Jamiyat

Maktablarning bo‘sh yerlarida DXSH asosida bog‘cha qurishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda
4 sentabr 2024, 21:54

Maktablarning bo‘sh yerlarida DXSH asosida bog‘cha qurishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda

Prezidentga olib kirilgan taqdimotga ko‘ra, maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish uchun maktablarning bo‘sh yerlarida DXSH asosida bog‘cha qurishga ruxsat berish, “Bolaning rivojlanish xaritasi"ni yuritish, shuningdek, olimpiada g‘oliblari mukofotlarini daromad solig‘idan ozod etish rejalashtirilmoqda.

Samarqandda bir tup terak kesgan fuqaro 9 mln so‘m jarimaga tortildi
4 sentabr 2024, 21:33

Samarqandda bir tup terak kesgan fuqaro 9 mln so‘m jarimaga tortildi

Samarqandning Paxtachi tumanida mahallasidagi bir tup terak daraxtini o‘zboshimchalik bilan kesib tashlagan fuqaro 8,5 mln so‘m jarima va 680 ming zararni to‘laydigan bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qurilishini yana borib ko‘rdi. U kelasi yil ochilishi mumkin
4 sentabr 2024, 21:06

Shavkat Mirziyoyev “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qurilishini yana borib ko‘rdi. U kelasi yil ochilishi mumkin

Prezident qariyb 7 yildan beri qayta qurilayotgan “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qurilishi bilan tanishdi. U terminallarning tashqi ko‘rinishi va intereri, infratuzilmasi bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Manbalarga ko‘ra, aeroport kelgusi yilda ochilishi mumkin. Foto.

Toshkentda musiqa festivali o‘tkazilishi sabab bir qator ko‘chalar mashinalar uchun yopiladi
4 sentabr 2024, 20:07

Toshkentda musiqa festivali o‘tkazilishi sabab bir qator ko‘chalar mashinalar uchun yopiladi

Toshkent shahrida 6−8-sentabr kunlari yirik musiqa festivali bo‘lib o‘tadi, shu sababli Milliy kutubxona va Hyatt mehmonxonasi atrofidagi 3 ta ko‘chaning ayrim qismlari mashinalar harakati uchun yopiladi.

Toshkentning qator hududlarida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi — ro‘yxat
4 sentabr 2024, 18:02

Toshkentning qator hududlarida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi — ro‘yxat

Toshkentning qator hududlarida sentabr-oktabr oylarida vaqtincha issiq suv bo‘lmaydi. Veolia Energy Tashkent`ning bildirishicha, bu paytda eskirgan kommunikatsiyalar almashtiriladi va issiqlik ta’minoti ishonchliligini oshiradigan boshqa ishlar bajariladi. Ro‘yxat.

Qashqadaryoda soliq xodimlari maktabdagi 2-sinf o‘quvchilari orqali ota-onalariga eslatma-xat yo‘lladi
4 sentabr 2024, 17:23

Qashqadaryoda soliq xodimlari maktabdagi 2-sinf o‘quvchilari orqali ota-onalariga eslatma-xat yo‘lladi

Nishon tumanidagi 14-maktabda soliqchilar 2-sinf o‘quvchilariga mol-mulk va yer soliqlarini to‘lash haqida eslatma-xat tarqatib, uni ota-onalariga yetkazishlarini so‘radi. Bolalar ombudsmani bola manfaatlari buzilishiga oid ushbu holatni o‘rganayotganini, Soliq qo‘mitasi xizmat tekshiruvi tayinlanganini bildirdi.

Toshkent-Samarqand va Toshkent-Andijon pulli yo‘llari qurilishining sanalari va narxlari tasdiqlandi
4 sentabr 2024, 17:04 1

Toshkent-Samarqand va Toshkent-Andijon pulli yo‘llari qurilishining sanalari va narxlari tasdiqlandi

Toshkent-Samarqand pulli yo‘lini qurish ishlari 2024-yilda boshlanadi. Toshkent-Andijon pulli yo‘lini qurish esa 2026-yilda boshlash rejalashtirilgan.

Raqobat qo‘mitasi CAU (Akfa) universitetiga nisbatan ish qo‘zg‘atdi
4 sentabr 2024, 15:24

Raqobat qo‘mitasi CAU (Akfa) universitetiga nisbatan ish qo‘zg‘atdi

CAU (Akfa) universiteti litsenziya olinmagan Tijorat huquqi yo‘nalishi uchun talabalar bilan shartnoma tuzgani aniqlandi. Biroq bu yo‘nalishda ta’lim to‘xtab qolgan. Raqobat qo‘mitasi OTMga 7 nafar talabaga 167,5 mln so‘mni qayta hisob-kitob qilish va boshqa murojaatlar bo‘yicha ham ishlash yuzasidan ko‘rsatma berdi.

Samarqandda Lacetti do‘konga kelib urilishi oqibatida bir kishi jarohatlandi
4 sentabr 2024, 12:35

Samarqandda Lacetti do‘konga kelib urilishi oqibatida bir kishi jarohatlandi

Kattaqo‘rg‘on tumanida Lacetti do‘konga kelib urildi. Hodisa oqibatida do‘kon ichidagi bir kishi jarohatlandi.

Foto: O‘zbekiston maktablarida yangi o‘quv yili boshlandi
4 sentabr 2024, 10:02

Foto: O‘zbekiston maktablarida yangi o‘quv yili boshlandi

O‘zbekistonda maktablarda yangi o‘quv yili boshlandi. Toshkentdagi jamoat transporti va ko‘chalar ertalabdan gavjum bo‘ldi, biroq yirik tirbandliklar kuzatilmadi (maktablar yaqinidagilardan tashqari). Aksariyat OTM talabalari o‘qishni keyingi haftadan boshlaydi. “Gazeta.uz” muxbiri Yevgeniy Sorochin fotoreportaji.

Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi ochildi
4 sentabr 2024, 09:49

Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi ochildi

Toshkentda Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi ish boshladi. U Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kolumbiya universiteti (AQSh), YUNISEF va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.

Samarqandda SSSRni tiklash tarafdori bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosining ozodligi cheklandi
3 sentabr 2024, 18:24

Samarqandda SSSRni tiklash tarafdori bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosining ozodligi cheklandi

Sud SSSRni tiklash tarafdori bo‘lgan 74 yoshli samarqandlik fuqaroga 3 yilga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi. Ish materiallariga ko‘ra, u Telegram`dagi guruhda “O‘zbekiston mustaqilligi yuzaki ekani va sobiq Sovet Ittifoqi rasman tarqalmagani” haqidagi materiallar joylashtirgan.

Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda 7 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
3 sentabr 2024, 08:56

Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda 7 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Nijniy Novgorod viloyatida sodir bo‘lgan YTHda 7 nafar o‘zbekistonlik — olti erkak va bir ayol halok bo‘ldi, yana 3 kishi shifoxonaga yotqizildi. Vafot etganlarning jasadlarini vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

“Hashar kishini ma’nan poklaydi”. “Do‘stlik” bog‘ida aholi tashabbusi bilan o‘tkazilgan shanbalik haqida
2 sentabr 2024, 20:53

“Hashar kishini ma’nan poklaydi”. “Do‘stlik” bog‘ida aholi tashabbusi bilan o‘tkazilgan shanbalik haqida

Umumxalq hashari bahona Toshkent shahar Yakkasaroy tumani aholisi “Do‘stlik” bog‘ida shanbalik o‘tkazdi. “Gazeta.uz” ular bog‘ni nima uchun o‘z tashabbuslari bilan tozalayotganliklariga qiziqdi.

Islom Karimov qanday odam edi? Nazarboyev, Jo‘rabekov, Krol va boshqalarning xotiralari
2 sentabr 2024, 20:41

Islom Karimov qanday odam edi? Nazarboyev, Jo‘rabekov, Krol va boshqalarning xotiralari

Roppa-rosa sakkiz yil avval O‘zbekistonni chorak asrdan ziyod boshqargan Islom Karimovning vafoti e’lon qilingandi. Shundan beri 2-sentabr birinchi prezidentni xotirlash kuni hisoblanadi. Sana munosabati bilan “Gazeta.uz” Karimov haqida uning zamondoshlari hikoya qilgan ayrim xotiralarni jamlashga urindi.

Rossiyada qarovsiz qolgan 14 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
2 sentabr 2024, 17:53

Rossiyada qarovsiz qolgan 14 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ota-ona qaramog‘isiz qolgan 14 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Ularga o‘zlarining yashash manziliga yaqin “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan yordam ko‘rsatib borish belgilandi.

Super kontrakt uchun shartnoma berish boshlandi
2 sentabr 2024, 17:24

Super kontrakt uchun shartnoma berish boshlandi

O‘zbekistondagi davlat OTMlarida super kontrakt uchun arizalarni onlayn qabul qilish va shartnomalarni berish boshlandi. Tabaqalashtirilgan to‘lov kontrakt qiymatini 15-oktabrga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlarga 10 foiz chegirma beriladi.

Eslatma: Maktab oshxonasida qanday oziq-ovqatlarni sotish taqiqlangan?
2 sentabr 2024, 11:10

Eslatma: Maktab oshxonasida qanday oziq-ovqatlarni sotish taqiqlangan?

SSV yangi o‘quv yili oldidan maktab oshxonalarida qanday oziq-ovqatlarni tayyorlash va sotish taqiqlangani haqida eslatma berdi. Ro‘yxat.

Budapeshtdagi Baliqchilar qal’asi O‘zbekiston bayrog‘i ranglari bilan yoritildi (foto, video)
2 sentabr 2024, 10:41

Budapeshtdagi Baliqchilar qal’asi O‘zbekiston bayrog‘i ranglari bilan yoritildi (foto, video)

1-sentabrga o‘tar kechasi Vengriya poytaxtining diqqatga sazovor joylaridan biri — Baliqchilar qal’asi O‘zbekiston bayrog‘i ranglari bilan yoritildi. Ilk bor o‘tkazilgan aksiya O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlandi.

Boysundagi konda oltingugurt gazi chiqishi kuzatildi, aholi evakuatsiya qilindi — FVV
2 sentabr 2024, 05:30

Boysundagi konda oltingugurt gazi chiqishi kuzatildi, aholi evakuatsiya qilindi — FVV

Surxondaryoning Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida texnologik jarayon buzilishi sababli oltingugurt (vodorod sulfid) gazi chiqishi kuzatildi. “Kon yaqinidagi fuqarolar evakuatsiya qilindi, vaziyat to‘liq nazoratda, vahimaga o‘rin yo‘q”, — dedi FVV. Havoning ifloslanish darajasi o‘rganilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting