Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti 2024−2025 o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilishni boshladi. Abituriyentlarga o‘qish uchun 100% to‘lovni ichiga oladigan grant dasturi taklif etilmoqda.
Toshkent viloyatida o‘quvchilarga ham, o‘qituvchilarga ham telefondan foydalanishni taqiqlagan maktablarga 300 mln so‘m va’da qilindi. Viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning fikricha, telefon bolalarni ham, kattalarni ham buzadi. “Qo‘lda telefon degan balo bor ekan, hamma narsa bo‘lishi mumkin”, — dedi u.
Toshkentda 500 gektardan ortiq maydondagi uy-joylar renovatsiya dasturiga kiritilgan, deya ma’lum qildi poytaxt hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap “talabga javob bermaydigan, ko‘p yillar oldin qurilgan ikki qavatli binolar va vaqtincha qurilib ketgan uylar” haqida ketmoqda.
Yuqori Chirchiq tumanidagi AGTKSHda navbat talashish ortidan janjal kelib chiqdi. IIBB hodisa oqibatida o‘lim ro‘y berganini rad etib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
YI sanksiyalariga tushgan O‘zbekiston kompaniyasi, bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoyalovchi qonun, o‘zbekistonliklar vizasiz kirishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxati, yer sotishda ayblanayotgan sobiq hokim va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Munavvarqori aytgandi: “Ovrupo osmonga uchar ekan, bizda soch va soqol nizolari, ovrupoliklar dengiz ostida suzar ekan, bizda uzun va kalta kiyim janjallari”. Asr o‘tsa hamki, O‘zbekiston hamon shu “janjallar” ichida. Vaholanki, huquqshunoslarga ko‘ra, Konstitutsiya bu “janjal”ni allaqachon hal qilib bo‘lgan.
Buxoroda 15 yoshli bola onasi unga doimiy tazyiq o‘tkazib kelishi, otasi esa aliment to‘lamagani sabab ozodlikdan mahrum qilinganini aytib, bolalar ombudsmanidan o‘zi va singlisini onasi qaramog‘iga bermaslik bo‘yicha amaliy yordam so‘radi. Holat o‘rganilgach, bolalarga buvisi vasiy etib belgilandi.
2024-yilda AQSh va Germaniyada “O‘zbekiston IT kunlari” xalqaro tadbirlari o‘tkaziladi. Shuningdek, Germaniya va Saudiya Arabistonida asosiy faoliyati mahalliy korxonalar uchun IT xizmatlar bo‘yicha buyurtmalarni jalb qilishga qaratilgan IT park vakolatxonasi (filiali) faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Sirdaryoning Guliston shahrida hokimiyat zaxirasidagi yerni boshqa bir shaxsga noqonuniy olib berishga uringan ikki kishi 300 ming dollar talab qilib, shundan 50 ming dollarini olganda ushlandi. DXXga ko‘ra, jinoiy ishga 2018−2021-yillarda Guliston tumanini boshqargan Shavkat G‘afurov ham aloqador bo‘lgan.
Dehqonobod tumanidagi kaliy zavodi sizot suvlarni soyga oqizgani ma’lum bo‘ldi. Ekologiya vazirligi zavodga nisbatan 363 mln so‘m kompensatsiya to‘lovi belgiladi va 18 banddan iborat majburiy ko‘rsatmalar berdi.
ANORBANK tomonidan o‘tkazilgan o‘yinning birinchi bosqichi yakunlanishi munosabati bilan bank va eMaktab vakillari g‘olib bo‘lgan maktab o‘quvchilariga sovrinlarni topshirdi.
Qonunchilik palatasi deputatlari bolalarga nisbatan zo‘ravonlik shakllariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, ekspluatatsiya va bulling qo‘shishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Qonun bilan bolalarga ham himoya orderi berish taklif etilmoqda.
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolari vizasiz kirishlari mumkin bo‘lgan 31 davlat ro‘yxatini e’lon qildi. Bundan tashqari kirib kelganda viza olish kerak bo‘lgan va elektron viza olish mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxati ham keltirib o‘tildi.
Boysun tumanida bir oilaning 6 a’zosi is gazidan zaharlandi. Oqibatda ota va uning voyaga yetmagan 4 farzandi vafot etdi, ayol esa jonlantirish bo‘limida qolmoqda. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.
DXX Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida 4 ta noqonuniy mayning ferma jami 1,3 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qilganini aniqladi. Fermalarning biri 3 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lgan. Holatga aloqador shaxslarga nisbatan o‘g‘rilik moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
Aholini havo ifloslanishidan xabardor qilish boshlanadi, chet eldan turib ayrim notarial bitimlarni rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi, yoshlar rahbarlarga biriktiriladi, “Qizlar akademiyasi” ishga tushadi, nogironligi borlarga Uzbekistan.travel portalidan foydalanish imkoni yaratiladi — 1-martdan nimalar o‘zgaradi?
Payme Business xizmati foydalanuvchilari mijozlardan to‘lovlarni qabul qilishlari, shuningdek, bir ish kuni ichida bank hisob raqamiga mablag‘larini o‘tkazishlari mumkin.
Toshkent shahri sobiq “Algoritm” zavodi hududidagi mebel sexida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. U besh soatdan ko‘proq vaqt davomida o‘chirildi. Besh kishi qutqarildi, halok bo‘lganlar yo‘q.
“Dok-1 Maks” ishi sudiga raislik qiluvchi Muso Yusupovga ko‘ra, doridan zaharlanganlar soni aslida ko‘proq ekani yuzasidan murojaatlar bo‘lgan, bu bo‘yicha tergov o‘tkazilmoqda. Shuningdek, yana bir necha shaxs, jumladan, Farmagentlik rahbari sobiq o‘rinbosari Egamovga nisbatan tergov organiga xabarnoma yuborilgan.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud hukmi, narxi oshgan Ai-80 benzini, Erdog‘anni tug‘ilgan kuni bilan tabriklagan Mirziyoyev, braziliyalik futbolchilarga 9,2 mln yevro to‘lab beradigan “Bunyodkor” va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting