“Kapitan Marvel 2” va yana 7 ta premera, do‘konlardagi chegirmalar va aksiyalar, “NeUyat” va “Ayol yo‘li” festivallari, Tarkan konserti, spektakllar, ko‘rgazmalar, ijodiy mahorat darslari va kvizlar, bolalar uchun shou-dasturlar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
BMT mustaqil ekspertlari huquq himoyachisi Dauletmurat Tajimuratov 2022-yil iyulida Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan Urganchdagi 11-tergov izolyatorida jismoniy va ruhiy bosimga uchraganini ma’lum qildi. O‘zbekiston Ombudsman idorasi Tajimuratov qiynoqlar haqida xabar bermaganini bildirdi.
Iyunda Toshkentda Maktabgacha ta’lim agentligining sobiq xodimi mast holda Nexia avtomobilida bir ayolni urib yuborgan edi. Piyoda ko‘plab jarohatlar tufayli kasalxonada vafot etdi. Uning qizi 100 mln so‘m tovon pulidan bosh tortdi va suddan aybdorni jazolashni so‘radi. Haydovchi 4,5 yilga qamaldi.
10−12-noyabr kunlari Click ilovasida Premium-obunani atigi 12 ming so‘mga xarid qilish mumkin. Obunaning odatiy narxi 50 ming so‘mni tashkil qiladi.
Chilonzor tumanidagi “Ko‘zi ojizlar” jome’ masjidida bir erkak juma namozini ado etish vaqtida olamdan o‘tdi. Uning yuragi shifokorlar kelguniga qadar to‘xtagan, tez yordam mashinasi esa avtomobillar yo‘lni to‘sib qo‘ygani tufayli murdaning oldigacha yetib borolmagan.
Chilonzor tumanidagi “Ko‘zi ojizlar” jome’ masjidida bir erkak juma namozini ado etish vaqtida olamdan o‘tdi. Uning yuragi shifokorlar kelguniga qadar to‘xtagan, tez yordam mashinasi esa avtomobillar yo‘lni to‘sib qo‘ygani tufayli murdaning oldigacha yetib borolmagan.
O‘qituvchilarga ajratilayotgan budjet mablag‘lari o‘z samarasini ko‘rsatmayapti, deya ta’kidladi Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov. 2024-yilgi davlat budjetida o‘qituvchilarning oylik maoshi uchun 35 trln so‘mga yaqin mablag‘ ajratilishi rejalashtirilmoqda.
Yashnobod tumanida 21-sonli MAN avtobusi yo‘lning qatnov qismida to‘xtab turgan Nexia bilan to‘qnashdi. Yengil avtomobil haydovchisi jarohat olgan, ikkala transport vositasi ham texnik shikastlangan.
Shanba kunining ikkinchi yarmida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Yakshanba kuni ertalab va kechasi Farg‘ona vodiysida hamda Toshkent viloyatida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat kechasi +3…+8, kunduzi +13…+18 daraja bo‘ladi.
Xorazmdagi “Shovot” chegara bojxona postida XX asr boshlariga tegishli bo‘lgan 2 dona bilaguzukni olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxslar to‘xtatildi.
O‘zbekistonning 16 ta shahrida 19-noyabr kuni davlat bayrog‘i qabuli kuniga bag‘ishlangan Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi tashkil qilinadi. Barcha shaharlarda yagona masofa — 3 km, Toshkentda 3 va 10 km ni tashkil qiladi.
O‘zbekiston Milliy universiteti laboratoriyasi mudiri, mikrobiologiya bo‘yicha olima Dilfuza Egamberdiyeva UNESCO-Karlos Finley mukofoti bilan taqdirlandi. U mukofotni o‘simlik va mikrobiomlarning o‘zaro ta’siri, tuproq biologiyasi va mikroblar xilma-xilligi sohasidagi tadqiqotlari uchun qo‘lga kiritdi.
Xorij fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekistonga taklif qilish xizmatlari endi my.gov.uz portali orqali ham ko‘rsatiladi. DXXning hududiy boshqarmasi yuborilgan so‘rovnomani 7 ish kuni ichida tekshirib, xulosa beradi. Taklifnoma 3 oyga amal qiladi.
Toshkent shahridagi 12, 26, 30, 54, 73, 133 va 150-sonli avtobuslarning harakat yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritildi va yo‘nalish nomi o‘zgardi.
ChatGPT sun’iy intellekt bilan ishlovchi chat botini ishlab chiqqan OpenAI kompaniyasi o‘z servisi ishlaydigan hududlar ro‘yxatiga O‘zbekistonni qo‘shdi. Endilikda mamlakatda ChatGPT ro‘yxatidan rasman o‘tish va uni ishlatish mumkin.
Toshkent hokimligi issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tariflarni oshirdi. Yuridik shaxslar uchun issiqlik ta’minoti narxi 1,5 barobarga, budjet tashkilotlari uchun esa 1,6 barobarga oshadi. Aholi uchun tarif narxi o‘zgarishsiz qoladi.
Boysun tumanidan o‘tuvchi M-39 xalqaro avtomagistral yo‘li va ayrim xonadonlarni sel bosdi. Surxondaryo viloyati hokimligi hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘qligini bildirdi. Xonadon va boshqa obyektlarda tozalash ishlari olib borilmoqda.
Toshkentda jinsiy zo‘ravonlikka jim qarab turmaslik madaniyatini shakllantirishni maqsad qilgan NeUyat festivali o‘tkazilmoqda. Rassomlar jamiyatning bir qismi jinsiy zo‘ravonlikni normal qabul qilishini ta’kidlaydi. Ular zo‘ravonlikka uchraganlar emas, buni qilganlarga uyat ko‘zi bilan qarashni targ‘ib etmoqda.
Toshkent viloyati Olmaliq shahrida Cobalt va Isuzu avtobusi o‘zaro to‘qnashib ketdi. Oqibatda yengil avtomobilda yong‘in kelib chiqdi. Hodisa sabab hech kim jarohat olmagani ma’lum qilindi.
Yangi Chery Arrizo 6 Pro ilg‘or texnologiyalar va noyob dizaynni o‘zida birlashtirib, avtomobil komplektatsiyasiga yoritiladigan eshik tokchalari hamda musiqa ritmida xarakat qiladigan rangli yoritgichlar kiradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting