar taqdim etiladi.
Senator Qutbiddin Burxonov avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha prezident qarori ijrosida qator kamchiliklar kuzatilayotganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, maktab o‘quvchilariga yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish ishlari ham talab darajasida emas.
“Gazeta.uz” yangi — “Professional” loyihasini boshladi. Bunda ba’zan e’tibor berilmaydigan, lekin zahmati va mas’uliyati boshqalarniki bilan baravar kasb egalarining faoliyati haqida batafsil hikoya qilinadi. Ilk mehmon — el orasida pochtachi sifatida tanilgan Ikromovlar oilasi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida Andijon (Kampirobod) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish bo‘yicha qonunlar imzolandi.
DXX Farg‘ona viloyatida giyohvand moddalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan shaxslarni aniqladi. Ulardan 30 kgdan ortiq taqiqlangan moddalar musodara qilindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari Akmal Burxonov korrupsionerlarni suvaraklarga o‘xshatib, ularni yegulik ko‘p joyda bo‘lishini aytdi.
30 noyabr kuni poytaxtdagi Temiryo‘lchilar madaniyat saroyida qaynonalar forumi o‘tkazildi. Unda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova, jamoatchilik faollari va qaynonalar qatnashgan. Forumda 30 noyabrni Qaynonalar kuni, deb e’lon qilish taklifi bildirilgan.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida «Mohir aloqachi» ko‘krak nishoni va «O‘z kasbining ustasi» belgisi ta’sis etildi.
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Yangi Andijon shahridagi qurilish ishlari bilan tanishish chog‘ida quruvchilarni nogironlar aravachasiga o‘tirg‘izib ishining sifatini tekshirdi. «Bitta nogironni hech qaysing uyingga olib kirolmaysan. Qilayotgan ishimiz bir tiyin bo‘lmaydimi?», — dedi Shuhrat Abdurahmonov.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligida ishga tushirilgan quyosh elektr stansiyasi muassasaning binosini kunduz kuni elektr energiya bilan to‘liq ta’minlaydi. Shuningdek, ehtiyojdan ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlariga uzatish imkoniyati ham yaratildi.
Uchtepa tumani deputati uy qurilishiga xalaqit bergan 2 daraxtni kesishga ruxsat olish uchun ariza yozib, MFY raisidan uni muhrlab berishni so‘ragan. U buni inkor qilgani uchun deputat xonadan haqorat aytib chiqib ketgan. Rais uning ustidan arz qildi. Deputat esa uni so‘kmagani, o‘ziga-o‘zi noliganini aytmoqda.
Prezident maslahatchisi G‘.Mirzayev boshchiligidagi 24 ta vazirlik va idora rahbarlaridan iborat ishchi guruhi 920 ta xonadon va 15 ta ijtimoiy soha obyektini o‘rgandi. Ularda aniqlangan 547 ta masalaning 76 tasi (13,8 foizi) hal qilindi, 471 ta masala bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Nukus voqealari bo‘yicha sud jarayonining uchinchi kuni. Sudlanuvchilarning deyarli barchasi iyul boshida bo‘lgan voqelarda Dauletmurat Tajimuratov aybdorligi, uning video murojaatlari odamlarni ko‘chaga chiqarganini ta’kidlashmoqda. «Gazeta.uz» sud jarayonidan fotoreportaj tayyorladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting