Jalaquduq tumanida istiqomat qiluvchi Abdulloh Tohirov Andijon viloyat IIBga chaqirilganidan so‘ng bedarak yo‘qoldi. Uning otasi o‘g‘lining yo‘qolishini huquqni muhofaza qilish organlarining yuqori lavozimli xodimi avtomobilini videotasvirga olgani bilan bog‘ladi.
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining mansabdor shaxslari 15,3 mlrd so‘mni talon-taroj qilgani aniqlandi.
9 noyabr kuni Toshkentning Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida gaz ta’minotida vaqtincha uzilish kuzatiladi.
Qolipli non narxi O‘zbekistonning ayrim hududlarida 2000 so‘mdan oshdi. Prezident non ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Dam olish kunlariga borib sovuq havo oqimi chekinadi, yog‘ingarchiliklarsiz va avvalgi kunlarga qaraganda iliqroq ob-havo hukmronlik qilishi kutilmoqda.
Toshkentning Yakkasaroy tumanida, Jizzax va Marg‘ilon shaharlarida ko‘p kvartirali uylarni boshqarish bo‘yicha yangi tartiblar yuzasidan huquqiy eksperiment o‘tkazadi.
Yoshlar ittifoqi IIBga chaqirilganidan so‘ng bedarak yo‘qolgan 20 yoshli andijonlik Abdulloh Tohirov bilan bog‘liq xabarlarga munosabat bildirdi.
Pekin-Toshkent aviareysi 7 noyabrga o‘tar kechasi besh yo‘lovchi o‘zini yomon his qilgani uchun favqulodda qo‘ndirildi. Ular Lanchjou shahar shifoxonasiga yotqizildi.
Uyg‘urlar muammosi bilan shug‘ullanayotgan va avval O‘zbekistonga tashrif buyurgan tadqiqotchi Yevgeniy Buninga mamlakatga kirishga ruxsat berilmadi.
Xorazmlik jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov avtomobil avariyasida halok bo‘ldi. Uni yarim tunda yuk mashinasi urib yubordi.
O‘zbekistondagi eng katta poligon — Markaziy harbiy okgugga qarashli «Kattaqo‘rg‘on» dala-o‘quv maydoni foydalanishga topshirildi.
Kuz tugaguncha poytaxtda kesishga ruxsat berilgan qariyb 5000 daraxt o‘rniga tovon sifatida 55 ming tup chinor, eman va shumtol ekiladi. Bu raqam 100 ming tupga chiqishi mumkin.
Samarqanddagi qurilish maydonchasida sodir bo‘lgan ommaviy janjalda to‘rt ishchi, jumladan uch nafar Turkiya fuqarosi jarohat oldi.
Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida Nexia va Tico to‘qnashuvi natijasida opa-singil o‘quvchilar vafot etdi.
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Abduxakim Xojiboyev: O‘zbekistonda odamlar o‘z salomatliklarining qadriga yetmaydi, chunki davolash byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Xorijga chiqish pasportini doimiy propiskada turadigan yoki turgan joyi bo‘yicha hisobga olingan joylardan olishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.
Toshkentda besh yoshli qizini kaltaklab o‘ldirgan ona va u bilan birga yashovchi erkak qo‘lga olindi. Ular qizning yo‘qolishini «sahnalashtirishdi».
20 kishidan iborat qurollangan guruh Tojikistonning O‘zbekiston bilan chegarasidagi chegara postiga hujum qildi. O‘zbekiston DXX chegara qo‘shinlari vaziyat o‘rganilayotganini xabar qildi.
Yanvardan oktyabrgacha sodir bo‘lgan yong‘inlarda 35 kishi, 1271 ta hayvon va 95 mlrd so‘mlik mol-mulk qutqarildi. 9384 ta yong‘inda 88 kishi halok bo‘ldi.
Samolyotda qon bosimi oshib ketgan yo‘lovchi Samaradan Urganchga taksida boradigan bo‘ldi
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting