Jamiyat

O‘zbekistonda SAT imtihonidan yuqori ball olganlar OTMga grantga qabul qilinadi
28 iyun 2024, 16:07 5

O‘zbekistonda SAT imtihonidan yuqori ball olganlar OTMga grantga qabul qilinadi

O‘zbekistonda SAT imtihonidan 75 foizdan yuqori natija olgan yoshlar OTMga grant asosida qabul qilinadi, deya ma’lum qildi prezident. Qolaversa, 73 ta akademik litseyda “Xalqaro bakalavriat” va A-level dasturlari joriy qilinadi, ularni bitirganlar oliygohlarga imtihonsiz kiradi.

Saudiya Arabistonida Haj vaqtida 10 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
28 iyun 2024, 15:43

Saudiya Arabistonida Haj vaqtida 10 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

“Gazeta.uz” manbasiga ko‘ra, Saudiya Arabistonida 2024-yilgi Haj mavsumida 10 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Avvalroq Saudiya tomoni vafot etganlarning umumiy soni 1300 dan oshganini bildirgandi.

Bronzadan oltinga: Reikartz Qo‘qon mehmonxonasini o‘zgartiradi
28 iyun 2024, 15:00

Bronzadan oltinga: Reikartz Qo‘qon mehmonxonasini o‘zgartiradi

Reikartz mehmonxonalar tarmog‘i Qo‘qon markazidagi kamtarona mehmonxonani mehmondo‘stlikning “oltin” standartida qayta ishga tushirishga qaror qildi va loyihaga taxminan 100 ming AQSh dollari sarmoya kiritdi.

O‘zbekistonda xususiy o‘quv markazlari reytingi tuziladi
28 iyun 2024, 13:31

O‘zbekistonda xususiy o‘quv markazlari reytingi tuziladi

1-oktabrdan Yoshlar ishlari agentligi xususiy o‘quv markazlarining yillik reytingini tuzishni boshlaydi. Undagi natijalarga qarab, chekka hududlardagi eng yuqori ko‘rsatkichli 100 ta xususiy o‘quv markaziga ijara xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi.

Angrenda aholidan chiqindilarni sotib olish shoxobchasi tashkil etildi
28 iyun 2024, 11:39

Angrenda aholidan chiqindilarni sotib olish shoxobchasi tashkil etildi

Angren shahrida aholidan qayta ishlanadigan chiqindilarni xarid qilish shoxobchasi barpo etildi. Shoxobchaning o‘zida do‘kon ham tashkil etilgan. U yerda fuqarolar chiqindilarni sotishdan tushgan pulga turli buyumlar xarid qilishi mumkin.

Samarqandda 6 yoshli bolani kamar bilan kaltaklagan erkak ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi
28 iyun 2024, 11:03

Samarqandda 6 yoshli bolani kamar bilan kaltaklagan erkak ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi

Toyloq tumanida erkak 6 yoshli bolani kamar bilan kaltaklab, musht tushirdi. Bolada jarohatlar aniqlanib, unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Erkak ruhiyatida o‘zgarishlar borligi tufayli shifoxonaga yotqizildi.

Toshkent viloyatida ikki xorijlik tashkil etgan yashirin narkolaboratoriya aniqlandi
28 iyun 2024, 10:50

Toshkent viloyatida ikki xorijlik tashkil etgan yashirin narkolaboratoriya aniqlandi

DXX Ukraina va Ozarbayjon fuqarolari Yuqori Chirchiq tumanidagi xonadonda yashirin narkolaboratoriya tashkil etganini aniqladi. Uydan sintetik giyohvandlik vositalari, 7 kg yarimtayyor narkotik moddalar va 237 kg prekursorlar musodara qilindi. Gumonlanuvchilar qamoqqa olindi.

Foto: Toshkentning Chorsu bozoridagi yong‘in oqibatlari
28 iyun 2024, 10:21

Foto: Toshkentning Chorsu bozoridagi yong‘in oqibatlari

“Gazeta.uz” muxbiri Yevgeniy Sorochin tunda kuchli yong‘in sodir bo‘lgan poytaxtdagi Chorsu bozorida bo‘ldi. Fotoreportaj.

Jurnalist va sobiq hokim Nazirjon Saidov vafot etdi
28 iyun 2024, 09:26

Jurnalist va sobiq hokim Nazirjon Saidov vafot etdi

Jurnalist, Andijon viloyati Oltinko‘l tumaniga 1990−1993-yillarda hokimlik qilgan Nazirjon Saidov 76 yoshida vafot etdi. U “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni, “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.

Toshkentning Chorsu bozoridagi yirik yong‘in 1,5 soatda o‘chirildi
28 iyun 2024, 07:47

Toshkentning Chorsu bozoridagi yirik yong‘in 1,5 soatda o‘chirildi

Toshkent shahri Chorsu bozori hududidagi do‘konlarda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Uni 12 ta yong‘in-qutqaruv brigadasi bartaraf etdi. Qurbonlar yo‘q.

Sirdaryoda suv ta’minoti xodimlari gazdan zaharlangani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
27 iyun 2024, 23:29

Sirdaryoda suv ta’minoti xodimlari gazdan zaharlangani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Gulistondagi suv haydash nasos stansiyasida “Sirdaryo viloyati suv ta’minoti"ning 3 nafar xodimi gazdan zaharlanib, ulardan biri vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

27-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
27 iyun 2024, 22:42

27-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Jizzaxdagi BYD zavodida ishlab chiqarish boshlangan avtomobillar, AES qurilishi shartnomasiga oid bayonnoma, O‘zbekistonning JCh saralashi 3-bosqichidagi raqiblari, “Mening bog‘im” loyihasi bo‘yicha ovoz berish jarayonlari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

IIV elektron bazasida uzilishlar kuzatilmoqda
27 iyun 2024, 22:21

IIV elektron bazasida uzilishlar kuzatilmoqda

IIV tegishli elektron bazasida texnik uzilishlar kuzatilayotganini ma’lum qildi. Bir qator davlat xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyati cheklandi. Jarima qarorlarining imtiyozli davri avtomatik tiklab beriladi, deb yozdi vazirlik.

Prezident faoliyatida alohida yutuqqa erishgan bir qator yigitlarni “Mard o‘g‘lon” mukofoti bilan taqdirladi
27 iyun 2024, 20:38

Prezident faoliyatida alohida yutuqqa erishgan bir qator yigitlarni “Mard o‘g‘lon” mukofoti bilan taqdirladi

Shavkat Mirziyoyev fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, san’at, sport kabi yo‘nalishlarda alohida yutuqqa erishgan 28 nafar yigitni “Mard o‘g‘lon” mukofoti bilan taqdirladi.

Shavkat Mirziyoyev Zomindagi texnopark qurilishiga start berdi
27 iyun 2024, 17:32 1

Shavkat Mirziyoyev Zomindagi texnopark qurilishiga start berdi

Prezident Zomin tumanida Xitoyning “Mingyuan” kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilayotgan texnoparkdagi ilk investitsiya loyihalari qurilishiga start berdi. Maxsus zonani infratuzilma bilan ta’minlash bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlanib, 160 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Farg‘onada Lacetti`ning gaz balloni portlab, 1 kishi halok bo‘ldi
27 iyun 2024, 17:01

Farg‘onada Lacetti`ning gaz balloni portlab, 1 kishi halok bo‘ldi

Rishton tumanidagi bozor oldida to‘xtab turgan Lacetti mashinasining gaz balloni portladi. FVB atrofdagi bir necha kishi jarohat olgani, IIB esa bir kishi halok bo‘lgani haqida xabar berdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Bugun Balton Trading Asia yetakchilikni qo‘lga kiritdi, chunki u O‘zbekistondagi eng zamonaviy omborxonalardan birini qurdi” — Andrey Shmelkov
27 iyun 2024, 17:00

“Bugun Balton Trading Asia yetakchilikni qo‘lga kiritdi, chunki u O‘zbekistondagi eng zamonaviy omborxonalardan birini qurdi” — Andrey Shmelkov

CMWP konsalting kompaniyasining qurilish boshqaruvi departamenti loyiha direktori Andrey Shmelkov O‘zbekistondagi omborxona ko‘chmas mulki bozori, Balton Trading Asia tomonidan A toifali ombor qurilishi, uning o‘ziga xosligi va “yashil” standartlarga muvofiqligi haqida gapirib berdi.

Toshkent shahrining bir necha tumanlari va Toshkent tumanining bir qismi elektr energiyasiz qoldi
27 iyun 2024, 16:24

Toshkent shahrining bir necha tumanlari va Toshkent tumanining bir qismi elektr energiyasiz qoldi

Poytaxtdagi yuqori voltli liniyalarda yuklama ortishi oqibatida Toshkent shahrining uchta tumani va Toshkent tumanining ayrim iste’molchilari elektr ta’minotisiz qoldi.

Sirdaryoda bir kishi gazdan zaharlanib vafot etdi, 2 kishi kasalxonaga yotqizildi
27 iyun 2024, 15:57

Sirdaryoda bir kishi gazdan zaharlanib vafot etdi, 2 kishi kasalxonaga yotqizildi

Guliston shahridagi suv haydash nasos stansiyasida “Sirdaryo suv ta’minoti” kompaniyasining 3 nafar xodimi gazdan zaharlandi. Oqibatda ulardan biri vafot etdi, 2 nafari o‘ta og‘ir ahvolda kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.

Yandex Go xizmati Urganch va Xivada ishga tushdi
27 iyun 2024, 11:44

Yandex Go xizmati Urganch va Xivada ishga tushdi

Yandex Go taksi xizmati Xorazm viloyatining Urganch va Xiva shaharlarida ish boshladi. Sayohatlar uchun yo‘l haqi naqd yoki ilovaga bog‘langan karta orqali to‘lanadi, minimal narx 2500 so‘mdan boshlanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting