Termiz aeroportida ikkinchi yurish yo‘lagi va asosiy yo‘lak uchastkasi hamda perronda uchta samolyotlar turar joylarini qurish va yoritish moslamalarini o‘rnatish ishlari yakunlandi. 2019-yilda rekonstruksiyadan chiqqan terminal, 2022-yilda esa betondan qilingan uchish-qo‘nish yo‘lagi ochilgandi.
Gulistonda elektr korxonasi muhandisi qarzdorlikni hisobdan chiqarish evaziga pora olishda gumonlanib ushlandi. Qibrayda xususiy korxona rahbari tenderda yutib berish evaziga tadbirkordan 4 mlrd so‘m talab qilgani, Navoiy viloyatida kiberxavfsizlik bo‘linmasi xodimi fuqarodan 600 dollar olgani aytilmoqda.
O‘zbekistonda ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish soddalashtirildi. Xususan, ERI kalitini berishda Face-ID qilinadi va kalit avtomatik tarzda rasmiylashtirib beriladi. Shuningdek, bolalarni bog‘chaga qabul qilish uchun rasmiylashtirilgan yo‘llanmalarni maxsus axborot tizimi orqali yuborish tartibi joriy etildi.
Yashnobod tumanida erkak u bilan birga yashab kelayotgan ayolning 3 yoshli bolasini pichoqladi. Bola shifoxonaga olib kelingunga qadar vafot etdi, gumonlanuvchi ushlandi.
Bosh prokuratura departamenti o‘tkazgan tadbirlarda Payariqda fuqaroni AQShga yuborish uchun 10 ming dollar, Qo‘rg‘ontepada Janubiy Koreyaga ishga jo‘natish uchun 1900 dollar olgan shaxslar qo‘lga olindi.
Toshkent va Yangiyo‘lda yo‘lga qo‘yilayotgan “ijtimoiy karta”, O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan BYD`ning budjet modellari, xususiy universitetlardagi ta’limning sifatsizligi haqida gapirgan vazir, 14-iyuldan boshlanadigan OTMga kirish imtihonlari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Boqiy Buxoro” parki shahar chekkasida qurilishi haqida xabarlar tarqaldi. Hokimlikka ko‘ra, bu xabarlar “yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”. Hozirda loyiha amalga oshiriladigan hududdagi binolar to‘liq demontaj qilinmoqda, qurilish maydoni 90 foiz tayyor holga keltirilgan.
Shahrisabzda 14 yoshli qizni 7 oy qullikda saqlab, turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlagan ayol va uning sheriklariga sud hukmi o‘qildi. Ayol JKning ikki moddasi bo‘yicha 7,5 yilga, ikki erkak uch modda bilan 9 yilga qamaldi. Bu kabi jinoyatlar uchun jazo yumshatilmaydi, deb yozdi bolalar ombudsmani.
Prezident ijtimoiy himoya sohasiga oid chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi. Takliflar orasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning xavfsiz harakatlanishi uchun sharoitlarni kengaytirish, jumladan, binolarni ekspertizadan o‘tkazish, chorrahalarni moslashtirib borish, elektron interaktiv xarita yaratish mavjud.
O‘zbekiston davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari 14-iyuldan 28-iyulga qadar o‘tkaziladi. Mandat 21−22-avgustda e’lon qilinadi.
O‘zbekiston aeroportlarida birinchi yarim yillikda 53,3 mingta reys amalga oshirdi, bu o‘tgan yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 37 foizga ko‘pdir. O‘tgan davrda jami 6,3 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatildi va ularning oqimi 36 foizga oshdi.
O‘zbekiston BYD bilan V, S va budjet avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Ularning namunalari xitoylik hamkorlar sinovidan o‘tkazish uchun laboratoriyaga topshirildi. Avvalroq zavod 3 ta yangi model: E2, Seagull va Yuan`ni ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.
O‘zbekistonda 1-oktabrdan davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar ular tuzilishidan oldin jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi. Shuningdek, 1-dekabrgacha davlat xaridlari tizimining mobil ilovalari yaratiladi.
UZTELECOM yoz mavsumini unutilmas qilish uchun “qaynoq” aksiyalarni — Barakalla 3.0 aksiyasi bilan “oltin” raqamlarga 90% gacha chegirmalar va ikki baravar ko‘paytirilgan internet-trafik taklif qilmoqda.
Sergeli tumanida yuqori tezlikdagi Spark qarama-qarshi yo‘ldagi 2 ta mashinaga borib urilgandi. YHXB hodisa oqibatida bir yo‘lovchi vafot etgani va 2 kishi shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qildi.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining Turkiyada qiyin vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayollar bilan uchrashuvlari davomida Silivri deport markazidan 34 nafar ayol ozod etilib, vatanga qaytarildi. Yana 3 nafari ozodlikka chiqarildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov xususiy universitetlarga litsenziya berish to‘xtatilganini (so‘nggi bor 2023-yil oktabrda berilgan) aytib, buni ta’lim sifati va ishsizlik bilan bog‘ladi. Vazirlik bunday litsenziya berishni takomillashtirish bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqmoqda.
O‘zbekiston elektr energiyasi bozoriga xususiy sarmoyani jalb qilish ko‘zda tutilgan qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. Qonunda samarali, shaffof va raqobatbardosh elektr energiyasi bozorining rivojlanishini qo‘llab quvvatlash ko‘zda tutilgan.
Sergeli tumanida yuqori tezlikdagi Spark beton to‘siq ustidan uchib o‘tib, qarama-qarshi yo‘ldagi Honda va Spark bilan to‘qnashdi. Oqibatda 3 kishi jarohatlandi.
To‘rt kishidan iborat guruh bank xodimidan dasturiy ta’minot va hisob raqamlariga kirish uchun kodlar sotib olib, 370 mlrd so‘m (29,3 mln dollardan ortiq) o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi. Ular xorijdagi hisobraqamlarga o‘tkazish uchun 189 mlrd so‘mni konvertatsiya qilmoqchi bo‘lganida qo‘lga tushdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting