Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov mahallalarda jinoyatlarning oldini olish maqsadida 8 014 ta jamoatchilik nazorat maskanlari tashkil etilib, ularda «Fidokor yoshlar» faoliyati yo‘lga qo‘yilganini bildirdi.
Toshkentda metro yo‘nalishi qurilishida tuproq o‘pirilishi sabablarini o‘rganish va jabrlanganlarga yordam bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzildi. Eng kamida bir kishining halok bo‘lgani xabar qilinmoqda.
Hukumat qarori bilan Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanishi belgilandi.
Toshkentda metroning Yunusobod yo‘nalishi qurilishining ochiq uchastkasida tuproq o‘pirilishi ro‘y berdi.
Senat yo‘l qoplamalarini sifatsiz ta’mirlaganlik va yo‘llarni saqlash qoidalarini buzganlik uchun jarimalar joriy etishni ma’qulladi. Toshkentda yo‘l ishlariga 574 ta ruxsatnoma berilgan bo‘lsa, 254 ta holatda qoplamalar sifatsiz tiklangan yoki mutlaqo tiklanmagan.
«Eski ToshMI» yaqinida Movarounnahr ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasiga qayrilib olish joyini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
2020 yilda O‘zbekistonda yapon tadqiqotchisi Kyudzo Kato nomidagi yodgorlik majmuasi va muzey ochiladi. Arxeolog, antropolog, tarixchi va etnograf umrining 25 yildan ko‘prog‘ini respublikadagi merosni o‘rganishga bag‘ishladi.
Prezident imzolagan qonun bilan, maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari AQSHda har yili an’anaviy ravishda o‘tkaziladigan «Eng yaxshi jangchi» tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Hukumat qarori bilan umumiy maydoni 21687,5 gektar bo‘lgan Xorazm milliy tabiat bog‘i tashkil etiladi.
Chorshanba kuni havo keskin o‘zgaradi, sinoptiklar shamol tezligi kuchayib, tuman tushishi, yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishini bashorat qilmoqda.
Andijon viloyatidagi gaz quyish shoxobchasida avtomobil portladi, uning haydovchisi jarohatlandi.
Qozog‘istonning Karaganda viloyatida avtomobillar yuzma-yuz to‘qnashuvi natijasida bir o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana uch kishi jarohatlandi.
Senatorlar tomonidan ma’qullangan notariat tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi qonun xususiy notariuslar faoliyatiga huquqiy jihatdan ijozat beradi va yangi turdagi notarial harakatlarni joriy etadi.
Toshkentda 1-Tibbiyot Akademiyasi, Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji, 2-Tibbiyot Akademiyasi hamda «Gulshan» bog‘i hududlarida 4 ta ko‘p tarmoqli klinika quriladi.
Qashqadaryoda UzGTL loyihasini amalga oshirishga jalb qilingan ishchilar ommaviy ovqatdan zaharlandi. 65 kishi shifoxonaga yotqizildi.
Senat «Milliy gvardiya to‘g‘risida"gi qonunni ma’qulladi. Unda bevosita prezidentga bo‘ysunadigan Milliy gvardiyaning vakolatlari va vazifalari belgilandi.
Prokurorlar va DXX harbiy xizmatchilari rahbariyat ruxsatisiz ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Senat qonunga kiritilgan tuzatishlarni ma’qulladi.
19 dekabrdan e’tiboran «Toshkent — Moskva — Toshkent» yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Mazkur yo‘nalishda qatnovlar Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi.
Xiva, Namangan va Nukusda prezident maktablari ochildi. Mashg‘ulotlar ingliz tilida olib boriladi, pedagoglar Buyuk Britaniya va Afrika mamlakatlaridan taklif qilingan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting