«Toshkent-Olmaliq» yo‘lida urib yuborilgan piyoda vafot etdi, haydovchi qidirilmoqda. Avvalroq Jizzax viloyatida yo‘lda yotgan ayolni mashinalar bosib ketgan edi.
Ertalab Jizzax viloyatida kichik zilzila sodir bo‘ldi. Yerosti silkinishlari Jizzax, Samarqand va Gulistonda sezildi.
Chegara hududlardagi avvalroq tugatilgan YPX va PPX postlari faoliyati qaytadan tiklanmoqda. IIV buning bayramlar va saylov davridagi vaqtinchalik chora ekanini ma’lum qildi.
Marg‘ilon hokimining sobiq birinchi o‘rinbosari Elyor To‘xtamatov o‘z uyining yerto‘lasida osilgan holda topildi, deya xabar qildi Bosh prokuratura.
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila Samarqand, Qarshi va Termizda ham sezildi.
Prezident tomonidan imzolangan qonunga asosan volontyorlik tashkiloti orqali volontyorlik faoliyatini olib borish mumkinligi belgilandi.
Qizil kitobga kiritilgan vishildoq oqqush jasadi bilan suratga tushgan erkak qidirilmoqda.
Prezident qarori bilan O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) vazifalari yangilandi. Agentlik huzurida Maslahat kengashi tashkil etiladi va mediamarkaz ochiladi.
Andijon, Farg‘ona viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda aholi gaz va elektr energiyasi yo‘qligi sababli yo‘llarni to‘sib qo‘ydi.
Uzbekistan Airways 31-dekabrdan 2-yanvargacha muddatda ichki reyslar uchun Yangi yil chegirmalarini e’lon qildi.
Dam olish kunlarida haroratning sovishi kutilmoqda, havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kunduzgi havo harorati + 7… + 12 darajagacha tushadi.
Namangan viloyatining Pop tumanida yuk poyezdi 82 yoshli erkakni bosib ketdi.
Bosh prokuratura va «Hududgazta’minot» Qibrayda 16 kishilik oilaning is gazidan zaharlangani yuzasidan ikki xil bayonot berdi. «Hududgazta’minot» oila a’zolari aslida ovqatdan zaharlanganini ma’lum qildi.
10 oy ichida O‘zbekistonda 3337 ta OIVga chalinish holati qayd etildi. OIVga chalinganlar soni esa 42 ming nafardan oshdi.
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani hokimiyati tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan. Zarar miqdori 55,8 mln so‘mni tashkil etdi.
Qibray tumanida yashovchi 16 kishilik oila, jumladan 11 bola is gazidan zaharlanib shifoxonaga yotqizildi.
Samarqandda kommunikatsiya quvurini o‘tkazish ishlarini olib borayotgan ikki kishini tuproq bosib qoldi. Ulardan biri vafot etdi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» «Turkmanenergo» bilan 2019−2020 yillarda elektr energiyasi import qilish yuzasidan kelishuvga erishdi. Kompaniya endi chiroq kamroq o‘chishiga va’da berdi.
Bir hafta ichida 28 mlrd so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingan, 240 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deya xabar qildi bosh prokuror Nig‘matulla Yuldashev.
O‘zbekiston harbiylariga Turkiya Qurolli Kuchlarini Yaqin Sharqda yuzaga kelayotgan vaziyat sharoitida qo‘llash tajribasi to‘g‘risida so‘zlab berildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting