Jamiyat

Raqobat qo‘mitasi bilan kechgan muhokamadan so‘ng Korzinka “eng arzon narx” shiorini o‘zgartirmoqda
6 sentabr 2024, 15:17

Raqobat qo‘mitasi bilan kechgan muhokamadan so‘ng Korzinka “eng arzon narx” shiorini o‘zgartirmoqda

Korzinka supermarketlar tarmog‘i Raqobat qo‘mitasi bilan muhokama yakunlangani va eng ommabop tovarlar savatini eng arzon narxlarda saqlashga qaratilgan strategiyasini yangi nom ostida rivojlantirishni davom ettirishini ma’lum qildi. Savdo tarmog‘ining ta’kidlashicha, dasturning mohiyati o‘zgarmaydi.

Dam olish kunlari harorat +22 darajagacha pasayadi
6 sentabr 2024, 15:09

Dam olish kunlari harorat +22 darajagacha pasayadi

Juma kunidan O‘zbekistonga nisbatan sovuq va biroz nam havo kirib kelishi boshlanadi. Dam olish kunlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +10…+15, kunduzi +22…+27 darajagacha pasayadi.

Toshkentda bemor “Seftriakson” qo‘llanganidan keyin shifoxonaga yotqizilgani yuzasidan bayonot berildi
6 sentabr 2024, 14:09

Toshkentda bemor “Seftriakson” qo‘llanganidan keyin shifoxonaga yotqizilgani yuzasidan bayonot berildi

Toshkentda fuqaro shifokor tavsiyasisiz “Seftriakson” va “Lidokain” aralashmasidan ukol olgach, ahvoli yomonlashib, shifoxonaga yotqizildi. Farmxavfsizlik markaziga ko‘ra, bu dori sifati bilan bog‘liq emas. Preparatlar qayta tekshirilmoqda. Ulardan o‘zboshimchalik bilan foydalanish mumkin emasligi eslatildi.

Budapesht sporti: Qanot Sharq Vengriyaning mashhur sport turlari bilan tanishtiradi
6 sentabr 2024, 11:00

Budapesht sporti: Qanot Sharq Vengriyaning mashhur sport turlari bilan tanishtiradi

Qanot Sharq aviakompaniyasi sayyohlarga Vengriyaning muhim sport tadbirlariga — Formula-1 Gran-prisidan tortib, suv sporti turlari bo‘yicha xalqaro turnirlargacha tashrif buyurish imkoniyatini taklif qiladi.

Raqobat qo‘mitasi: “Namangan suv ta’minoti” davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun buzgani aniqlandi
6 sentabr 2024, 10:40

Raqobat qo‘mitasi: “Namangan suv ta’minoti” davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun buzgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi “Namangan suv ta’minoti” davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun buzganini ma’lum qildi. Qo‘mita korxona mansabdorlariga jarima qo‘llab, tegishli hujjatlarni sudga yubordi.

5-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
5 sentabr 2024, 23:37

5-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Toshkent viloyatining chegara hududlariga kiritilayotgan o‘zgarishlar, Parlament saylovi byulletenlarining ko‘rinishi, 1000 kub metri 160 dollardan sotib olinayotgan gaz, JCh saralash bosqichida KXDRni yengan O‘zbekiston futbolchilari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

“Vodorod sulfid chiqishda davom etmoqda, ko‘pchilik uyini vaqtinchaga tark etdi”. Aholi — Surxondaryodagi gaz konidagi vaziyat haqida
5 sentabr 2024, 23:31

“Vodorod sulfid chiqishda davom etmoqda, ko‘pchilik uyini vaqtinchaga tark etdi”. Aholi — Surxondaryodagi gaz konidagi vaziyat haqida

Surxondaryoning Boysunidagi gaz konida vodorod sulfid sizib chiqishda davom etmoqda. Aholining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, yaqin atrofdagi hududlar gaz hidi bilan qoplangan, shu bois ko‘pchilik vaqtincha boshqa shaharlarga ketgan, evakuatsiya qilingan aholi esa maktab va boshqa muassasalarda bo‘lib turibdi.

Central Asian University Raqobat qo‘mitasi bayonotiga javob berdi
5 sentabr 2024, 20:05

Central Asian University Raqobat qo‘mitasi bayonotiga javob berdi

Raqobat qo‘mitasi 7 nafar sobiq talabaning pullari qaytarilmagani yuzasidan Central Asian University’ga nisbatan ish qo‘zg‘atgandi. CAU talabalar universitetga murojaat qilmagani, hozirda mablag‘ni qaytarib berish boshlanganini aytdi.

O‘zbekiston va KXDR futbol uchrashuvi sabab “Bunyodkor” stadioni yaqinidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi
5 sentabr 2024, 17:01

O‘zbekiston va KXDR futbol uchrashuvi sabab “Bunyodkor” stadioni yaqinidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi

Futbol bo‘yicha JCH saralash bosqichi doirasidagi O‘zbekiston va KXDR uchrashuvi sabab soat 23:00 gacha Toshkentning Chilonzor, Cho‘ponota va Bunyodkor ko‘chasining bir qismida transport harakati cheklanadi.

Sharof Rashidovning o‘g‘li vafot etdi
5 sentabr 2024, 16:12

Sharof Rashidovning o‘g‘li vafot etdi

Sharof Rashidovning o‘g‘li Ilhom Rashidov 74 yoshida vafot edi.

Parlament saylovi byulletenlarining shakli tasdiqlandi
5 sentabr 2024, 15:04

Parlament saylovi byulletenlarining shakli tasdiqlandi

Markaziy saylov komissiyasi Parlament saylovi byulletenlarining shakli va tavsifini tasdiqladi. Bunday byulletenlar ixchamligi sabab chop etish xarajatlarini 3 mlrd so‘mgacha kamaytiradi, natijalarni aniqlash uchun sarflanadigan vaqt sarfi ham qisqaradi.

Samarqandda Lacetti bilan to‘qnashgan mototsikl haydovchisi va farzandi halok bo‘ldi
5 sentabr 2024, 14:48

Samarqandda Lacetti bilan to‘qnashgan mototsikl haydovchisi va farzandi halok bo‘ldi

Ishtixon tumanida yuqori tezlikdagi Lacetti qarama-qarshi yo‘ldagi mototsikl bilan to‘qnashdi. Oqibatda mototsikl haydovchisi va 13 yoshli farzandi voqea joyida halok bo‘ldi, mashina haydovchisi vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.

Tug‘ilganidan buyon davolanayotgan 7 oylik qizcha Rossiyadan O‘zbekistonga olib kelindi
5 sentabr 2024, 14:45

Tug‘ilganidan buyon davolanayotgan 7 oylik qizcha Rossiyadan O‘zbekistonga olib kelindi

Tug‘ilganidan beri davolanayotgan 7 oylik qiz O‘zbekiston bolalar ombudsmani ko‘magida Sankt-Peterburgdan shifokor hamrohligida olib kelindi. Uning ota-onasi aprel oyida yashash muddati tugagani sababli uyga qaytishgan. Xarajatlarni qoplashga o‘zbek diasporasi va tadbirkorlardan biri yordam berdi.

Andijonda Damas mashinasida 32 nafar bog‘cha bolasi tashildi (video)
5 sentabr 2024, 13:56

Andijonda Damas mashinasida 32 nafar bog‘cha bolasi tashildi (video)

O‘nlab bolalarni bir mashinaga o‘tqazib harakatlanish bo‘yicha navbatdagi holat Andijon tumanida qayd etildi: Damas haydovchisi 32 nafar bolani bog‘chaga olib ketayotganda to‘xtatildi. Haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va 187,5 ming so‘m jarima qo‘llandi.

Qashqadaryoda paxta to‘qimachilik klasterlari 3 mlrd so‘mdan ortiq asossiz daromad olgani aniqlandi
5 sentabr 2024, 11:15

Qashqadaryoda paxta to‘qimachilik klasterlari 3 mlrd so‘mdan ortiq asossiz daromad olgani aniqlandi

Qashqadaryodagi 2 ta paxta to‘qimachilik klasteri 3 mlrd so‘mdan ortiq asossiz daromad olgani aniqlandi. Xususan, ular mahsulotni birjaga chiqarmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotgan. Raqobat qo‘mitasi holat bo‘yicha ish qo‘zg‘atib, mablag‘larni ixtiyoriy ravishda qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

O‘zbekistonda davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi qachondan joriy etilishi ma’lum qilindi
5 sentabr 2024, 10:09

O‘zbekistonda davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi qachondan joriy etilishi ma’lum qilindi

Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini 2024-yil 1-oktabrdan boshlab Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida, 2025-yil 1-yanvardan Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy etish taklif etilmoqda. Boshqa hududlarda esa 2026-yil yakuniga qadar yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Farg‘onada UzAuto Motors avtotreyleri YTHga uchradi (video)
5 sentabr 2024, 08:58

Farg‘onada UzAuto Motors avtotreyleri YTHga uchradi (video)

Farg‘ona viloyatida UzAuto Motors avtotreyleri haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘ldan chiqib ketdi. Kompaniya 8 ta Cobalt zarar ko‘rgani, jarohatlanganlar yo‘qligini ma’lum qildi.

Toshkent metrosida poyezddagi nosozlik tufayli qatnov grafigi buzildi
5 sentabr 2024, 01:45

Toshkent metrosida poyezddagi nosozlik tufayli qatnov grafigi buzildi

Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘lidagi “Xalqlar do‘stligi” bekatida poyezdda nosozlik yuzaga kelgani sababli har ikki yo‘nalishda yarim soatga yaqin harakat to‘xtab qoldi.

Toshkent viloyatida Jetour suv taqsimlash inshootiga tushib ketdi
4 sentabr 2024, 23:35

Toshkent viloyatida Jetour suv taqsimlash inshootiga tushib ketdi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Jetour avtomobili ko‘prikdan o‘tayotib G‘azalkent suv taqsimlash inshootiga tushib ketdi. FVV qutqaruvchilari maxsus texnika yordamida avtomobilni suvdan olib chiqdi. Haydovchi jarohatlanmadi.

4-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
4 sentabr 2024, 23:03

4-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Sovet mafkurasini targ‘ib qilishni taqiqlash taklifi, MO migrantlariga fuqarolik berishga moratoriy haqida o‘ylayotgan Rossiya, DXShni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ro‘yxati, maktablarda boshlangan yangi o‘quv yili va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting