Andijonda erkak turmush o‘rtog‘i va qaynonasini temir jism bilan urib o‘ldirdi. Voqeaga o‘zaro janjal sabab bo‘lgani aytilmoqda. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi.
Avtomobil oldi-sotdisi sohasida firibgarlikda ayblanib, 10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan 45 yoshli erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan konsullik yoki IIVga murojaat qilishlari so‘raldi.
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Uning faoliyatidan O‘zbekistonga yetkazilgan zarar 12 mlrd so‘m (salkam 1 million dollar)ga baholanmoqda.
Iyul oyida 801 ta holatda jami 234 mlrd 778 mln so‘mlik elektr va tabiiy gaz talon-toroj qilindi. Shuningdek, energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq 304 ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi.
Toshkent viloyatida gaz ta’minoti bosh muhandisi (8500$), Xorazmda DUK mutaxassisi (3500$) va Savdo-sanoat palatasi bo‘limi xodimi, Qashqadaryoda tibbiyot birlashmasi boshlig‘i v.b. (1500$), Samarqandda MCHJ mutaxassisi (1100$) hamda bojxona posti boshlig‘i (200$) korrupsiya va firibgarlikda gumonlanib ushlandi.
Qanot Sharq aviakompaniyasi Vengriya poytaxtining noyob milliy taomlari bilan tanishish va boy gastronomik madaniyatidan bahramand bo‘lish uchun Budapeshtga tashrif buyurishga taklif qiladi.
Fuqaroga tarsaki tushirgani uchun jazolangan Chiroqchi hokimi, O‘zbekistonning Olimpiadadagi navbatdagi medali, elektromobillar importiga bojni “100 foiz” qo‘llashini aytgan SSP rahbari, Toshkentda quriladigan 20 ta yerusti piyodalar o‘tish joyi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Yunusobod tumanida Tracker mashinasi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaroni urib ketdi. Oqibatda piyoda jarohat oldi. Surishtiruv ishlari boshlandi.
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatdagi vaziyat tufayli fuqarolarga bir qator tavsiyalar berdi. Elchixona Isroilning ayrim hududlariga bormaslik, rasmiy xabarlarni kuzatib borish, ommaviy yig‘ilish va jamoat joylariga tashrif buyurmaslikni so‘radi.
Qashqadaryo hokimligi Chiroqchi tumani hokimi Fayzulla Yusupov fuqaroga tarsaki tushirgani aks etgan videoga munosabat bildirdi — u “intizomiy jazoga tortilgan” va “qat'iy ogohlantirilgan”. Tayinloviga bir yil ham to‘lmagan hokim bundan avval ham topshiriqlar ijrosidagi kamchiliklari uchun hayfsan olgandi.
“Gazeta.uz” nashriga o‘quvchidan Toshkentdagi Taras Shevchenko ko‘chasi rekonstruksiyasida daraxt ildizi qo‘porilgani haqida xabar kelib tushdi. Videodan ko‘rinib turibdiki, ba’zi joylarda ekskavator kovshi yerni daraxt tanasiga yaqin joydan chopgan. Ekovazirlikka ko‘ra, ekoinspeksiya xodimlari holatni o‘rganmoqda.
“Ovrupo va Amriqoga o‘quvchilar yuborishimiz lozim”, “Xalqimizni qanday bo‘lsa ham yorug‘liqqa chiqorish niyatidaman”, “Turkiston butunlik istaydi”. Bu — 1922-yilda Germaniyaga o‘qishga ketgan turkistonliklarning xatlaridan iqtiboslar. “Gazeta.uz” xatlarning ayrimlarini mushtariylar e’tiboriga havola qiladi.
Asaka tumanida 28 yoshli ayol o‘zini suvga tashlab, vafot etdi. U o‘limidan oldin onlayn o‘yinlarda “11 mln so‘m qarzga kirgani va oxirgi chora o‘lim” ekanini aytib, ovozli xabar qoldirgan.
Blackpink guruhi konserti haqidagi film va boshqa yana oltita premyera, “Teplo” mahalliy brendlar yarmarkasi, “Jadidlar. Turkistonga maktublar” ko’rgazmasi va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Bulung‘ur tumanidagi g‘isht ishlab chiqarish zavodi 1 mlrd 109 mln so‘mlik 1 mln 286 ming kVt/soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Korxona mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Urganch aeroporti 5-avgustdan faoliyatini tiklaydi. Uchish-qo‘nish yo‘lagini kapital ta’mirlash belgilangan muddatdan oldin yakunlandi.
Shanba, yakshanba kunlari O‘zbekiston bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Harorat kunduzi +34…+39, janubda va cho‘l hududlarda +40…+42 darajagacha bo‘ladi. Tog‘oldi va tog‘li joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Coca-Cola MY5 bilan birgalikda O‘zbekistonning to‘rtta shahrida Coke Studio Road Show festivalini tashkil etdi. Tadbir doirasida ko‘ngillilar tomonidan 200 kg ga yaqin plastmassa yig‘ilib, qayta ishlashga yuborildi.
Uzum Bank Visa xalqaro to‘lov tizimining virtual kartasiga oldindan buyurtma berish imkoniyatini ishga tushirdi. Bu infratuzilmada amalga oshirilgan birinchi moliyaviy mahsulot bo‘ldi.
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida 2 balli yer silkinishi qayd etildi. Uning kuchi qo‘shni Navoiy viloyatidagi ayrim hududlarda ham sezildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting