Tashkent City bog‘ida ekoinspektorlar pista po‘choqlarini yerga tashlagan yigitga 111,5 ming so‘m miqdorida jarima soldi. Andijonda bir martalik qog‘oz stakanni yerga tashlagan erkak kishi ham shuncha miqdorda jarima to‘ladi.
Aktyor Jerar Deparde O‘zbekistonning Fransiyadagi sayyohlik brendining elchisi etib tayinlandi.
Prezidentning tibbiyotga oid qarori bilan uchta markaz va bo‘limlar tashkil etildi.
Faoliyatidagi ayrim kamchiliklari uchun G‘uzor tumani hokimi S.Boboqulovga xayfsan berildi. Fayzulla Yusupov Qashqadaryo viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
«IIB xodimi soqol qo‘ygan yigitni zo‘rlik bilan bo‘limga olib ketmoqda» nomli video yuzasidan IIV rasmiy bayonot berdi: ushbu xodim lavozimidan chetlatilib, quyi tizimga tushirildi.
Xo‘jayli tumanida firibgarligi uchun 5 marta sudlangan ayol hokimning opasiman deb bir tadbirkorni 645 mln so‘mga chuv tushirdi.
Toshkent viloyatidagi xususiy uyda gaz sizib chiqishi portlashga sabab bo‘ldi. Ikki kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi shifoxonaga yotqizildi.
Hafta oxiriga qadar O‘zbekiston hududi salqin havo oqimi ta’siri ostida qoladi, yog‘ingarchiliklar kutilmaydi.
Toshkent hokimiyati huzuridagi Jamoatchilik kengashi o‘z faoliyatini qayta tikladi. Unga Diyor Mirzaahmedov rahbar bo‘ldi.
Nukusda ikki kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Qarshi tumanida esa sakkiz kishi shifoxonaga yotqizildi.
Nogironligi bor va harakatlanishi cheklangan fuqarolar madaniy hayotda ishtirok etishda teng huquqlimi? Madaniyat muassasalarida ular uchun qanday sharoitlar yaratish mumkin? Toshkentdagi sakkizta madaniyat muassasasida sharoitlar monitoringi o‘tkazildi.
O‘zbekistonda xususiy tug‘ruqxonalar faoliyatiga ruxsat berildi.
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Nodira Qodirovaning o‘limi yuzasidan tushuntirish olish maqsadida TIVga chaqirildi.
Xususiy bandlik firmasi rahbarlari 645 fuqarodan jami 12 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘larni qo‘lga kiritib, shaxsiy manfaatlari yo‘lida sarflab yuborgani aniqlandi.
TIV Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonning qator hududlarida sovuq tushishi munosabati bilan O‘zbekiston fuqarolarini mazkur mamlakatdan o‘tishda ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi.
«Maishiy chiqindilarni tashish qoidalarini tasdiqlash haqida"gi qaror davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Zikirilla Mahmudov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi sho‘ba mudiri lavozimiga tayinlandi.
Samarqand shahar 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ayrim sinfxonalaridagi ta’mirtalab holati aks etgan video haqiqiy emasligi ma’lum qilindi.
14 kun davomida qayerda ekani noma’lumligicha qolgan Abdulloh Tohirov ozod qilindi. Bu haqda uning otasi Dilmurod Tohirov xabar berdi.
«Adolat» partiyasi Andijon viloyat IIBga chaqirilganidan keyin bedarak yo‘qolgan Abdulloh Tohirov ishida qonunlarni oyoq osti qilmaslikka chaqirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting