Pianinochi Lola Astanova “Gazeta.uz” bilan suhbatda internetdagi mashhurlik, o‘zbekistonliklarning xorijdagi muvaffaqiyatlari va o‘zini o‘zbek milliy ohanglarida sinab ko‘rish istagi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. “Mahorat bo‘lmasa, ijtimoiy tarmoqlardagi mashhurlik sizga yordam berolmaydi”, deydi u.
Endi qattiq maishiy chiqindilar bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlardan qarzi bor shaxs, elektr energiyasi uchun pul to‘lolmaydi. Bunday tartib dastlab Toshkent, Nukus va viloyatlar markazlarida, keyin esa butun respublika bo‘ylab amalga oshiriladi.
Toshkentdagi savdo do‘konlarining birida bepul kiyim-kechak tarqatilishi sabab tartibsizlik yuzaga keldi. Poytaxt IIBB holat bo‘yicha hech kim jarohatlanmagani va jamoat tartibi saqlanganini bildirdi. Ommaviy tadbirlar o‘tkazish qoidalarini buzgani uchun do‘kon rahbari 5,1 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
Toshkentda ACWA Power kompaniyasi bilan pilot loyiha doirasida vodorod gazida harakatlanuvchi avtobuslarni sinovdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
“Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimiga aloqadorligi uchun to‘qqiz yil qidiruvda bo‘lgan fuqaro 6,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U mart oyida Turkiya politsiyasi tomonidan qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingandi.
Shanba kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga nisbatan salqin va nam havo kirib kelishi boshlanadi. 7-yanvar kuni Farg‘ona vodiysidan boshqa hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Kunduzi harorat +9…+14 daraja bo‘ladi.
2023-yilda “O‘zmilliybank” AJ ko‘plab ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni moliyalashtirib, hududlarning xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishda ishtirok etdi.
O‘zbekistonda budjet tashkilotlari xodimlariga dekabr oyidagi maoshlarini to‘lash kechikmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi buni buxgalteriya hisobini yuritish yangi tizimiga o‘tgani bilan izohladi va besh ish kuni ichida ish haqini to‘liq moliyalashtirishga ishontirdi.
Toshkent shahri Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tumani sudining sobiq sudyasi harakatsizlik, dalillarni soxtalashtirish, tovlamachilik va adolatsiz hukm chiqarishda gumonlanmoqda.
Namangan viloyati Chortoq tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi 2−3 ballni tashkil etdi. Dekabr oyi oxirida ham xuddi shu viloyatda kuchsiz zilzila qayd etilgandi.
Ikki yil ichida barqarorlashadigan energetika tizimi, doridan vafot etgan bolalar sonining oshishi, rekonstruksiya uchun yopilgan “Qo‘yliq” bozori, yana narxi oshgan poyezd biletlari, ortda qolgan yilning ommabop ismlari, issiq suvda ko‘ringan qora zarrachalar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Toshkent shahrida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan kamida 4 nafar yigit mashinalarda xavfli harakatlar sodir etdi. Sud ularga nisbatan BHMning 1 baravari miqdorida jarima va 15 sutka qamoq jazosini tayinladi. Yigitlarning ota-onalariga ham chora ko‘rildi.
Toshkentning ikki tumanida iste’molchilar issiq suvda qora zarralar paydo bo‘lganidan shikoyat qildi. Veolia Energy Tashkent bunga 1-IM qozonxonasidagi suvni tozalash filtridan sulfatlangan ko‘mir chiqishi sabab bo‘lganini bildirdi. Kompaniya hisoblagichlarga texnik xizmat ko‘rsatishga tayyor.
Asialuxe Travel Turkiyadagi ilg‘or mehmonxonalarning eksklyuziv vakiliga aylandi. Turoperator mehmonxonalarning to‘liq ro‘yxati bilan tanishishni va dam olishni maksimal darajada foyda bilan band qilishni taklif qilmoqda.
Toshkent shahri sudida bir oylik tanaffusdan so‘ng “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud qayta boshlandi. Unda Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi dorilari iste’moli oqibatida 18 bola nogironlik orttirib olgani, zaharlanish sabab yana 3 bola vafot etgani ma’lum qilindi. Sudlanuvchilar ikki nafarga ko‘paydi.
2023-yilda O‘zbekistonda 283 ming 788 ta nikoh qayd etilib, ularning 85 ming 279 tasida (30 foiz) ayol eriniing familiyasiga o‘tdi. 74 nafar erkak 70 yoshdan keyin, 4418 nafar erkak esa 20 yoshgacha farzandli bo‘ldi.
Adliya vazirligi 2023-yil O‘zbekistonda o‘g‘il bolalarga eng ko‘p Muhammadali, qizlarga esa Soliha ismi qo‘yilganini ma’lum qildi. Ushbu ismlar avvalgi yillarda ham yetakchilik qilgandi.
Samarqandda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xodimi fuqarodan 10 ming dollar olganlikda gumonlanmoqda. U fuqaroga AQSh elchixonasidagi tanishlari orqali viza olib berish va uni Qo‘shma Shtatlarga yuborishini aytgan. DXX bunday holatlarni Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham aniqladi.
Namanganda may oyida sobiq xotinini pichoqlab o‘ldirgan erkakka nisbatan sud hukmi o‘qildi. U 17 yil 6 oyida qamoq jazosini oldi.
Tarmoqlarda Qo‘qon shahrida bloger avtomobillar qatnaydigan yo‘lda stolga o‘tirgancha ovqatlanayotgani aks etgan video tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB unga nisbatan jarima qo‘llanganini bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting