«Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Uchtepa tumanida yashagan Ye.P. ning uyida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida uy bekasi vafot etdi.
XTVning huquqiy nazorat xizmati xodimlari Yuqorichirchiq tumanidagi 31-maktabning pedagog xodimlarini obunaga majburlanganini aniqladi.
Nodir Jo‘rayev Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori etib tayinlandi.
Farg‘ona viloyatida Tico kanalga tushib ketdi, unda ketayotgan keksa er-xotin halok bo‘ldi.
Fermerni kaltaklab, uning hisob raqamidagi 25 mln so‘mni majburan boshqa fermer xo‘jaligiga o‘tkazgan Olot tuman hokimi bu ishni shaxsiy manfaati yo‘lida qilmaganini aytdi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Yangiqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tadbirda ikki fuqaroning noqonuniy tovarlarlar saqlayotgani aniqlandi.
Hukumat qarori bilan «O‘zagroservis» AJ xodimlari ham Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkinligi belgilandi.
Bosh prokuratura Namangan viloyati Kosonsoy tumanida 23 yoshli yigitning o‘z joniga qasd qilishiga tuman hokimiyatidagi yig‘ilishning aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi.
55 nafar O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘iston hududida Toshkentdan Krasnoyarskka yo‘l olgan nosoz avtobusdan evakuatsiya qilindi.
Toshkentda ilk marotaba «Alpomish» dostoni to‘liq jonli ijro etiladi. Doston kechalari 5 kun davom etadi.
Buvayda tumanida axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan shaxs yeri zaxiraga qaytarilgan fermerni chuv tushirdi.
Prezident farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida 2030-yilgacha urbanizatsiyani rivojlantirish Konsepsiyasi ishlab chiqiladi.
13,6 million so‘mlik televizorlar uchun bojxona to‘lovini amalga oshirmay olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxsning rejasi fosh etildi.
Prezident farmoni bilan yuridik shaxslar bino va inshootlari, sanoat infratuzilmasi ob’ektlari joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqiga ega bo‘ldi.
Prezident Samarqand viloyatiga safari chog‘ida Konfutsiy maydonini ko‘zdan kechirdi.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Samarqandga Rossiyadan uchib kelgan shaxsning sumkasida 47 dona «Alprazolam» psixotrop tabletkalari borligi aniqlandi.
Sudlarda davlat bojini undirish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun imzolandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting