Jamiyat

O‘zbekistonda taroveh namozi o‘qiladigan vaqtlar e’lon qilindi
7 mart 2024, 15:17

O‘zbekistonda taroveh namozi o‘qiladigan vaqtlar e’lon qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 10-mart, yakshanba kuni taroveh namozining hududlarda o‘qiladigan vaqtlarini e’lon qildi.

Yuqori ko‘rsatkichlar va keyingi qadamlar: ANORBANK 2023-yil yakunlarini e’lon qildi
7 mart 2024, 13:00

Yuqori ko‘rsatkichlar va keyingi qadamlar: ANORBANK 2023-yil yakunlarini e’lon qildi

ANORBANK 2023-yil natijalari haqida ma’lumot berdi. Bankning foydasi 139,5 mlrd so‘mga yetdi. Natija bankning moliyaviy strategiyalarining barqarorligi va samaradorligini ko‘rsatadi.

Farg‘onada Cobalt 5 nafar piyodani urib yubordi, ulardan 2 nafari halok bo‘ldi
7 mart 2024, 11:33

Farg‘onada Cobalt 5 nafar piyodani urib yubordi, ulardan 2 nafari halok bo‘ldi

Dang‘ara tumanida Cobalt haydovchisi yo‘l chetida ketayotgan 5 nafar piyodani urib yubordi. Oqibatda 2 kishi voqea joyida halok bo‘ldi, 3 kishi shifoxonaga yotqizildi.

Toshkentdagi shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi poyezdlari yagona tarifga o‘tadi
7 mart 2024, 11:28

Toshkentdagi shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi poyezdlari yagona tarifga o‘tadi

20-martdan Toshkentdagi shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi poyezdlari yagona tarifga o‘tkaziladi. Yo‘lovchilar avvalgidek har bir zona uchun alohida narxda emas, zonalarga bo‘linmagan holatda to‘lov qiladi.

Dam olish kunlari havo o‘zgarib turadi
7 mart 2024, 11:20

Dam olish kunlari havo o‘zgarib turadi

O‘zbekistonda 7−8-mart kunlari havo harorati ko‘tarilishda davom etadi. Dam olish kunlari esa havo o‘zgarib turadi, ba’zi hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin.

Nukusda aholi noroziligiga qaramay, futbol maydonchasi o‘rnida ko‘p qavatli uy qurilmoqda
7 mart 2024, 10:55

Nukusda aholi noroziligiga qaramay, futbol maydonchasi o‘rnida ko‘p qavatli uy qurilmoqda

Nukus shahrining “Gulzor” mahallasida aholi noroziligiga qaramay, futbol maydonchasi o‘rnida turar joy binosi qurilishi boshlandi. O‘tgan yili shahar hokimligi ushbu mahallani namuna sifatida ko‘rsatgandi.

Qashqadaryoda 16 yoshli qiz fohishalikka majburlangani aytilmoqda
7 mart 2024, 09:49

Qashqadaryoda 16 yoshli qiz fohishalikka majburlangani aytilmoqda

Samarqand viloyatida tug‘ilgan 16 yoshli qiz Qashqadaryodagi xonadonlarning birida fohishalikka majburlanganini aytib, bolalar ombudsmaniga murojaat qildi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qashqadaryoda ketma-ket ikkita kuchsiz zilzila qayd etildi
7 mart 2024, 09:08

Qashqadaryoda ketma-ket ikkita kuchsiz zilzila qayd etildi

Mirishkor tumanida soat 00:33 va 00:34 da 4,4 hamda 4,6 magnitudali zilzilalar qayd etildi. Ularning sezilish kuchi 2−3 balni tashkil etdi.

6-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
6 mart 2024, 21:41

6-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

24 kunlik kompaniyaga berib yuborilgan “Yoshlar ko‘li”, kanalizatsiya tizimiga ulanmagan maktablar, me’yordan issiq kechgan qish fasli, faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan “Mushtum” va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Taxtako‘pirda mast erkak qo‘lida bolta bilan maktabga kirishga uringanda to‘xtatib qolindi
6 mart 2024, 20:35

Taxtako‘pirda mast erkak qo‘lida bolta bilan maktabga kirishga uringanda to‘xtatib qolindi

Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumanida mast erkak o‘qituvchi xotini bilan gaplashish uchun maktabga kirmoqchi bo‘ldi. Erkakning qo‘lida bolta bor edi. U chaqiruv bo‘yicha yetib kelgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Farg‘onadagi “Yoshlar ko‘li” Sport vazirligiga qaytariladi
6 mart 2024, 19:23

Farg‘onadagi “Yoshlar ko‘li” Sport vazirligiga qaytariladi

Viloyat hokimi qarori asosida Farg‘ona shahri markazidagi “Yoshlar ko‘li” 24 kunlik kompaniyaga berib yuborilgandi. Davaktiv agentligi o‘rganishlar natijasida mazkur holatda bir qator qonun talablari buzilganini aniqladi. Shu sababli yer maydoni Sport vazirligi balansiga qaytariladi.

Farg‘ona viloyati hokimi shahar markazidagi 2 gektarlik ko‘lni 24 kunlik shirkatga berib yubordi
6 mart 2024, 18:24

Farg‘ona viloyati hokimi shahar markazidagi 2 gektarlik ko‘lni 24 kunlik shirkatga berib yubordi

Hokimlarning yer ajratish vakolati tugaganiga 2,5 yil bo‘ldi. Biroq Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov “Yoshlar ko‘li”ning o‘rnini “bino va inshootlarni” berganlik niqobi ostida ajratib berib, prezident qaroriga noto‘g‘ri ishora qildi. Yer topshirilgan kompaniya qaror chiqishidan 24 kun oldin ro‘yxatdan o‘tgan.

O‘zbekistonda qishdagi harorat me’yordan 2,6 darajagacha yuqori bo‘ldi — O‘zgidromet
6 mart 2024, 17:23

O‘zbekistonda qishdagi harorat me’yordan 2,6 darajagacha yuqori bo‘ldi — O‘zgidromet

O‘zbekistonda 2023−2024-yillarning qishidagi havo harorati 1,5−2,6 daraja yuqori bo‘ldi. Fevral o‘tgan qishda eng qorli bo‘ldi, dekabrda esa eng past harorat kuzatildi.

O‘zbekistonning beshta shahrida bolalar uchun do‘stona mahalliy boshqaruv sinovdan o‘tkazildi
6 mart 2024, 16:51

O‘zbekistonning beshta shahrida bolalar uchun do‘stona mahalliy boshqaruv sinovdan o‘tkazildi

Qo‘qon (Farg‘ona), Zarafshon (Navoiy), Termiz (Surxondaryo), Yangibozor (Xorazm) va Bo‘ston (Qoraqalpog‘iston) shaharlarida “Bolalar va yoshlarga do‘stona mahalliy boshqaruv” tashabbusi sinovdan o‘tkazildi. U hokimiyat organlarning yoshlar manfaatini ta’minlovchi qarorlar qabul qilishini ta’minlashga qaratilgan.

Toshkent viloyatidagi 2 ta maktabda “Telefonsiz maktab” tizimi joriy etildi
6 mart 2024, 16:33

Toshkent viloyatidagi 2 ta maktabda “Telefonsiz maktab” tizimi joriy etildi

Angren shahridagi 2 ta maktabda “Telefonsiz maktab” tizimi joriy etildi. Avvalroq Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev telefondan foydalanishni taqiqlagan maktabga 300 mln so‘m va’da qilgandi. Hokimlikka ko‘ra, bu orqali “o‘quvchilarning e’tibori bilimlarni yanada chuqurroq egallashga qaratildi”.

Toshkentda avtomobillarga yopishtiriladigan “qizil”, “sariq” va “yashil” yorliqlar qanday ishlaydi?
6 mart 2024, 16:03

Toshkentda avtomobillarga yopishtiriladigan “qizil”, “sariq” va “yashil” yorliqlar qanday ishlaydi?

O‘zbekiston poytaxtidagi ekologik vaziyatdan kelib chiqib, shahar hududi ekologik hududlarga ajratiladi. Transport vositalarining havoga chiqarayotgan zararli moddalari darajasiga qarab ularga yorliq yopishtiriladi. Yorliq rangiga qarab ayrim ekologik zonalarga kirish bosqichma-bosqich cheklanadi. Video.

“Mushtum” jurnali va uning tarmoqlardagi sahifalari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
6 mart 2024, 15:25

“Mushtum” jurnali va uning tarmoqlardagi sahifalari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

101 yildan buyon yashab kelayotgan “Mushtum” jurnali va uning ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Tahririyat buning sababini “iqtisodiy qiyinchiliklar”, deya izohladi. Jurnal faoliyati ma’lum vaqtga to‘xtatilganiga oid xabar tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

YI va BMT Taraqqiyot dasturi Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutiga baliq yetishtirishni yaxshilovchi uskunalar topshirdi
6 mart 2024, 14:39

YI va BMT Taraqqiyot dasturi Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutiga baliq yetishtirishni yaxshilovchi uskunalar topshirdi

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi va BMT Taraqqiyot dasturi Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutiga suv sifati sensorlari, filtrlash va tozalash tizimlari, shuningdek, intensiv baliq yetishtirish uchun quyosh suv isitgichlarini taqdim etdi.

Toshkent shahri hokimligi qoshida Yo‘llarda harakatni tashkillashtirish markazi ochiladi
6 mart 2024, 12:59

Toshkent shahri hokimligi qoshida Yo‘llarda harakatni tashkillashtirish markazi ochiladi

Poytaxt hokimligi qoshida Yo‘llarda harakatni tashkillashtirish markazi ochiladi. U qoidabuzarliklarni qayd etuvchi 2 mingdan ortiq foto va video qayd etish tizimini o‘rnatadi, transport kompleksi uchun yagona reklama maydoni, pullik to‘xtash joylari va elektromobillar uchun zaryadlash infratuzilmasi yaratadi.

Farg‘onadagi qabristonda 62 tup daraxt obodonlashtirish xodimlari tomonidan kesib tashlangani aniqlandi
6 mart 2024, 12:49

Farg‘onadagi qabristonda 62 tup daraxt obodonlashtirish xodimlari tomonidan kesib tashlangani aniqlandi

Quva tuman tumanidagi qabristondagi 62 tup archa daraxti tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘zboshimchalik bilan ostidan kesib tashlangani aniqlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting