Tarmoqlarda bir erkakning bolasini turli shaklda qiynagani aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani uning harakatlarini g‘ayriinsoniy deya atab, erkakka nisbatan qiynash va o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish ayblovi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum qildi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoatchilik kengashi vazirliklarning ochiqlik reytingini tuzdi. Raqamli texnologiyalar vazirligi eng yuqori, Madaniyat vazirligi esa eng quyi o‘rinda qayd etildi. Bunda vazirliklarning yil boshidan beri 50 ta eng ko‘p o‘qiladigan elektron milliy OAVdagi chiqishlari monitoring qilingan.
“Doks-1 Maks” ishi bo‘yicha 20-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida jinoyat ishi qo‘zg‘atilganidan so‘ng dori ekspertizasi jarayonlarida qatnashgan ikki ekspert ko‘rsatma berdi. “Gazeta.uz” jarayon tafsilotlarini bayon qiladi.
Bir kunga bepul bo‘ladigan Toshkent metrosi, bir necha soat gazsiz qolgan Surxondaryo hududlari, monitoring qilinayotgan mashina shartnomalari, rapid bo‘yicha jahon chempionligini saqlab qolgan Karlsen va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Faol o‘zbekistonliklardan 2023-yilda O‘zbekistonda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar, yangi yil uchun kutilmalari haqida so‘raldi. Asosiy o‘zgarishlar: yangilangan Konstitutsiya, ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun, Ijtimoiy himoya milliy agentligi. Asosiy kutilma — korrupsiyaga qarshi kurash.
Poytaxtning Yangihayot tumanida Spark va “GAZel” to‘qnashib ketdi. Yengil avtomobil haydovchisi va yo‘lovchilaridan biri shifoxonaga yotqizildi.
Endilikda OXYmed dorixona tarmog‘i xaridorlari kerakli dori-darmonlarni OXYmed Go saytida onlayn buyurtma qilib, uygacha yetkazib berish xizmatidan foydalanishlari mumkin.
Endilikda OXYmed dorixona tarmog‘i xaridorlari kerakli dori-darmonlarni OXYmed Go saytida onlayn buyurtma qilib, uygacha yetkazib berish xizmatidan foydalanishlari mumkin.
Prezident Respublika mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashi va Mahallalar uyushmasini tashkil etishni ma’qulladi. Mahalla “aholi muammolarini hal etishning tayanch bo‘g‘ini” sifatida qayd etilgan. Yangi yildan boshlab barcha tuman va shaharlarda “Mahalla budjeti” tizimi joriy etiladi.
Prezident farmoni bilan “mahalla yettiligi” (sobiq “beshlik”) har bir a’zosining vazifalari belgilab berildi. Ularning faoliyati asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) bo‘yicha baholanadi. Hukumatda “yettilik”ni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tashkil etiladi.
ANCAP tomonidan Chery Tiggo 7 Pro avtomobil modeli “yuqori xavfsizlik va sifat” tamoyillariga sodiqligini ko‘rsatadigan besh yulduzli xavfsizlik reytingiga sazovor bo‘ldi.
31-dekabr kuni Toshkent metropolitenidan foydalanish bepul bo‘ladi. Barcha bekatlar soat 05:00 dan 1-yanvar soat 01:00 gacha xizmat ko‘rsatadi.
O‘zbekistonda 1-apreldan tegishli manzillarda “Ko‘cha san’ati va musiqasi” loyihasi amalga oshiriladi. Unda har chorak yakunida har bir hududdan 10 nafar faol ijodkor BHMning kamida 20 baravari miqdoridagi pul mablag‘lari bilan rag‘batlantirib boriladi.
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 248-maktabda 31 yoshli erkak daraxtga o‘zini osib, joniga qasd qildi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, marhum ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turgan, muqaddam bir necha marotaba o‘z joniga suiqasd qilishga uringan.
Magistral gaz quvurida avariya yuzaga kelgani sababli Surxondaryoning 6 ta tumani va Termiz shahrida gaz ta’minoti to‘xtatildi. “Hududgaz Surxondaryo” muammoni bartaraf etish choralari ko‘rilayotganini bildirdi.
Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida 2 balli kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi.
Rapid bo‘yicha JCHning birinchi kun natijalari, avtomobillar uchun tuzib bo‘lingan shartnomalar, tez tibbiy yordam uchun yana 100 ta Caddy, O‘zbekistonga 2 baravar ko‘proq yetkaziladigan Rossiya gazi, bayramda qo‘shimcha bir soat ishlaydigan Toshkent metrosi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kunlik dayjestida.
E️ndilikda yerga oid ishlarni ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rishda prokurorning ishtirok etishi shart bo‘ladi. Ishning taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishning boshqa instansiyalarida qatnasholmaydi.
Fuqarolik protsessual kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra ishlarni viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda taftish tartibida (kassatsiya) ko‘rish bosqichi joriy etildi. Shuningdek, har bir sud instansiyasining zimmasiga ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarish majburiyati yuklatildi.
Toshkent metrosining “Chilonzor” bekatida ayol kishining tobi qochib, yiqilib tushdi. Toshkent metropoliteni yo‘lovchi huquq-tartibot xodimlari tomonidan platformaga olib chiqilgani va jarohat olmaganini bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting