Coca-Cola O‘zbekistonda futzal bo‘yicha FIFA Jahon kubogini qo‘llab-quvvatlaydi, muxlislar uchun qulaylikni ta’minlaydi va plastikni qayta ishlash orqali atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qiladi.
Toshkentda o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo urban-forumida xorijlik me’mor, urbanist va dizaynerlar yig‘iladi. Ular shaharlarni kengaytirish va u bilan bog‘liq ekologik muammolarni muhokama qiladi. Ushbu masalalardagi takliflar davlat organlariga taqdim etiladi. Forumda barcha fuqarolar ishtirok etishi mumkin.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” joy va chiptalar yetishmovchiligi muammosini poyezdlar sonini ko‘paytirish orqali hal qilmoqchi. Tashkilot yil oxirigacha 28 ta, 2025−2026-yillarda esa 80 ta yo‘lovchi vagoni xarid qiladi. Eski vagonlar birin-ketin ro‘yxatdan chiqarilmoqda.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozog‘istondagi O‘zbekiston fuqarolaridan vatanga qaytish vaqtida ishonchsiz avtotransport vositalari va haydovchilar xizmatidan foydalanmaslikni so‘radi. Agentlik katta trassalarda harakatlanayotganda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni eslatib o‘tdi.
Chilonzor tumanida Cobalt haydovchisi piyodani urib yubordi. 41 yoshli fuqaro voqea joyida vafot etdi.
Dushanba kuni tongda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 2 balli yer silkinishi qayd etildi. Uning kuchi poytaxtning qator tumanlarida ham sezildi.
9−13-sentabr kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida qon topshirish aksiyasi o‘tkaziladi. Uni “Yuksalish” harakati hududiy qon quyish markazlari bilan hamkorlikda tashkil etadi. Harakatning qayd etishicha, mamlakatda xayriya darajasi yetarli emas.
Samarqand tumanida “Jiguli” mumkin bo‘lmagan joydan qayrilib olayotganida Spark yo‘liga chiqib ketib, to‘qnashdi. Oqibatda “Jiguli” haydovchisining 14 yoshli qizi vafot etdi.
Firibgarlikda ayblanib, 3 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan 43 yoshli ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Ushbu shaxsdan jabr ko‘rgan fuqarolardan konsullik yoki IIVga murojaat qilishlari so‘raldi.
Sobiq vazir Aziz Voitov va yana 49 sudlanuvchiga oid sudda OAV vakillariga foto, video olish hamda audio yozib olish taqiqlandi. Ayrim advokatlar jurnalistlarni yolg‘on tarqatishda ayblamoqda. Antikorrupsiya agentligi bunday qaror prezident farmoniga zidligini aytib, majlisni jonli efirga uzatishga chaqirdi.
Sliva.app orqali mijozlar tadbirkor va kompaniyalarning xizmatlari va ish vaqti haqida ma’lumot olish, shuningdek, ushbu xizmatlarni onlayn band qilishni Telegram boti yordamida amalga oshirishi mumkin.
Toshkent shahrida o‘tayotgan musiqa festivali davomida ommaviy janjal yuz berdi. IIBB 5 nafar voyaga yetmagan shaxsning ota-onasiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganini ma’lum qildi. Qolgan fuqarolarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Buxoro shahridagi 4-tergov hibsxonasida mahkumlar uchun uzoq muddatli uchrashuv xonalari yo‘qligi aniqlandi va ular ombudsman tavsiyasiga ko‘ra tashkil etildi. Qonunchilikda mahkumlar yaqin qarindoshlari bilan yiliga 6 marta qisqa va 6 marta uzoq muddatli uchrashuvlardan foydalanishi mumkinligi belgilangan.
O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilgan “Sharq-Aksilterror” mashg‘ulotlari, metro bekatlarida o‘rnatiladigan metall detektorlar, “Markaziy Osiyo — Germaniya” sammitida ishtirok etadigan Olaf Shols, Paralimpiada g‘oliblarini tabriklagan prezident va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
2023-yil iyulida Ekovazirlik rad javobidan keyin Surxondaryo va Buxorodagi avtomobil yo‘li qurilishida o‘n minglab daraxt kesilishi to‘xtatib qolingandi. Vazirlik “inson hayoti xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan” loyihani amalga oshirish masalasi hukumat komissiyasida ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.
Toshkent metropolitenining barcha bekatlari metall detektorlari bilan jihozlanadi, deb xabar berdi metro ma’muriyati.
Click Up qulay shartlar asosida va minimal vaqt sarflagan holda avtosug‘urtani qulay tarzda onlayn rasmiylashtirish imkoniyatini taklif etadi.
O‘zbekistonda bu yilgi avgust oyi me’yordan 1−2 darajaga iliqroq bo‘lib, barcha kuzatuv yillaridagi eng iliq uchlikka kirdi. Qolaversa, oy quruq o‘tdi, yomg‘ir juda kam yog‘di. O‘zgidrometga ko‘ra, 2024-yilning yozini harorat tartibiga nisbatan qulay deb baholash mumkin.
Qarshi Uzum Tezkor xizmati yo‘lga qo‘yilgan to‘qqizinchi shaharga aylandi. Endi shahar aholisi tez va qulay yetkazib berish xizmatidan foydalanishlari mumkin.
“Ofitser 55” va yana sakkizta kino premyerasi, Teplo festivali, ko‘rgazmalar, konsertlar, bolalar va kattalar uchun ijodiy mahorat darslari, spektakllar hamda kelayotgan dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting