Bolalarning “Dok-1 Maks”dan zaharlanib vafot etgani bo‘yicha sud 23 nafar ayblanuvchiga nisbatan hukm chiqardi. Ularning 7 nafariga ozodlikdan mahrum etish, 14 nafariga ozodlikni cheklash, 1 nafariga axloq tuzatish ishlari va 1 nafariga jarima jazosi qo‘llandi. Batafsil.
Toshkent viloyatining Bekobod tumanida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i va bosh hisobchisi tadbirkorlar bilan kelishib, rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish evaziga 950 mln so‘m pulni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Sud “Dok-1 Maks”dan vafot etgan 68 nafar bola va sog‘lig‘i o‘ta og‘ir ahvoldagi 4 nafar bolaning har biri uchun 1 mlrd so‘mdan ma’naviy zarar undirilishi haqida qaror qildi. Sog‘lig‘i qoniqarli 4 nafar bola uchun 500 mln so‘mdan, sog‘lig‘i yaxshilangan 8 nafar bola uchun esa 200 mln so‘mdan undirilishi belgilandi.
“Dok-1 Maks” dori vositasi bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha sud qaroriga ko‘ra, Farmatsevtika agentligi sobiq direktori Sardor Kariyev 18 yil, uning o‘rinbosarlari 16 yil, Quramax Medikal direktori Ragnevdra Pratar esa 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
“Toshshahartransxizmat” avtobuslar bilan bog‘liq texnik nosozliklar, tutash holatlari va yo‘l-transport hodisalari ko‘payotgani ortidan 5 nafar mas’ul xodimni ishdan oldi.
O‘zbekistonda 2023-yilda qariyb 3600 nafar voyaga yetmaganlar jinoyat sodir etdi. Besh yil davomida bu ko‘rsatkich qariyb 4,4 barobarga oshdi. Yil davomida tovlamachilik 70, bezorilik 60, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish 40, nomusga tegish va odam o‘ldirishga urinish esa 20 foizga ko‘paydi.
Qishning so‘nggi kunlari va bahorning birinchi kuni O‘zbekistonda ob-havoning beqaror sharoiti saqlanib turadi. Hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘adi. Harorat kechalari 0…-5, kunduzi +2…+7 daraja bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Poytaxtda esa 28-fevral va 1-martda yog‘ingarchilik kuzatiladi.
Dushanba kuni tongda 174-sonli Mercedes-Benz avtobusining tormoz tizimidagi nosozlik sabab yong‘in sodir bo‘ldi. Shuningdek, 33-sonli Mercedes-Benz avtobusida qisqa tutashuv tufayli yong‘in kelib chiqdi. Hodisalar oqibatida jarohat olganlar yo‘q, deya ma’lum qildi “Toshshahartransxizmat”.
Jizzaxdagi katta yo‘lda Nexia 3 bilan Cobalt mashinalari o‘zaro to‘qnashib ketdi. Cobalt haydovchisining yo‘l qoidasini buzgani sabab YTHda haydovchilardan biri vafot etdi.
Shahrisabz shahridagi 1-maktabda direktor o‘rinbosari va 10-sinf o‘quvchisi bir-birini kaltakladi. Voqeaga o‘quvchilarning dars paytida qor o‘ynagani va buning ortidan kelib chiqqan janjal sabab bo‘lgan. Ularning ikkisi ham shifoxonaga yotqizildi.
Toshkentdagi Amiti universitetida 25-fevral kuni ingliz tili fanidan xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi. G‘oliblarga UZCARD va Thompson School tomonidan sovg‘alar topshirildi.
69 nafar bolaning o‘limiga sabab bo‘lgani aytilgan “Dok-1 Maks” dori vositasi bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha yakuniy sud qarori 26-fevralda e’lon qilinadi. Sud 2023-yilning avgustida boshlangandi.
Qiziriq tumanida yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan Nexia-3 avtomobili “KamAZ” bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil mashinadagi 4 nafar yo‘lovchi vafot etdi.
Urganch tumanida fermer xo‘jaligi qo‘shimcha tarmoq tortib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi. Buning oqibatida davlatga yetkazilgan zarar miqdori 3 mlrd 374 mln so‘mni tashkil etdi.
Toshkent metrosiga to‘rt vagonli 3 ta metro poyezdi keltirildi. Ular 8−10 kun sinovdan o‘tkazilgach, “Yunusobod” va “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishlarida harakatga chiqariladi. May oxiriga qadar yana shunday 8 ta metro poyezdi olib kelish reja qilinmoqda.
TikTok va YouTube`da Sardor gangster taxallusi bilan chiqishlar qilgan bloger 10 sutkaga qamaldi. U mayda bezorilik hamda milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash kabi huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topildi.
Sherzod Shokirov Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumaniga, Sardor Palvanov Xorazm viloyatining Xiva tumaniga hokim etib tayinlandi.
Navoiy shahridagi maktabda o‘quvchi yigitlarning sochi ommaviy kaltalangani jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi. Ayrimlar qamoqdagi bolaninggina sochi majburiy olinishini aytsa, ba’zilar maktab islohotini ularga suv, hojatxona va kompyuterlarni olib borishdan boshlagan yaxshiroq, degan fikrda. Munosabatlar.
77 yoshli fotograf Shonazar Ibrohimov umrining 40 yilini jurnalistikasiga bag‘ishlagan. U o‘z davrida Sharof Rashidov, Inomjon Usmonxo‘jayev, Rafiq Nishonov, Islom Karimov kabi O‘zbekiston rahbarlarining yonida yurib, ularni suratga tushirgan. “Gazeta.uz” muxbiri Shonazar Ibrohimov bilan suhbatlashdi.
“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting