Abduaziz Isoqulov AQSh hukumatining OTM talabalari uchun mo‘ljallangan eng yirik — Fulbright stipendiyasini yutib olib, Nyu-Yorkdagi Fordhem universitetining xalqaro huquq yo‘nalishiga o‘qishga kirgan. “Xorij diplomi” loyihasida u stipendiya, Amerika ta’lim tizimi va ish istiqbollari haqida so‘zlab berdi.
Toshkentda avtobuslar 30-dekabrdan 2-yanvarga qadar yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida, 6-yanvar — shanba kuni esa ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi.
Buxoroning Vobkent, Olot, Qorako‘l va Jondor ko‘mir omborlarida aholiga imtiyozli narxda yetkazib berilishi kerak bo‘lgan 806,4 tonna ko‘mir noqonuniy sotib yuborilgani ma’lum bo‘ldi.
Bo‘stonliq tumani sudi 31 yoshli sobiq profilaktika inspektorini voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda aybdor deb topib, unga 15 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Jinoyat uchun shart-sharoit yaratib bergan 3 kishiga nisbatan ish ochish masalasi bo‘yicha prokurorga xabar yuborildi.
Zo‘ravonlikka uchragan jabrlanuvchining talabiga ko‘ra sud tomonidan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlarning soddalashtirilgan tartibda, yarashish uchun muhlat tayinlamasdan hal qiluv qarori chiqarishi mumkin. Mazkur qonun loyihasini tayyorlash Vazirlar Mahkamasi va Oliy sudga topshirildi.
Bolalar ombudsmani Qashqadaryoda 7 oy davomida jinsiy qullikda saqlangan 14 yoshli qiz bilan uchrashdi. Hozirda qizning ahvoli barqaror ekani, psixolog u bilan muntazam ishlayotgani ta’kidlandi. Jarayon ustidan kuzatuv davom ettiriladi.
Toshkentda tovlamachilik va giyohvand moddalari bilan bog‘liq jinoyatlarda gumon qilinib, yana to‘qqiz kishi hibsga olindi. Ichki ishlar bosh boshqarmasi ularning ismi va suratlarini e’lon qildi.
UzAuto Motors kiberhujumlarga uchragan va ishlamay qolgan kontraktatsiya tizimini qayta ishga tushirdi. Onlayn kontraktatsiya 25-dekabr kuni soat 14:00 da yana ochiladi va faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda 26−27 va 29-dekabr kunlari yomg‘ir yog‘ishi, shimolda qorga aylanishi kutilmoqda. Harorat kechalari +2…+7, kunduzi +8…+13 daraja (29-dekabrda +5…+10) iliqqacha pasayadi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.
Prezident farmoni bilan 1-fevraldan Samarqand shahar, Namangan tumanlararo va Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudlarida Oila sudyalari tashkil etiladi.
Toshkentdagi bir qator bozorlar hududida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil qilindi. Dam olish kunlari hududda madaniy dasturlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilmoqda. Manzillar.
Mudofaa vazirligi taklifi bilan 11-sinfda o‘qiydigan o‘g‘il bolalar uchun “Yosh vatanparvar” ko‘krak nishoni ta’sis etilishi kutilmoqda. Nishon harbiy OTMlarga kirishda qo‘shimcha 3 ball beradi.
Qiziltepa tumanida Cobalt avtomashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portladi. Oqibatda haydovchi jarohatlandi, uning 3 yoshli bolasi shifoxonada vafot etdi.
Prezident farmoni bilan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi. Shuningdek, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.
Toshkent shahri IIBB tovlamachilikda gumonlanib hibsga olingan yana 6 nafar shaxsning nomlari va suratlarini e’lon qildi. Ular orasida avvalroq hibsga olingan “Baxti Tashkentskiy”ning o‘g‘li Ixtiyor Qudratullayev va bir ayol ham bor.
20-dekabr kuni “Toshkent” Respublika fond birjasiga 5,5 mln donadan ortiq oddiy aksiyalar chiqarildi. Savdo hajmi 650 mln so‘mdan ortiqni tashkil etdi.
Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi juda ko‘p miqdorda tovlamachilikda ayblangan to‘rt nafar shaxsni qidiruvga berdi. Ularning ismlari va suratlari.
O‘zbekistondagi eng yirik qurilish kompaniyalaridan biri — NRG Andijonda birinchi turar-joy majmuasini qurishini e’lon qildi. Birinchi bosqichdagi xonadonlari sotuviga 17-dekabr kuni start berildi.
Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova Ko‘kdala, Kasbi va Koson tumanlarida erta nikoh va o‘quvchi qizlar unashtirilayotgani bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazdi. Kosonda 18 yoshga to‘lmagan qizning to‘yi to‘xtatildi. Ko‘kdalada 3 ta holatda qizlar va ularning ota-onalari unashtiruv yoki to‘yga tayyorgarlik bo‘lmaganini aytdi.
Prezident Fanlar akademiyasining 80 yilligi munosabati bilan bir guruh olim va tadqiqotchilarni mukofotlash, shuningdek, FAning navbatdagi haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi. Ro‘yxat.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting