Jamiyat

Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi
27 iyul 2024, 11:44

Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi

O‘zbekistonda davlat OTMlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 10-avgustga qadar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari kerak. Mandat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

Abituriyentlarning 46,9 foizi o‘tish ballini to‘plolmadi
27 iyul 2024, 11:06

Abituriyentlarning 46,9 foizi o‘tish ballini to‘plolmadi

O‘zbekiston OTMlariga 2024-yilgi kirish imtihonlarida abituriyentlarning 46,9 foizi, ya’ni 345 ming 869 nafari o‘tish ballining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 ballni to‘play olmadi.

Yunusabad Residence va Bosch`dan aksiya davom etmoqda
27 iyul 2024, 11:00

Yunusabad Residence va Bosch`dan aksiya davom etmoqda

Yunusabad Residence TJMdan xonadon xarid qilganda, Bosch brendining oshxona jihozlari sovg‘a tariqasida beriladi.

Operatsiya va reanimatsiya xonalaridagi videoyozuvlarni 1 yil saqlash talabi joriy etiladi
27 iyul 2024, 10:00

Operatsiya va reanimatsiya xonalaridagi videoyozuvlarni 1 yil saqlash talabi joriy etiladi

O‘zbekistonda 1-yanvardan operatsiya va jonlantirish (reanimatsiya) xonalariga ovoz va video yozib olish imkoniyati mavjud kameralar o‘rnatilgan bo‘lishi, mazkur yozuvlar kamida bir yil davomida litsenziatda saqlanishi talab etiladi.

Kosonsoy obodonlashtirish boshqarmasining 2,3 mlrd so‘mlik tenderlarida qonun buzilishi aniqlandi
26 iyul 2024, 23:16

Kosonsoy obodonlashtirish boshqarmasining 2,3 mlrd so‘mlik tenderlarida qonun buzilishi aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi Kosonsoy tumani obodonlashtirish boshqarmasining jami boshlang‘ich narxi 2,3 mlrd so‘mlik 28 ta tender savdosida qonun buzilishi holatlarini aniqladi. Xarid komissiyasiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi, javobgar mansabdor jazolandi.

26-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
26 iyul 2024, 22:30

26-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Oktabr oyida bo‘ladigan parlament saylovlari, qisqa muddatli ta’tilga chiqqan prezident, elektromobillar importi uchun bojlarni qaytarish taklifi, 3 oy ichida deyarli oshmagan oyliklar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Farg‘onada Cobalt va Jiguli to‘qnashuvida 74 yoshli haydovchi halok bo‘ldi
26 iyul 2024, 21:55

Farg‘onada Cobalt va Jiguli to‘qnashuvida 74 yoshli haydovchi halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida VAZ-2106 ning 74 yoshli haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga qayrilayotganda Cobalt`ga yo‘l bermagani uchun ikki avtomobil to‘qnashdi. Oqibatda “Jiguli” haydovchisi shifoxonada vafot etdi.

Xorazmdagi bog‘chada 3 yoshli qiz kaltaklangani aniqlandi
26 iyul 2024, 21:12

Xorazmdagi bog‘chada 3 yoshli qiz kaltaklangani aniqlandi

Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi xususiy bog‘chada tarbiyalanuvchi 3 yoshli qiz kaltaklandi. Holat yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda, sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi, deb yozdi bolalar ombudsmani.

Ekologiya vazirligiga ovchilik faoliyatiga doir qo‘shimcha vakolatlar berildi
26 iyul 2024, 20:35

Ekologiya vazirligiga ovchilik faoliyatiga doir qo‘shimcha vakolatlar berildi

Prezident farmoni bilan, ov qilish va ovchilik xo‘jaligini tashkil etishning yangicha tartibi o‘rnatildi. Endi ov faqat xo‘jalik hududida amalga oshiriladi, ov yerlari auksionda 49 yilga beriladi, yovvoyi hayvonlarni ko‘paytiradiganlar soliq imtiyozlari oladi. Ekologiya vazirligiga qo‘shimcha vakolatlar yuklandi.

Foto: Zarqaynarda sim va quvurlar yer ostiga o‘tkazilmoqda
26 iyul 2024, 20:15

Foto: Zarqaynarda sim va quvurlar yer ostiga o‘tkazilmoqda

Toshkentda Hastimom-mahallaning Zarqaynar ko‘chasi va unga yondosh berk ko‘chalarda kommunikatsiya tarmoqlari yer ostiga o‘tkazilmoqda. Olmazor tumani hokimi mahalla ahli bilan uchrashuvda “bu ko‘chadagi uylar endi buzilmasligi"ni aytgan. Aholi bu ishlar “ko‘zga ko‘rinarli joy"lar bilan cheklanib qolishidan xavotirda.

Andijonda 17 yoshli bola Katta Farg‘ona kanalida oqib ketib, halok bo‘ldi
26 iyul 2024, 19:52

Andijonda 17 yoshli bola Katta Farg‘ona kanalida oqib ketib, halok bo‘ldi

Katta Farg‘ona kanalining Marhamat tumanidan o‘tgan qismida cho‘milayotib, ehtiyotsizlik oqibatida oqib ketgan 17 yoshli bola halok bo‘ldi. Prokuratura tekshiruv ishlarini boshladi.

Toshkentdagi “Anhor-Lokomotiv” bog‘ida rejalashtirilgan lenta shou bekor qilindi
26 iyul 2024, 17:25

Toshkentdagi “Anhor-Lokomotiv” bog‘ida rejalashtirilgan lenta shou bekor qilindi

Tarmoqlarda “Anhor-Lokomotiv” bog‘ida osmondan lentalar yog‘dirilishi aytilgan video tarqaldi. Poytaxt Ekologiya boshqarmasi bunday harakatlarning tabiatga zararini tushuntirdi. Tashkilotchilar animatorlar lentalarni aylantirib, tomosha ko‘rsatishi reja qilinganini ma’lum qildi, shunga qaramay shou bekor qilindi.

Toshkentda xavfli “manyovr”lar qilgan “garmoshka” avtobus haydovchisi ishdan olindi
26 iyul 2024, 17:04

Toshkentda xavfli “manyovr”lar qilgan “garmoshka” avtobus haydovchisi ishdan olindi

Toshkentda “garmoshka” avtobus haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, xavfli “manyovr”lar qildi. “Toshshahartransxizmat”ga ko‘ra, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, “qora ro‘yxat”ga qo‘shildi, haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish yuzasidan sudga taqdimnoma kiritildi.

O‘zbekiston terma jamoasi futzal bo‘yicha “Mirabror Usmanov CUP — 2024” g‘olibi bo‘ldi
26 iyul 2024, 17:00

O‘zbekiston terma jamoasi futzal bo‘yicha “Mirabror Usmanov CUP — 2024” g‘olibi bo‘ldi

Futzal bo‘yicha “Mirabror Usmanov CUP — 2024” xalqaro xotira turnirida O‘zbekiston terma jamoasi g‘alaba qozondi. Musobaqada Tojikiston, Qirg‘iziston va Gvatemala terma jamoalari ham ishtirok etdi.

YHXXning 26,5 mlrd so‘mlik tenderida qonun buzilishi holati aniqlandi
26 iyul 2024, 15:25

YHXXning 26,5 mlrd so‘mlik tenderida qonun buzilishi holati aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining yo‘l belgilari uchun bo‘yoqlar va shisha mahsulotlarni xarid qilish maqsadida o‘tkazgan 26,5 mlrd so‘mlik tenderida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunining buzilgani aniqlandi.

Yashil qurilish o‘zi nima va “yashil” standartlarga qanday rioya qilinadi?
26 iyul 2024, 15:01

Yashil qurilish o‘zi nima va “yashil” standartlarga qanday rioya qilinadi?

Yangi Toshkent arxitektorlari shaharni binolar qurishning ekologik standartlariga muvofiq barpo etishni rejalashtirgan. “Gazeta.uz” ko‘tarma kran zavodi negizida qurilgan ombor misolida “yashil” standartlar nima ekanligi va ularga noturar joy obyektlarida nima uchun rioya qilish zarurligini haqida hikoya qiladi.

Tarix, tog‘lar, bog‘lar, dengiz va shifobaxsh suvlar: nima uchun Gruziyaga sayohat qilish kerak?
26 iyul 2024, 12:43

Tarix, tog‘lar, bog‘lar, dengiz va shifobaxsh suvlar: nima uchun Gruziyaga sayohat qilish kerak?

O‘zini Sharq va G‘arb o‘rtasidagi ko‘prik sifatida namoyon qiluvchi Gruziya noyob arxitekturasi, milliy taomlari va qiziqarli an’analari bilan ajralib turadi. Iyunda “Gazeta.uz” muxbiri Nurulloh Sharipov Kavkazning ushbu go‘zal mamlakatida bo‘ldi. Sayohat Easybooking kompaniyasi yordamida amalga oshirildi.

DXX to‘rtta viloyatda narkotik hamda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni sotishga uringanlarni qo‘lga oldi
26 iyul 2024, 12:16

DXX to‘rtta viloyatda narkotik hamda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni sotishga uringanlarni qo‘lga oldi

DXX Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm va Andijon viloyatlarida turli giyohvandlik va “Regapen” kabi kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi. Narkotik moddalar va dorilarning aksariyati Qirg‘iz Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan (foto, video).

Dam olish kunlari juda issiq bo‘ladi
26 iyul 2024, 11:54

Dam olish kunlari juda issiq bo‘ladi

O‘zbekistonda shanba va yakshanba kunlari havo juda issiq bo‘ladi. Harorat +43…+45 darajagacha boradi.

Toshkentda hojatxonaga tushib ketgan 1 yoshli bola qutqarib qolindi
26 iyul 2024, 11:20

Toshkentda hojatxonaga tushib ketgan 1 yoshli bola qutqarib qolindi

Yangihayot tumanidagi uylarning birida nazoratdan chetda qolgan 1 yoshli bola hojatxonaga tushib ketdi. FVV xodimlari uni sog‘-salomat olib chiqdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting