Senator Bojxona qo‘mitasi kontrabandani aniqlash bo‘yicha ko‘plab tadbirlar o‘tkazilgani haqida xabar bergan bo‘lishiga qaramay, bayram kunlari aholi tomonidan pirotexnika vositalarining keng qo‘llangani yuzasidan qo‘mitaga so‘rov yubordi.
Samarqand viloyati Jomboy tumanida yashovchi fuqaroning uyidan salkam 32 kg marixuana, shuningdek, opiy va psixotrop dorilar olib qo‘yildi.
Buxoro viloyatida 15-yanvardan sovuq suv va oqova suv xizmatlari narxi oshadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasining “Haj va Umra” markazida Umra xizmatlari narxi 10-yanvardan bir kishi uchun 16,6 mln so‘m etib belgilandi.
Nihoyat Toshkent va bir necha viloyatlarda maishiy chiqindilarni alohida yig‘ish boshlanadi. Aholiga bepul chiqindi paketlari beriladi. Fuqarolarga qayta ishlangan chiqindilar uchun pul to‘lash rejalashtirilmoqda.
Toshkent shahridagi Paynet shoxobchalarida bir necha bor bank kartasiga pul tushirib, naqd pulni bermasdan qochib ketgan shaxs qo‘lga olindi. Unga nisbatan talonchilik yuzasidan jinoiy ish ochildi.
Nukus shahrida 2 kishi noma’lum etiologiyali moddadan zaharlandi. Ulardan biri shifoxonada vafot etdi. Holatni hokim o‘rinbosari boshchiligidagi komissiya tekshirmoqda.
9−10-yanvar kunlari O‘zbekistonga Turkmanistondan iliq havo kirib keladi va bu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat janubda +20 darajagacha ko‘tariladi. Payshanba kuni Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo kirib kelishi hisobiga harorat pasayib, yomg‘ir yog‘adi.
Xitoy kompaniyalari Andijon viloyatida yiliga 2 mingta, Farg‘ona viloyatida yiliga mingta elektrobus ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi rejalashtirilmoqda. Ulardan butun O‘zbekiston bo‘ylab jamoat transportini yaxshilash maqsadida foydalaniladi.
Toshkentda vannaxonadagi issiq suv baki yorilishi oqibatida 20 yoshli qiz kuyish jarohati oldi. U shifoxonada vafot etdi.
Samarqand tumani hokimining ikki yordamchisi mahalliy aholidan biriga yer ajratgani uchun 1000 dollar olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi. SamDU tyutori esa 3 ming dollar olayotgan vaqtda ushlandi. U mahalliy aholiga mehnat faoliyatlariga 20 yillik ish staji qo‘shib berishni va’da qilgani aytilmoqda.
Tabiiy ofatlar paytida nogironligi bo‘lgan shaxslar eng katta xavf ostida qolishadi, chunki favqulodda holat xabarlari va evakuatsiya yo‘llari ular uchun moslashtirilmagan bo‘lishi mumkin. Jahon banki O‘zbekistonda nogironligi bo‘lganlar ehtiyojlarini hisobga olish bo‘yicha o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi.
Zomin tumanida avtobus burilayotib, ro‘paradan kelayotgan “Jiguli” bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil mashinadagi 50 yoshli yo‘lovchi kasalxonada vafot etdi.
O‘zbekistonda 2024-yilning aprel oyidan ko‘chmas mulk va avtotransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar chiqindini olib ketish xizmatlari uchun qarzdorlik bo‘lmagan taqdirdagina notarial tasdiqlanadi.
Mirishkor tumanida Nexia yo‘lning qarama-qarshi tomonida ketayotgan piyodani urib yubordi. Oqibatda u shifoxonada vafot etdi.
Yunusobod tumanida King Long rusumli 93-sonli avtobus Matiz bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil avtomobil texnik shikastlandi, avtobusga zarar yetmadi.
Yomg‘irli yakshanba, Toshkentda sinovdan o‘tkaziladigan vodorobuslar, oltin sotish bo‘yicha peshqadamlik qilayotgan O‘zbekiston, chiqindi xizmatidan qarzi bo‘lsa, “svet"siz qoladigan isteʼmolchilar, viloyatga vaqtincha hokim bo‘lgan yoshlar yetakchisi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
O‘zbekistonning xalqaro qidiruvga berilgan 8 nafar fuqarosi Turkiyada qo‘lga olindi. Ular uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar kontrabandasi, firibgarlik va boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda.
O‘zbekistonda dekabr oyi me’yorlardan 1,5−2 darajaga issiq bo‘ldi. Noyabr oyi esa kuzatuvlar tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi. Shu bilan birga, 13-dekabr kuni Toshkentda oxirgi 30 yildagi eng past harorat qayd etildi.
Yo‘l harakati qoidalari buzilganini qayd etish vositalarini o‘rnatgan tadbirkorlarga ekologik huquqbuzarliklarni ham qayd etish va Davlat ekologik nazorat inspeksiyasiga xabar berish huquqi berildi. Bunda tadbirkor jarima sifatida undirilgan mablag‘ning 20 foizi miqdorida rag‘batlantiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting