Jalaquduq tumanida hokim yordamchisi xonadonlarga 38,1 tonna ko‘mir ajratib berish uchun mahalla faolidan 600 dollar pora talab qilgani aytilmoqda. U 7 mln so‘mni olayotganda qo‘lga tushgan.
Yunusobod tumanidagi bekatlarning birida 51-sonli elektrobus va 2M-sonli King Long avtobusi to‘qnashdi. Yo‘lovchilar orasida jarohat olganlar yo‘qligi va hodisa yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangani xabar qilindi.
24-noyabr kuni Tehnikum Blogger Awards 2023 blogerlar taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, hamda unda 7Media kompaniyasi strategik Digital-hamkor sifatida ishtirok etdi.
25-noyabr — Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik — ko‘hna va katta muammo. Millat og‘riqlari haqidagi mulohazalari asr oshsa hamki o‘z dolzarbligini yo‘qotmayotgan o‘zbek ma’rifatparvarlari messenjerlari zamonida bu mavzuni qanday muhokama qilgan bo‘lardi?
Sanepidqo‘mita Namangan viloyatida hozirda 255 ta qizamiqqa chalingan bemor davolanayotganini bildirdi. Ularning 62 foizi 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar hisoblanadi. 10 oy davomida viloyat bo‘yicha jami 735 ta qizamiq kasalligi laboratoriya tekshiruvida tasdiqlangan.
Toshkentning Bobur va Furqat ko‘chalarida “aqlli” bekatlar sinovdan o‘tkaziladi. Bekatlar kelayotgan avtobuslarni ko‘rsatuvchi tablo hamda Wi-Fi bilan jihozlanadi. Muqimiy nomidagi teatr oldida avtomobillar uchun pulli, velosipedlar uchun esa bepul to‘xtash joylarini sinovdan o‘tkaziladi.
Senatda ma’qullangan qonunga ko‘ra, endi nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlaridan foydalanishda 50 foizlik chegirma qo‘llanadi. Qonun bilan Intellektual mulk agentligining vazifalari Adliya vazirligiga yuklatilmoqda.
Toshkent shahar Kengashi tomonidan poytaxtda ichimlik (sovuq) suvi ta’minoti tariflari jismoniy shaxslar uchun 1400 so‘m, yuridik shaxslar uchun 3000 so‘mgacha oshirilishi tasdiqlandi.
Sabzi faqat osh yoki sho‘rvaga emas, pishiriqlarga ham ajoyib ma’za beradi. Sabzi solib maffinlar, pirog, xushbo‘y keks, bodom qo‘shilgan sabzili pechenye hatto tort tayyorlasa bo‘ladi. Zira.uz taqdim etgan retseptlar bilan tanishing.
Senat ma’qullagan qonunga ko‘ra, Jinoyat kodeksida shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ham javobgarlik belgilanmoqda. Qonunda IMEI bilan bog‘liq huquqbuzarliklar va kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun tegishli javobgarlik nazarda tutilmoqda.
Buxorodagi xususiy bog‘cha tarbiyalovchisi 2 yoshli bolani urgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tarbiyalovchi ishdan olinganini ma’lum qildi.
Bolalar ombudsmaniga Kitob tumanida yashovchi 14 yoshli qiz Shahrisabz tumanida 7 oy majburan saqlanib, turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga yollangani haqida murojaat qilindi. Gumonlanuvchiga nisbatan odam savdosi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari ketmoqda.
Noyabr boshidan beri o‘zbekistonliklar har yilgidan-da kuchliroq shamollashni boshdan kechirmoqda. Ko‘pchilikda bir hil shikoyat — tana harorati 38 darajadan tushmayapti, kuchli yo‘tal, suyaklar og‘rishi, ko‘ngil aynishi, diareya. Ayrimlar buni kovid bilan bog‘lashyapti. “Gazeta.uz"ning navbatdagi videoreportaji shu haqda.
Uchta kinopremyera, Konsta, Jah Khalib, Nilufar Usmonova konsertlari, ko‘rgazmalar, spektakllar, mahorat darslari, do‘konlardagi aksiya hamda chegirmalar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi va poytaxt xalq deputatlari kengashi tomonidan “Nuroniy” jamg‘armasiga har oyda “Otalar choyxonasi”, “Uch avlod uchrashuvi” va “Buvijonlar maktabi” tadbirlarini o‘tkazish uchun jami 11,5 mlrd so‘m ajratildi.
Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida 3,8 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. E’tiborlisi, ayni shu hududda kechadan beri ketma-ket zilzilalar kuzatilmoqda va bu safargisi beshinchisi hisoblanadi.
Samarqand viloyati hokimi do‘konlarida yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlar sotilayotgani yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Ishchi guruh tomonidan 4 kun davomida 41 ta savdo shoxobchasi tekshirilib, 1736 dona yaroqsiz tovar aniqlangan.
25-noyabrdan Toshkent metrosining “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishidagi “Texnopark” va “Yashnobod” bekatlarining ish vaqti vaqtincha soat 06:00 dan 22:00 gacha qisqartiriladi. “Tuzel"-"Quruvchilar” bekatlari oralig‘ida esa poyezdlar harakati ma’lum soatlarda bir tomonlama tashkil etiladi.
Toshkentdagi Chirchiq daryosining muhofaza mintaqasida 57,8 ming kub metr qum-shag‘al noqonuniy qazilgani aniqlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, zarar 34,7 mlrd so‘mni tashkil etdi, biroq ekspertizadan so‘ng bu miqdor oshishi mumkin.
Toshkentning Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Olmazor va Shayxontohur tumanlaridagi ayrim hududlarida 24-noyabr kuni issiq suv va issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Ta’minot 24-noyabr yarim tungacha tiklanishi aytilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting