Iyun oyida Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari YPX xodimlari tomonidan qo‘lga olinish paytida vafot etgan edi. Mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlandi va 2 nafar shaxsga «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun sudga yuborilgan.
Bo‘stonliq tumanidagi «Amirsoy» kurort zonasida 700 tup atrofidagi qimmatbaxo daraxtlarni kesib tashlagani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tabiatga yetkazilgan zarar 1,9 mlrd so‘m etib baholanmoqda.
Prezident Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari foyda solig‘ini 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.
Facebook’dagi «Qo‘qonjonim» guruhi ma’murlaridan biri, bloger Iqbol Komiljonov vafot etdi. Avvalroq uning zaharlangani va og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Farg‘ona viloyat KTTM bosh shifokori bu kabi xabarlarni asossiz deb atab, bemorda zaharlanish alomatlari bo‘lmaganini ta’kidladi.
Yangi chiqarilgan qonunlar, O‘zbekiston delegatsiyasining toliblar bilan uchrashuvi, tonirovka narxining 10 foizga pasaytirilishi — “Gazeta.uz"ning 15 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahrida “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkiloti a’zolari sifatida gumon qilingan shaxslar qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Ushbu shaxslar muqaddam mazkur tashkilot safida sodir etgan jinoyati uchun jazo muddatini o‘tab chiqqan shaxslar hisoblanadilar. Hozirda tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
1988 yilda ishlab chiqarilgan 1 mln AQSh dollari ko‘rinishidagi yaxlit kupyurani boshqa bir shaxsga 40 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Farg‘onada yigirmaga yaqin yigitlar ishtirokidagi janjal organ xodimlari tomonidan to‘xtatildi. Voqea joyidan pichoqlar, qilichlar va giyohvandlik vositalari topilgan. 8 nafar shaxs protsessual tartibda ushlanib, 9 nafar shaxslar 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga tortildi.
YAIDXPda avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga («tonirovkaga») ruxsatnoma olish xizmati yo‘lga qo‘yildi. 1 oktabrdan boshlab ruxsatnoma faqat onlayn tarzda beriladi (narxi 10 foizga pasaytirilgan). U elektron va qog‘oz shaklda taqdim etilishi mumkin.
Toshkentda 13 sentabrdan issiq suvni besh kunlik rejali o‘chirish boshlandi. Jarayon 8 oktabrgacha davom etadi.
Deputat Rasul Kusherbayev Bo‘stonliq tumanidagi «Amirsoy» kurort zonasida 700 tup atrofidagi qimmatbaxo daraxtlarni kesib tashlaganini «hech narsa bilan oqlab bo‘lmasligini» ta’kidladi. «Shuncha gapdan keyin ham har xil baxonalar bilan daraxtkesarlik davom etmoqda. Buncha katta „dux“ qayerdan paydo bo‘ldi?», — deb yozadi deputat.
Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida 160 tupdan oshiq tut daraxti kesib tashlangan va tutzor bog‘ o‘rnida qurilish boshlangan. O‘rganishlarga ko‘ra, tuman hokimligi soxta hujjatga asoslanib, ushbu hududni avtobus bekati va shahobcha qurish uchun ajratish bo‘yicha qaror chiqargan. Hozirda qurilish to‘liq to‘xtatilgan.
Har yili o‘tkaziladigan aerosuratlar (havoda olingan suratlar) bo‘yicha Drone Photo Awards xalqaro tanlovining natijalari e’lon qilindi. Tanlovda «Shahar», «Tabiat», «Odamlar», «Yovvoyi dunyo», «To‘y» singari turli kategoriyalar mavjud. «Gazeta.uz» har bir kategoriyadan bir nechta suratlarni taqdim etadi.
Namangan shahrida “VAZ-21011” avtomashinasi yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan 3-sinf o‘quvchisini urib yuborgan. Oqibatda piyoda shifoxonada vafot etgan.
Pskent tumanida mast haydovchi YPX inspektorining to‘xtash talabiga bo‘ysunmasdan, uni urib yubordi. 30 yoshli serjant Dilmurod O‘rmonov oradan uch kun o‘tib vafot etdi.
Rossiya poytaxtidagi metro bekatida o‘zbek va tojik tillaridagi yo‘l ko‘rsatkichlar paydo bo‘lishi, MSK barcha partiyalar tomonidan ilgari surilgan nomzodlarni ro‘yxatga olishi, O‘zbekiston Afg‘onistonga katta partiyada gumanitar yordam yuborishi — “Gazeta.uz"ning 14 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Qonunchilik palatasi a’zosi Doniyor G‘aniyev faqatgina O‘zbekiston rezidentlariga bukmekerlik bilan shug‘ullanishga ruxsat berishni taklif qilmoqda. Deputat norezident bukmekerlarga O‘zbekiston bank tizimidan to‘lovlar amalga oshirilishini taqiqlash kerakligini ham aytdi. Shuningdek, u totalizatorlarni reklama va targ‘ibot qilishga ruxsat bermaslik hamda jismoniy shaxslar uchun «stavka"larning maksimum chegarasini belgilash taklifini ilgari surdi.
Andijon shahar IIO FMB 4-son xodimlari tomonidan Andijonlik fuqaroning kaltaklangani aytilgan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ushbu bo‘limning sobiq xodimlari 2020 yilning noyabr oyida 44 yoshli erkakni qiynoqqa solganliklari uchun ozodlikdan mahrum qilingan edi.
«Agrobank» intensiv kurslari tinglovchilari yettita yo‘nalishda chet el tajribasiga ega bo‘lgan professor o‘qituvchilardan uch oy mobaynida nazariy va amaliy bilimlar olishadi.
Seshanba kuni O‘zbekiston Afg‘onistonga 1,3 ming tonnalik insonparvarlik yukini yubordi. O‘z ichiga oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va kiyim-kechaklarni olgan ushbu gumanitar yordam muhtoj afg‘on oilalariga tarqatiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting