Jamiyat

Toshkentda 31 yoshli erkak 11 yoshli qizni muntazam zo‘rlab kelgani aytilmoqda
27 iyun 2024, 11:00

Toshkentda 31 yoshli erkak 11 yoshli qizni muntazam zo‘rlab kelgani aytilmoqda

Toshkentda 31 yoshli erkak ikkinchi xotinining 11 yoshli qizini muntazam zo‘rlab kelganlikda gumonlanmoqda. Qonuniy nikohidan 5 farzandi bo‘lgan erkakka nisbatan jinoyat ishi ochildi.

“Yuksalish” Toshkent jamoat transporti yo‘lovchilarining fikrini o‘rgandi
27 iyun 2024, 10:17

“Yuksalish” Toshkent jamoat transporti yo‘lovchilarining fikrini o‘rgandi

“Yuksalish” harakati Toshkent shahrida jamoat transporti yo‘lovchilari orasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Ular tig‘iz vaqtlardagi tirbandlik, “poygalar”, yo‘l harakati qoidalari va jadvalining buzilishi, konditsionerlar yoqilmasligi, ajratilgan yo‘laklarni nazorat qilmaslik kabi muammolarni ko‘rsatdi.

Toshkentda Spark skuter haydovchisini qasddan urib yubordi (video)
27 iyun 2024, 08:54

Toshkentda Spark skuter haydovchisini qasddan urib yubordi (video)

Poytaxtning Amir Temur ko‘chasida Spark haydovchisi skuter haydovchisini quvib borib, qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketdi va uni urib yubordi. Skuter boshqaruvchisi kasalxonaga yotqizildi. Shahar YHXB yo‘l harakati qoidalariga amal qilishga va masofa saqlashga chaqirdi. Video.

26-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
26 iyun 2024, 22:31

26-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Kiberxavfsizlikda hamkorlik o‘rnatgan O‘zbekiston va Rossiya, Turkiya mudofaa vaziri bilan ko‘rishgan Shavkat Mirziyoyev, zo‘ravonlikka uchraganlarga yordam berishning ma’muriy reglamenti, bayram munosabati bilan mukofotlangan jurnalistlar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

O‘zbekistonda zo‘ravonlikdan jabrlanganlar qayerga murojaat qilishi kerak?
26 iyun 2024, 21:41

O‘zbekistonda zo‘ravonlikdan jabrlanganlar qayerga murojaat qilishi kerak?

Tazyiq va zo‘ravonlikka uchraganlar “102” telefon raqami orqali IIV navbatchilik qismi yoki profilaktika inspektorlariga, “112” yagona dispetcherlik xizmati va 1146 “ishonch telefoni"ga murojaat qilishlari mumkin. 24 soat ichida himoya orderi rasmiylashtiriladi.

Prezident: “Tanqidiy materiallar „mudrab“ yotgan rahbarlarni „uyg‘otishga“ yordam bermoqda”
26 iyun 2024, 20:26

Prezident: “Tanqidiy materiallar „mudrab“ yotgan rahbarlarni „uyg‘otishga“ yordam bermoqda”

O‘zbekiston rahbari OAV xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi. Uning ta’kidlashicha, jurnalistika nafaqat “to‘rtinchi hokimiyat”, balki mudofaa va xavfsizlik kabi hal qiluvchi sohaga aylanib bormoqda. Prezident axborot maydonini sifatli va raqobatdosh kontent bilan to‘ldirish zarurligini ta’kidladi.

“O‘zmilliybank” Xitoy taraqqiyot bankining 2 mlrd yuan kredit liniyasini jalb qildi
26 iyun 2024, 17:00

“O‘zmilliybank” Xitoy taraqqiyot bankining 2 mlrd yuan kredit liniyasini jalb qildi

25-iyun kuni bo‘lib o‘tgan 20-majlis doirasida “O‘zmilliybank” va Xitoy davlat taraqqiyot banki O‘MBga 2 mlrd yuan ajratuvchi bitimni imzoladi.

IIB binosida vafot etgani aytilayotgan fuqaro ishi doirasida bir xodim qamoqqa olindi
26 iyun 2024, 16:35

IIB binosida vafot etgani aytilayotgan fuqaro ishi doirasida bir xodim qamoqqa olindi

Bekobod shahri IIB binosida vafot etgani aytilayotgan 43 yoshli erkak ishi doirasida bir nafar ichki ishlar xodimi qamoqqa olindi. Marhumning akasi “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida bu voqeada jami 8 nafar xodim ishtiroki bo‘lganini aytmoqda.

Zo‘ravonlikka uchragan ayollar va bolalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi
26 iyun 2024, 15:07

Zo‘ravonlikka uchragan ayollar va bolalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Toshkentda 2,1 tonna giyohvandlik vositalari yoqib yuborildi (foto)
26 iyun 2024, 13:26

Toshkentda 2,1 tonna giyohvandlik vositalari yoqib yuborildi (foto)

Yangihayot tumanidagi zavodda noqonuniy muomaladan musodara qilingan 2,1 tonnadan ziyod giyohvandlik vositalari yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi. Ularning asosiy qismini kannabis, marixuana, gashish va opiy tashkil qiladi. Foto.

Artel Dual Inverter texnologiyasiga ega sovitkichlarning yangi modellarini taqdim etdi
26 iyun 2024, 13:00

Artel Dual Inverter texnologiyasiga ega sovitkichlarning yangi modellarini taqdim etdi

Artel`dan Dual Inverter texnologiyasiga ega sovitkichlarning ikkita yangi modeli taqdim etildi. Ushbu yechim yuqori energiya samaradorligi bilan bir qatorda uzoq xizmat muddatini ham ta’minlaydi.

Toshkentda erkak gul sotuvchi qizni bo‘g‘ib, yana ikki yigitni kaltakladi
26 iyun 2024, 12:03

Toshkentda erkak gul sotuvchi qizni bo‘g‘ib, yana ikki yigitni kaltakladi

Tarmoqlarda Shayxontohur tumanida erkak gul do‘konidagi sotuvchi qizni bo‘g‘ib, so‘ngra uni tinchlantirishga harakat qilgan yana ikki yigitni urgani aks etgan video tarqaldi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

Toshkent viloyatida 5 ta transport vositasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (video)
26 iyun 2024, 11:55

Toshkent viloyatida 5 ta transport vositasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (video)

Parkent tumanida yuk mashinasi piyodalarni o‘tkazib yuborayotgan ikkita Cobalt, Spark va Lacetti`ning orqasidan kelib urdi. Voqea oqibatida hech kim jarohatlanmadi.

2024-yilda 894,2 ming abituriyent OTM, kollej va texnikumlarda o‘qishga hujjat topshirdi
26 iyun 2024, 11:10

2024-yilda 894,2 ming abituriyent OTM, kollej va texnikumlarda o‘qishga hujjat topshirdi

Bu yil oliy va professional ta’lim muassasalariga kirishda testda qatnashish uchun 894 279 nafar abituriyent hujjat topshirdi. Ularning eng ko‘pi Toshkent shahri, Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida ro‘yxatdan o‘tdi. Hujjat topshirganlar soni avvalgi yillarga nisbatan ancha pasaygan.

Asialuxe Travel oilaviy ta’tilni Turkiyaning qaysi hududlarida o‘tkazish mumkinligini aytib berdi
26 iyun 2024, 11:00

Asialuxe Travel oilaviy ta’tilni Turkiyaning qaysi hududlarida o‘tkazish mumkinligini aytib berdi

Asialuxe Travel milliy turoperatori nafaqat kattalar, balki yosh sayohatchilarni ham qiziqtiradigan dam olish mehmonxonalari tanlovini tayyorladi.

Shavkat Mirziyoyev Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha vakillarini mukofotladi
26 iyun 2024, 10:32

Shavkat Mirziyoyev Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha vakillarini mukofotladi

Prezident Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan qator soha vakillarini orden va medallar bilan mukofotladi (ro‘yxat).

O‘zbekistonda 5 oyda 65 nafar o‘quvchi YTH oqibatida halok bo‘ldi
26 iyun 2024, 10:25

O‘zbekistonda 5 oyda 65 nafar o‘quvchi YTH oqibatida halok bo‘ldi

Senat O‘zbekistondagi yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyatni yana tanqid qildi. Qayd etilishicha, 5 oy davomida yo‘l-transport hodisalari oqibatida 65 nafar maktab o‘quvchisi halok bo‘lgan, 294 nafari jarohatlangan. 2023-yilda esa yo‘llarda 263 nafar bola halok bo‘lgan, 1568 nafari jarohatlangan.

25-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
25 iyun 2024, 23:04

25-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Xususiylashtirilayotgan “Poytaxt bank”, bolasini noqonuniy diniy ta’limga majburlagan ota-onalar uchun jazo choralari, hovli uylar uchun tashkil etiladigan servis kompaniyalari, xorijliklarni nomaqbul deb topuvchi qonunni qabul qilgan deputatlar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

“10 sutka — ko‘p”. Notkoin sotgani uchun qamalgan talaba intervyusi (+video)
25 iyun 2024, 19:53

“10 sutka — ko‘p”. Notkoin sotgani uchun qamalgan talaba intervyusi (+video)

“Gazeta.uz” iyun oyi boshida notkoinni 800 ming so‘mga sotgani uchun 10 sutkaga qamalgan talaba Ismoiljon Normamatov bilan suhbatlashdi. U mazkur holat, bu uning o‘qishi va hayotiga qanday ta’sir qilgani haqida gapirdi, shuningdek, bunday jazoning qanchalik asosliligi haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

Hovli uyli mahallalarda servis kompaniyalari tashkil etiladi
25 iyun 2024, 19:43 1

Hovli uyli mahallalarda servis kompaniyalari tashkil etiladi

O‘zbekistondagi hovli uylar joylashgan 208 ta mahallada tajriba tariqasida obodonlashtirish va kommunal tarmoqlarni ta’mirlash, chiqindilarni saralash va tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi “Mahalla servis kompaniyasi” tashkil etiladi. Ularga to‘lov qilish uchun har oy 20 mln so‘m mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting