Alisher Qodirovning o‘lim jazosini tiklash taklifi, kambag‘allikni qisqartirishga mas’ul bo‘lgan IHMA, endi har kuni 5 nafar tadbirkor bilan uchrashadigan Farg‘ona hokimlari, O‘zbekistonning ekologik jihatdan eng barqaror shaharlari reytingi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
O‘zbekiston va Qozog‘iston parvozlar masofasini 40 km ga qisqartiradigan yangi navigatsiya yo‘lagini joriy etdi. Yo‘nalish yiliga 50 tonnagacha aviayoqilg‘ini tejab, atmosfera chiqindilarini 250 tonnagacha kamaytiradi, dedi Transport vazirligi. Undan kuniga 30 dan ortiq aviakompaniya samolyotlari uchib o‘tadi.
Prezident farmoni bilan, 12 ta viloyat, Toshkent shahri hokimliklari va Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi tuzilmasida ichki audit xizmatlari tashkil etiladi. Hisob palatasida yo‘lga qo‘yiladigan yangi shu’ba ularni nazorat qilib boradi.
2024-yil yakuniga qadar elektromobillarni quvvatlash uskunalari uchun alohida hisoblagich o‘rnatish yo‘lga qo‘yiladi. HET mas’uliga ko‘ra, fuqarolar yashashi uchun alohida, elektromobili uchun alohida tok ishlatishni xohlaydi. “Hozirda hisob ochishda Toshkent va Samarqand shaharlarida muammoga uchrayapmiz”, — dedi u.
“O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan yil boshidan buyon 23 273 gektarlik boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan yer maydonlarida somon poyalari va ularning qoldiqlari yonishi bilan bog‘liq 1960 ta holat aniqlangan.
Iqlim o‘zgarishi milliy markazi O‘zbekistondagi 14 ta hududning ekologik barqarorligi reytingini tuzdi. Bunda 7 ta jihat: havo sifati, yerdan foydalanish, suv iste’moli, transport, energiya, chiqindilar va sanitariya mezon sifatida olindi. Namangan shahri yetakchi bo‘ldi, Nurafshon esa ro‘yxatni yakunladi.
Chirchiq shahrida Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetining filiali tashkil etiladi. Filialga belgilangan tartibda litsenziya olingandan so‘ng ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi.
Rossiyada qarovsiz yoki ota-onasi nazoratisiz qolib ketgan, Voyaga yetmaganlar markazlarida yashayotgan 7 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi. Endi ular ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga topshiriladi.
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yidan nisbatan salqin va nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Harorat +30…+35 darajagacha pasayadi. Ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
O‘zbekistonning oltita viloyatidagi tog‘li joylarda 13−16-iyul kunlari sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, yomg‘ir suvlari to‘planishi oqibatida hududlarni suv bosishi ehtimoli bor.
Hukumat qarori bilan avtotransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnomalar berish muddati 15 kundan 10 kunga qisqartirilmoqda. Avtomobil qayta jihozlangan deb tan olinadigan o‘zgarishlar ro‘yxati 4 barobardan ko‘proqqa kengaydi.
Prezidentning Farg‘ona viloyatiga tashrifi, pensiya tizimini takomillashtirish taklifi, 1-avgustdan ishga tushadigan elektr energiyasi bo‘yicha yangi billing tizimi, “Baxti Tashkentskiy"ga 20 yil so‘ragan prokuror va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Marg‘ilonda 110 gektar maydonda yangi turar joy massivi quriladi. Bu yerda 5 ming xonadonli uylar, institutlar, mehmonxonalar, savdo markazlari, park va boshqa obyektlar bo‘ladi. Prezidentning Marg‘ilon jamoatchiligi vakillari bilan uchrashuvida shular haqida so‘z bordi.
Toshkentda Lacetti yong‘in joyiga ketayotgan Isuzu o‘t o‘chirish mashinasining orqasiga urildi. Yengil avtomobil haydovchisiga birinchi yordam ko‘rsatildi.
Urganch davlat universiteti dekani abituriyentni ijodiy imtihondan o‘tkazib qo‘yish uchun taxminan 35 mln so‘m olayotganda qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Prokuror 44 ta epizod bo‘yicha ayblanayotgan “Baxti Tashkentskiy” (Baxtiyor Qudratullayev)ga 20 yil, uning o‘g‘illariga nisbatan esa 11 va 12 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini so‘radi. Avvalroq ayblanuvchi nomi oshkor etilmagan davlat tashkiloti undan “ko‘cha”ni nazorat qilishni so‘raganini aytgandi.
“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida “Kutubxona” nomli loyiha boshladi. Unda o‘z xonadonida kutubxona tashkil qilgan mutolaa ishqibozlari bilan kitobxonlik va kutubxonachilik haqida suhbatlar uyushtiriladi. Loyihaning ilk mehmoni — O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron.
O‘zbekistonda endi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish davlat tashkilotlarining aybi bilan kechikkanda yo‘llanma o‘z kuchida qoladi.
Yangiyer shahrida 2011-yilda tug‘ilgan qizning jasadi yashash uyida jonsiz holatda topildi. Uning tanasida jarohatlar borligi aniqlangan. Gumonlanuvchini qidirib topish bo‘yicha viloyat IIBga alohida topshiriq berilgan.
Aprel oyida qayta ishga tushgan Qo‘qon aeroportiga ilk bor yirik havo kemasi qo‘ndi: Shavkat Mirziyoyev bu aeroportga bordi. U narx va xizmatlarni qulaylashtirish, parvozlarni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi. Foto.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting