Toshkent metropoliteni 31-dekabr soat 05:00 dan 1-yanvar soat 01:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. 30-dekabr, 2024-yil 1−2-yanvar kunlari esa yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi.
Respublika tez tibbiy yordam markazining Buxoro, Namangan, Samarqand, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri filiallari uchun 100 dona Volkswagen Caddy avtomashinasi topshirildi.
Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlarida pora olishga gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi. Gumonlanuvchilar ishga joylab qo‘yish, mahkumni boshqa jazoni ijro etish muassasasiga ko‘chirib berish va jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik uchun pora olayotganda ushlangan.
Yashnobod tumanida erkak maishiy chiqindilarni qabul qilish punktida yashovchi ayolni ustiga benzin sepib, yoqib yubordi. Ayol tananing 18 foiz kuyishi, bosh o‘ng tepa qismining lat yeyishi kabi tan jarohatlar oldi.
Yil boshidan buyon 1 trln 500 mln so‘mlik gaz va elektr energiyasi talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, Toshkentdagi “zapravka”larda 2,8 mln litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishi oldi olingan.
Yakkasaroy tumanidagi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida enaga yordamchisi tarbiyalanuvchiga nisbatan qo‘pol harakat qilib, unga shikast yetkazgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, enaga yordamchisi ayblanuvchi tariqasida jalb qilindi.
Sankt-Peterburgda yig‘ilgan MDH mamlakatlari rahbarlari, 2024-yil uchun tasdiqlangan davlat budjeti, Samarqanddagi JCHga kelgan shaxmatchi Magnus Karlsen, hujjatlarni arxivga onlayn jo‘natish imkoniyati, mashina sotib olishdagi yangicha tartib va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kunlik dayjestida.
Hindistonda politsiya formasini kiygan bir guruh shaxslar O‘zbekiston fuqarosining buyrak transplantatsiyasi uchun zarur bo‘lgan 16 ming dollarini o‘g‘irlab ketdi. O‘zbekiston elchixonasi Hindiston davlat idoralari bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berib, vatandoshlarni hushyorlikka chaqirdi.
“O‘zarxiv” agentligi tomonidan “Idoraviy elektron arxiv” onlayn tizimi taqdim etildi. U idoralararo hujjat aylanish tizimi (edo.ijro.uz) bilan integratsiyalashgan va hujjatlarni onlayn saqlash uchun arxivga o‘tkazish imkonini beradi.
Is gazi nima? Undan zaharlanish qanday yuz beradi? Bunday hollarda (yoki zaharlanmaslik uchun) nima qilish kerak? “Gazeta.uz” Favqulodda vaziyatlar, Sog‘liqni saqlash hamda Energetika vazirliklarining bu bo‘yicha tavsiyalarini jamladi.
O‘zbekiston hukumati yangi avtomobillarni chakana sotish tartibiga o‘zgartirishlar kiritdi. Endilikda UzAuto Motors mijoz bilan 12 oy ichida ikkitadan ortiq oldi-sotdi shartnomasi tuzgan bo‘lsa, u bilan avtomobil yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnoma tuzishdan bosh tortishi mumkin bo‘ladi.
Odam o‘ldirish bilan bog‘liq jinoyati uchun Navoiy shahridagi koloniyada saqlangan 24 yoshli mahkum o‘z joniga qasd qildi. Ombudsman matbuot xizmati u ruhiyatida o‘zgarishi bor mahkumlar ro‘yxatida turgani, “noodatiy xatti-harakatlari” sababli o‘limidan bir kun avval alohida saqlana boshlaganini bildirdi.
O‘zbekiston bojxonachilari tomonidan yil davomida qariyb 9,2 tonna giyohvandlik vositalari musodara qilindi. Bu o‘tgan yilgidan 12 barobarga ko‘r. Ularning katta qismi — 8,5 tonnasi sentabr oyida qandolat ko‘knorisi deb ko‘rsatilgan rekord partiya bo‘ldi.
Namangan tuman sudi O‘zbekistondan Qirg‘izistonga 590 ming AQSh dollarini o‘tkazmoqchi bo‘lgan 4 nafar shaxsga hukm o‘qidi. Ayblanuvchilarning 2 nafari 5 yilga, yana 2 nafari esa 5 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.
Deputatlar dori moddalari (substansiyalar)ni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga oid normani bekor qilish nazarda tutilgan qonun loyihasini qabul qildi. Shuningdek, loyihada SSV vakolatidan retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatini yiliga kamida bir marta tasdiqlash normasi chiqarilmoqda.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 1-yanvardan maktab direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish hamda maxsus portal orqali ularga menejerlik sertifikatini elektron berish tizimi joriy qilinadi. Sertifikatga ega direktorlar 3 yil davomida malaka oshirish kurslaridan ozod etiladi.
24-dekabr kuni Toshkentning Amir Temur va Alisher Navoiy ko‘chalarida o‘rnatilgan beshta kamera avtobus yo‘lagida to‘xtagan 175 nafar haydovchiga jarima soldi.
Zangiota tumanida 13 yoshli qizga nisbatan o‘gay onasi tomonidan zo‘ravonlik qilingani aniqlandi. Ayolning ruhiy holatiga huquqiy baho berish uchun ekspertiza tayinlandi.
Prezident Fanlar akademiyasining 16 nafar yangi haqiqiy a’zosini tasdiqladi. Ular orasida qator ilmiy muassasalar rahbarlari va xodimlari bor. Bungacha FAning haqiqiy a’zolari ro‘yxati 2017 va 1995-yillarda to‘ldirilgandi.
Oilaga tayyorgarlik mavzulari maktab o‘quv dasturiga biologiya va tarbiya fanlari doirasida kiritiladi. Ona tili va chet tili fanlarida o‘quvchilarga “oila muqaddasligini ochib beradigan” mavzular o‘qitiladi. Oiladagi zo‘ravonlikni qoralovchi va muvaffaqiyatli xotin-qizlarga atalgan kino va reklamalar ishlanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting