“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 22-apreldagi apellyatsiya sudida advokat Ahmadov butun sudlov hay’ati va sud kotibi ustidan raddiya berdi. Sudyaning shoshilinch ishi chiqib qolib, yana tergovga o‘tilmadi. Jabrlanuvchilar yuqori tashkilotlardan sud jarayonini nazoratga olishni so‘radi. Tafsilotlar — “Gazeta.uz” reportajida.
O‘zbekistonning 9 ta viloyatidagi tog‘li joylarda 25−28-aprel kunlari sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, yomg‘ir suvlari to‘planishi oqibatida hududlarni suv bosishi ehtimoli bor.
DXX Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalarini olib o‘tgan shaxslarni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Sello kompaniyasining mutaxassisi Mirzonajot Shodiyev moliyaviy savodxonlikni oshirishga yordam beradigan oltita maslahat bilan o‘rtoqlashdi.
Bekobod shahrida “O‘zmetkombinat”ning 53 yoshli ishchisi omborxonada o‘zini osib, joniga qasd qildi. Holat yuzasidan Davlat mehnat nazorat inspeksiyasiga mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi holatini o‘rganish talabnomasi yuborildi. Marhum psixiatr va narkolog ro‘yxatida turmasligi bildirildi.
Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Allayaron tog‘ida tunda adashib qolgan fuqarolar qutqarildi. Ular dengiz sathidan 1800 metr balandlikdan topilgan.
Bo‘ka tumanida bir oyda 1,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan “zapravka” aniqlandi. AGTKSHda elektron hisobga olish uskunalariga tashqi ta’sir ko‘rsatish orqali uning xotira ma’lumotlari o‘chirilgan.
Chevrolet hamda “Biznesni rivojlantirish banki” Chevrolet avtomobillarini 15 foizlik boshlang‘ich to‘lov bilan besh yilga kreditga sotib olishni taklif qilmoqda.
37 millionga yetgan O‘zbekiston aholisi, Toshkentga keladigan Devid Kemeron, ta’tilga chiqqan prezident, Damas uchun ochilgan kontraktatsiya va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Xorazm viloyati Urganch shahrida 38 yoshli ayol o‘ziga tanish ayolni uyiga chaqirib, pul masalasida kelib chiqqan janjalda ro‘mol bilan bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ydi. Marhumaning jasadi gumonlanuvchining hovlisidan topildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Senati huquq-tartibot idoralari xodimlari faoliyatiga oid tasvirlarni “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatganlik uchun jazoni nazarda tutuvchi o‘zgartirishni hali ko‘rib chiqqani yo‘q. Konstitutsiyaga ko‘ra, Senat qonunni ko‘rib chiqishi, aks holda hujjat to‘g‘ridan-to‘g‘ri prezidentga yuborilishi kerak edi.
Toshkent shahri, Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan va Samarqand viloyatlarining aholisi nisbatan tez o‘smoqda. Mamlakat aholisi esa bir yilda 2,1 foizga ko‘paygan.
Endi TOK BOR stansiyalarida elektromobilni quvvatlantirish uchun hisobda 10 ming so‘mdan ortiq istalgan summa bo‘lsa bas. Shuningdek, kompaniya biznes egalariga qulay shartlarda hamkorlik taklif qilmoqda.
O‘zgidromet 23−30-aprel kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi.
21-aprel kuni VI BYD Toshkent xalqaro yugurish marafoni g‘oliblari aniqlandi va taqdirlandi. Sovrin fondi 720 mln so‘mni tashkil qildi.
Shaharlararo avtobusda uxlab qolgan ayolning kiyimini yechib, ko‘krak qismiga tegingan 45 yoshli erkak 15 sutkaga qamaldi. Erkak sudda ayolga qo‘li tegib ketganini aytgan.
Urganch tumanida gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 3,3 mlrd so‘mlik 2 mln 249 ming metr kub gazni yashirin ravishda o‘g‘irlagan parrandachilik fermasi aniqlandi.
Hafta davomida ko‘plab hududlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Faqat 24-aprelda respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari +13…+18, kunduzi +24…+29 daraja bo‘ladi. Tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari va qor ko‘chishi yuzaga kelishi mumkin.
O‘zbekistonda English Speaking Nation (Ingliz tilida so‘zlashuvchi millat) dasturi doirasida 18 mingdan ortiq ingliz tili o‘qituvchisining bilim va malakalari oshirildi. To‘rt yil davom etgan, qiymati 7 mln dollar bo‘lgan qo‘shma dastur AQSh tashkilotlari ko‘magida olib borildi.
Qashqadaryoning Qarshi shahrida Damas haydovchisi 26 yo‘lovchini — bog‘cha xodimi va 25 nafar bolani tegishli hujjatlarsiz tashigani aniqlandi. Bog‘cha xodimi kechga qolib ketilgani uchun bolalarni bir mashinaga joylashtirishga majbur bo‘linganini aytdi. Avtomobil jarima maydoniga qo‘yildi, haydovchi jazolandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting