Toshkent hokimi shaharda isitish mavsumini 25 oktyabrdan boshlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Bosh prokuratura qo‘lga olingan Yunusobod hokimi o‘rinbosarining uyidan 1,5 mln dollar va Maldivga chiptalar topilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Biroq uning nomiga Turkiyaga aviachipta band qilingan.
Qashqadaryo viloyat tibbiyot markazida tishlarini tozalayotgan vaqti ignani to‘satdan yutib yuborgan o‘smir muvaffaqiyatli operatsiya qilindi.
To‘qqiz oy davomida O‘zbekistonning doimiy aholisi 469 ming kishiga ko‘payib, 33,72 mlnga yetdi.
Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida konditsioner va dori vositalari sotib olish orqali katta miqdordagi byudjet mablag‘lari talon-taroj qilingani aniqlandi.
Ombudsman vakillari va huquq himoyachilari bloger Nafosat Ollashukurovani ko‘rish uchun ruhiy kasalliklariga tashrif buyurdi. Mutasassislar tashhis to‘g‘ri qo‘yilganini tasdiqlab, depressiya alomatlari hamon mavjudligini qayd etishdi.
Xorazm viloyatida to‘rt kishilik oila o‘z uyida is gazidan zaharlanib vafot etdi.
Go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risidagi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Taksi haydovchilarini haqorat qilgan Yangiyo‘l YHXB rahbari o‘rinbosari lavozimidan chetlashtirildi. Kechqurun 100 ga yaqin taksi haydovchilari tuman YHXB binosiga yig‘ilishdi.
Yangiyo‘l tuman prokuraturasi va Toshkent viloyati IIBB tuman YHXB rahbari o‘rinbosarining taksichilarni haqoratlayotgani yozilgan audioni tekshirmoqda. Uning o‘zi ovoz o‘ziniki ekanini rad etdi.
«Andijonneft» kompaniyasida 12,8 mlrd so‘mdan ziyod qiymatdagi neft xom ashyosining yo‘qligi, o‘g‘irlangani va talon-taroj qilingani aniqlandi.
O‘zbekistonga Italiyadan keltirilgan daraxt ko‘chatlari hamda Pokistondan olib kelingan mango mevasida zararkunandalar aniqlandi.
Namangan viloyat IIB tergov hibsxonasida mahkuma vafot etdi. Sud-tibbiy ekspertizasi dastlabki xulosasiga ko‘ra, o‘lim o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi natijasida kelib chiqqan.
Toshkentning Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosari 5000 dollar pora olayotganda ushlandi.
Inklyuziv ta’lim nima sababdan amaldorlar tilida yangraydigan urfdagi ta’rif sifatida qolib ketmoqda? Dilmurod Yusupov farzandlari ta’lim olishda qiynalayotgan ota-onalar bilan ularning rivojlanishidagi to‘siqlar to‘g‘risida suhbatlashdi.
“Jasliq” qamoqxonasidan ozodlikka chiqqan zargar Ahmed Aliyev 2012-yilda bir guruh shaxslar Islom Karimovni prezidentlikdan chetlashtirish, Shavkat Mirziyoyevni jismonan yo‘q qilish maqsadida davlat to‘ntarilishi o‘tkazishga tayyorlangani haqidagi taxminlarini ma’lum qildi.
Poytaxtdagi maktabning to‘qqizinchi sinf o‘quvchisi janjal vaqtida o‘ninchi sinf o‘quvchisini pichoqladi.
Toshkentdan Buyuk Britaniyadagi xususiy Huquq universiteti filiali ochiladi. Biznes menejmenti va xalqaro savdo huquqi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.
Hafta davomida kam bulutli, +18…+23 daraja atrofidagi uncha baland bo‘lmagan havo harorati hukmronlik qilishi kutilmoqda.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari Angliyada o‘tkazilgan xalqaro «Kembriya patruli» tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting