Toshkent metropoliteni metro stansiyasidagi vaqt ko‘rsatuvchi tablosidagi «nojo‘ya yozuv» elektron soat darchasiga qilingan kiberhujum natijasida paydo bo‘ldi, deya xabar berdi Toshkent metropoliteni.
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksina bilan 300 mingdan ortiq fuqaro emlandi. 14 aprel kuni 43 ming 896 kishi vaksina oldi.
Hukumat qarori bilan 1 maydan boshlab 5 ta xalqaro imtihon tizimi (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT) bo‘yicha va 2022 yil 1 yanvardan boshlab yana 13 ta imtihon tizimi bo‘yicha imtihonlarda yuqori ball to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.
Andijonda Varshava menejment universiteti filiali tashkil etildi. Universitetda 6 ta fakultet faoliyat olib boradi. Darslar ingliz, rus va o‘zbek tillarida o‘tiladi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli farzandlari orasidan grant asosida qabul qilinishi ham ko‘zda tutilgan.
Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida 102 yoshli Suymaxol Zulimova koronavirusga qarshi emlandi.
Farg‘ona viloyati tumanlaridan birida 28 nafar bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchisi Damas’da uylariga olib ketilayotgani aniqlandi. Haydovchi tegishli guvohnoma va boshqa ruxsatnomalarga ega bo‘lmagan.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Komiljon Karimov nima uchun JIDUda ko‘p yillar davomida korrupsiya rivojlanmaganligi, o‘quv jarayoni uchun talabalar beradigan «fidbek»ning muhimligi, zamonaviy mehnat bozorida kerakli ko‘nikmalar va bitiruvchilarning universitet hayotidagi o‘rni haqida. «Gazeta.uz» intervyusi.
Prezident farmoniga asosan umumta’lim maktablari o‘quvchilari hamda OTM talabalari uchun «Moliyaviy savodxonlik» o‘quv kursini fan sifatida joriy etish ko‘zda tutilmoqda.
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida Nexia va mototsikl to‘qnashuvi oqibatida 30 yoshli erkak halok bo‘ldi.
May oyidan 14 ta tuman (shahar)da byudjet xarajatlarining 5 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. 1 iyuldan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga ajratiladigan tuman (shahar)lar byudjetlari qo‘shimcha mablag‘larining eng kam miqdori 10 foizdan 30 foizga oshiriladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida onkogemotologik va davolash murakkab bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarni davolashga ko‘maklashish uchun jamg‘arma tashkil etilmoqda. Fond tibbiy uskuna va dori-darmonlarni, reaktivlarni sotib oladi va operatsiya uchun xorijdan mutaxassislarni taklif qiladi.
Qashqadaryoda uch nafar fuqaro 6 sinf o‘quvchisiga ikki baho qo‘ygan o‘qituvchining yuzini bir necha marotaba urib, kaltaklashgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jurnalist va bloger Muhrim A’zamxo‘jayev “Championat.asia” nashriga bergan intervyusida futbolga berilayotgan mablag‘lar, ularning sarflanishi haqida so‘z yuritdi. Uning aytishicha, bir futbol jamoasiga 20 mlrd so‘m sarflagandan ko‘ra, 4 ta maktab qurish yoki o‘qituvchilarning maoshiga ustama pul qo‘shib berish mumkin.
Toshkent viloyatida 27 yoshli fuqaro 21 yoshli qizni o‘g‘irlab, nikohdan o‘tish uchun majburlagan. Qiz qarshilik ko‘rsatib qochib ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qonunchilik palatasi binosining tashqi ko‘rinishi rekonstruksiya qilish va binoni joriy ta’mirlash uchun 16,54 mlrd so‘m ajratish reja qilingan. Pudratchi sifatida «Trest-12» (aksionerlari orasida qurilish vazirining o‘g‘li va rafiqasi borligi haqida yozgan edik) ishtirok etmoqda. Hukumat buyrug‘i bilan loyihani tendersiz amalga oshirish va parallel ravishda loyihalashtirishga ruxsat berilgan.
Bekobod tumanida 301 mln so‘mlik imtiyozli kredit mablg‘lari talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi. ATB «Agrobank» Bekobod filiali va ikkita mas’uliyati cheklangan jamiyatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qarshi shahar hokimligi viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ijobiy xulosasini olmasdan turib, 47 tup ko‘p yillik daraxtni kesib tashladi. Tabiatga yetkazilgan zarar 253,5 mln so‘m deb baholanmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Madaniyat vazirligi «Turkiston» san’at saroyi binosiga ko‘chiriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev OTMlar rektorlarining faoliyatini tanqid ostiga oldi. «Birortasi o‘z hududida mahallagacha tushib, yoshlar tarbiyasi, uyushmagan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha tashabbus bildirmagan», — dedi u. Prezident to‘rtta oliygoh rektorini ishdan olinishini ma’lum qildi. Shuningdek, oliygohlar yon-atrofidagi kamida mahallalar uchun «ma’naviyat markazi» bo‘lishi kerakligi aytildi.
Jizzax shahrida chiqindi yig‘ish maxsus transport vositasida o‘rnatilgan gaz ballon portlab ketdi. Oqibatda 2 nafar yo‘lovchi tan jarohati oldi. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting