Xalq ta’limi vazirligi Namangan viloyati Chust shahrida maktab o‘qituvchilarining majburiy mehnatga jalb qilinganini o‘rganmoqda. Ushbu holatga yo‘l qo‘yganlarga chora ko‘riladi.
Umrbek Ismoilov Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining ijro etuvchi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Toshkent hokimligining tashqi reklamani joylashtirish uchun yig‘imlar to‘g‘risidagi qarori loyihasiga munosabat bildirdi.
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila Toshkent va Farg‘ona vodiysida ham kuzatildi.
Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha «Taraqqiyot» tanlovi natijalari e’lon qilindi, g‘oliblar rahbarlikka tayinlanib, rivojlangan davlatlarda stajirovka o‘taydi.
Chorshanbaga o‘tar kechasi O‘zbekistonning barcha hududlarida qisman Oy tutilishi sodir bo‘ladi. Yer yo‘ldoshi qizg‘ish jigarrang tusga kiradi.
O‘zbekiston OTMlariga bir milliondan ziyod abituriyent hujjat topshirdi. Eng keksa abituriyent 87 yoshda, eng kichigi esa 14 da.
Pensiya jamg‘armasi 1-avgustdan 3,5 mln nafardan ortiq pensiya va nafaqa oluvchilarning moddiy ta’minoti yaxshilanishini ma’lum qildi.
Prezident qarori bilan Mudofaa, Ichki ishlar, FVV, DXX, Milliy gvardiya tarkibida yangi «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseylari tashkil etildi.
23 iyul kuni «Samarqand — Qarshi» uchaskasida profilaktika ishlari o‘tkazilishi sababli «Toshkent — Qarshi» yo‘nalishida harakatlanadigan poyezd o‘z qatnovini Toshkentdan Samarqandgacha amalga oshiradi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugning Buxoro garnizoniga qarashli harbiy qismda to‘satdan tekshiruv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Kollejlar bazasida professional ta’lim muassasalarining yangi tarmog‘i yo‘lga qo‘yiladi.
Yakshanba kuni poytaxtda ikki kishining cho‘kib o‘lishi holati qayd etildi.
Toshkent shahri va Mirzo Ulug‘bek tumani prokurorlari poytaxtning sobiq hokimi qaroridan norozi bo‘lgan fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqmagani uchun lavozimidan chetlashtirildi.
140 nafar O‘zbekiston fuqarosi 26 yil avval yopilgan qurilish texnikumini tugatganlik to‘g‘risidagi soxta hujjatlar sababli Finlyandiyadan chiqarib yuborilmoqda.
O‘zbekistonda kuzatilayotgan jazirama issiq hafta oxirigacha saqlanib qoladi. Iyul oyi kuzatuvlar tarixidagi eng issiq iyul ekani ma’lum qilindi.
80 yoshli To‘xtamish Sultonov Davlat xizmatlari markazi orqali SamDU va TTA Termiz filialiga hujjat topshirdi.
Yangiyo‘l hokimi o‘rinbosari Alisher Usmonov shaharda buzilayotgan ikki qavatli uylarning ahvoli qoniqarsiz ekani, kuz-qish mavsumida bu uylarda davomli muammolar bo‘lishini ma’lum qildi.
Yangiyo‘lda besh qavatli «arzon» uylar qurilishi uchun shoshilinch ravishda ikki qavatli uylar buzilmoqda. Hokimiyat buzilayotgan uylarda yashayotganlarga ko‘chish uchun bir oy muhlat bera olmasligini ma’lum qildi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi «dorixona narkotiklari» savdosini tartibga soluvchi hujjat ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi. «Gazeta.uz» iyunda ushbu muammo haqidagi maqolani e’lon qilgan edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting