MTMlar ish kuni tugagandan keyin va dam olish kunlari pulli xizmatlarni ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ldi.
«Aurum 898» tungi klubida sportchi Jamshid Kenjayevning o‘ldirilishi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud jarayoni boshlandi. Muassasaning besh nafar sobiq qo‘riqchisi sudlanmoqda.
Toshkentda boshlangan Startup Mix #40 konferensiyasida 18 ta startap uchun Speed Mentoring sessiyasi o‘tkazildi.
XTV hamda YUNESKO tashkiloti O‘zbekiston maktablarida bullingning oldini olish qo‘shma loyihasi bo‘yicha hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi.
«Aqlli shahar» texnologiyalarini joriy etish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Toshkentda firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan 10 kishi ushlandi. Ular qo‘lga olishda vaqtida qarshilik ko‘rsatdi.
Yakkabog‘ tumanida yashovchi F.Q. mast holda o‘zaro janjal sabab Shahrisabz tumanida yashagan Yu.H.ni urib jarohat yetkazishi natijasida jabrlanuvchi vafot etgan.
Vendo kompaniyalar guruhi hamda viloyat turizmni rivojlantirish departamenti hamkorligida Samarqand shahrida birinchi info-kiosk faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Adliya vazirligi hududlardagi TMEKlarning fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda nogironlikni belgilash bo‘yicha faoliyatini tahlil qildi.
Yil davomida O‘zbekiston aholisi 597 mingdan ziyodroqqa ko‘payib, 33 million 254 ming 100 kishini tashkil etdi.
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish, kesish hamda daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Samarqandda kuni kecha sun’iy qon aylantirish uskunasi yordamida to‘xtatilgan yurakda o‘n nafar bemorda ochiq jarrohlik amaliyoti bajarildi.
PFL sport bo‘limi mutaxassisi Rodion Kondratev litsenziyalashdan o‘tkazib berish evaziga pora olayotgan paytda qo‘lga olindi.
Toshkentda har kuni o‘rtacha 2500 kishi shaxsini aniqlashtirish uchun uchastkalarga olib kelinmoqda. Mazkur amaliyotga barham berish uchun IIO xodimlari 3000 ta maxsus smartfon bilan ta’minlanadi.
Toshkent davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlarga bag‘ishlab o‘tkazilgan 92 seminarda 10 mingdan ziyod tadbirkor ishtirok etdi.
Davlat dasturiga asosan korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday xizmatlarni raqamlashtirish belgilangan.
O‘zbekiston xalq artisti Po‘lat Saidqosimov 87 yoshida vafot etdi.
O‘zbekistonda OTMlar talabalar qabul kvotasini mustaqil belgilash imkoniga ega bo‘ldi. Bunga qadar mazkur kvota davlat qabul komissiyasi tomonidan belgilanar edi.
Toshkentda 1-fevraldan chiqindilarni olib ketish oylik to‘lovi kishi boshiga 3900 so‘mdan 4500 so‘mga oshiriladi.
Yangiqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.N.ning xonadonida 14 million so‘mlik, 3 turdagi tovar noqonuniy saqlayotganligi aniqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting