Samarqandda Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining filialini tashkil etish to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Mirzo Ulug‘bek tuman prokuraturasi katta tergovchisi xorijiy investordan pora olgani uchun 15 yilga qamaldi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida «Qozog‘iston ta’lim kunlari» deb nomlangan ko‘rgazmalar tashkil etiladi.
Yangiyo‘l tumanida ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turuvchi 39 yoshli Sh. I. mast holda uyda ishlayotgan ustani urib, o‘limiga sababchi bo‘ldi.
Hukumat qarori bilan Qurilish loyihalarini ekspertizadan o‘tkazuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
5 may — 5 iyun kunlari barcha adliya organlari va muassasalarida «Huquqiy madaniyat va Odob-axloq oyligi» deb nomlandi.
O‘zbekistondagi ilk Ilmiy loyihalar akseleratori — C.A.T. Science Accelerator finali bo‘lib o‘tdi.
Adliya vazirligi O‘zbekiston hududida taqiqlangan ekstremistik materiallar va resurslar ro‘yxatini e’lon qildi.
Samarqandda og‘ir turmush sharoitida yashayotgan, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga nogironlik aravachasi, eshitish moslamalari va boshqa reabilitatsiya vositalari topshirildi.
Toshkent shahar hokimligi va BAAning Al-Ayn hayvonot bog‘i rahbarlari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolanishi rejalashtirilgan.
DXX xodimlari Tojikistondan olib kelingan 15 kilogramm opiy moddasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi.
Qashqadaryoda 7 dona qadimiy oltin tangalarni 29,4 million so‘mga noqonuniy ravishda sotayotgan shaxslar ushlandi.
Toshkentda to‘rt yigit Canon printerida 100 ming so‘mlik soxta pullarni tayyorlaganlikda gumon qilinib qo‘lga olindi.
«Davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalarga umumiy o‘rta ta’lim berishni tashkil etish to‘g‘risida"gi qaror loyihasi muhokama uchun joylashtirdi.
Adliya vazirligi tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlari haqidagi xabarlar o‘z vaqtida yetkazilishi uchun «@antikorbot» nomli maxsus bot yaratildi.
Xo‘jaobod tumanida istiqomat qiluvchi ikki fuqaroning narda o‘yini oqibatida yuzaga kelgan janjali o‘lim bilan yakunlandi.
Hukumat qarori bilan Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Kasbi tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda hovlisida 68 tup ko‘knori yetishtirayotgan fuqaro fosh etildi.
Ichki ishlar organlari tizimida ovqatlanishni tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Bosh prokuror Otabek Murodov boshqa organlar shtatlari hisobidan prokuratura vakolatlari asossiz ravishda kengaytirib yuborilganini tan oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting