Prezident Konstitutsiya kuni munosabati bilan 92 nafar fuqaroni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ularning 73 nafar shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinmoqda, 19 nafarining qamoq muddatlari qisqartiriladi.
Toshkent xalqaro aeroportida Londondan kelgan reys tuman sababli qo‘na olmadi. Ko‘rish qiyinligi sababli bir qism reyslar ko‘chirildi.
Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosini qurol bilan tahdid qilib, tan jarohati yetkazishda gumonlanib besh kishi qo‘lga olindi. Hujum qilganlarning uch nafari O‘zbekiston fuqarolaridir.
Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida iste’mol savatchasi va yashash minimumini aniqlash metodologiyasi sinovdan o‘tkazilmoqda. Iqtisodiyot va sanoat vaziri uning yakunlari ehtiyotkorlik yuzasidan hozircha e’lon qilinmasligini ma’lum qildi.
Bosh prokuratura Gulnora Karimovaga nisbatan yangi jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakuniga yetganini xabar qildi. Ular ta’magirlik, talon-taroj qilish va jinoiy guruh tashkil etish bilan bog‘liq, deyiladi xabarda.
Sud Samarqandda noqonuniy qurilgan 26 ta uyni buzish uchun 7,5 mlrd so‘mlik tovon pulini to‘lash to‘g‘risidagi jinoyat ishini ko‘rib chiqmoqda. Ayblanuvchilar orasida — sobiq hokim o‘rinbosari (hozirda viloyat bosh arxitektori) va Kapital qurilish direksiyasining sobiq o‘rinbosari.
Umraga borishni xohlovchilarning ko‘pligi va ular oldida qator to‘siqlar borligi sababli fuqarolar boshqa yo‘llarni topish, jumladan o‘zga davlatlar orqali muqaddas ziyoratlarni amalga oshirishga majbur bo‘lmoqda, deya ma’lum qildi Turizm qo‘mitasi.
Buxoro viloyatida temir yo‘ldan o‘tayotgan erkakni yuk poyezdi bosib ketdi.
Toshkentda Islom sivilizatsiya markazining yangi qurilayotgan binosi yerto‘lasida yong‘in sodir bo‘ldi (video, foto).
O‘qituvchilar malakasini oshirishda metodistlar o‘rnini mentorlar egallaydi. Malaka oshirish instituti negizida Xalq ta’limi akademiyasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
1 yanvardan boshlab O‘zbekistondagi 10 ta oliy ta’lim muassasasi tajriba-sinov tariqasida o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazilmoqda.
OTM talabalari hamda litsey va kollej o‘quvchilari o‘z yashash joylarida parlament saylovlarida ovoz berishlari uchun odatdagidan barvaqtroq qishki ta’tilga chiqadi.
Toshkentda sovuq kunlarda gaz taqchilligiga sabab bo‘lgan 1,5 kilometrlik gaz quvurini qayta tiklash ishlari boshlandi.
Andijonda ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan portlash sabablari va tafsilotlari ma’lum qilindi. Hodisada natijasida sakkiz kishi jarohatlandi, qurbonlar yo‘q.
Andijondagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan portlash va yong‘inda oltita xonadon zarar ko‘rdi. Kuyish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi.
O‘zbekistonlik haydovchi Sankt-Peterburgda 50 nafar yo‘lovchini yonayotgan avtobusdan evakuatsiya qildi. Jabrlanganlar yo‘q.
Farg‘ona viloyatida uchinchi sinf o‘quvchisi o‘n birinchi sinf o‘quvchisi tomonidan zo‘rlandi.
Adliya vazirligi Farg‘ona hokimining bir nechta xususiy mulkni hokimiyat zaxirasiga olish to‘g‘risidagi qarorini bekor qilish yuzasidan taqdimnoma kiritdi.
Toshkentda «Umid» jamg‘armasi bitiruvchilarining birinchi xalqaro anjumani o‘tkaziladi. Ular mamlakatni demokratlashtirish, ta’lim, sarmoyaviy iqlim va boshqa masalalarni muhokama qiladi. So‘ngra takliflar tegishli davlat organlariga taqdim etiladi.
Prezident imzolagan qarorga ko‘ra, markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimi 2019−2024 yillarda bosqichma-bosqich yopiq tizimga o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting