Jamiyat

Toshkentdagi yana 10 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi
8 noyabr 2023, 16:59

Toshkentdagi yana 10 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi

Toshkent shahrida harakatlanuvchi yana 10 ta avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish brutto-shartnoma asosida amalga oshirish boshlandi. Bu bilan ulardan talab qilinadigan kunlik reja bekor qilindi.

Brioni brendi Toshkentda yangi butigini ochdi
8 noyabr 2023, 15:00

Brioni brendi Toshkentda yangi butigini ochdi

Mirabad Avenue turar joy majmuasidagi Fashion-xiyobonda 4-noyabr kuni Brioni butigining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Toshkentdagi butik tayyor kiyim va aksessuarlarni, shuningdek, Bespoke xizmatini taklif etmoqda.

Toshkent−Xo‘jakent yo‘nalishdagi elektropoyezdlar harakati noma’lum muddatga to‘xtatildi
8 noyabr 2023, 14:43

Toshkent−Xo‘jakent yo‘nalishdagi elektropoyezdlar harakati noma’lum muddatga to‘xtatildi

8-noyabrdan boshlab Toshkent−Xo‘jakent−Toshkent yo‘nalishdagi elektropoyezdlar harakati noma’lum muddatga to‘xtatildi.

SSVga 108 ta Volkswagen Caddy tez yordam avtomobili topshirildi
8 noyabr 2023, 12:37

SSVga 108 ta Volkswagen Caddy tez yordam avtomobili topshirildi

Jizzax Auto zavodi Sog‘liqni saqlash vazirligiga tez yordam avtomobillarininng navbatdagi partiyasini — 108 ta Volkswagen Caddy mashinasini topshirdi. Rejalashtirilgan 1000 dona avtomobildan 700 tasi respublika tez tibbiy yordam xizmati ehtiyojlari uchun xizmat qilmoqda, deyiladi “O‘zavtosanoat” xabarida.

Agrar OTMlar qoshidagi litsey bitiruvchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin
8 noyabr 2023, 12:21

Agrar OTMlar qoshidagi litsey bitiruvchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin

Agrar OTMlar tasarrufidagi akademik litseyni tamomlaganlarni 2024/2025 o‘quv yilidan kirish imtihonlarisiz, suhbat orqali to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish taklif etilmoqda. Bunda talabgorning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86 foizdan yuqori bo‘lishi kerak.

Toshkent viloyatidagi dendroparkda noqonuniy qurilgan binolar buzilmoqda
8 noyabr 2023, 11:28

Toshkent viloyatidagi dendroparkda noqonuniy qurilgan binolar buzilmoqda

Toshkent viloyatidagi “Darxon” ilmiy-tajriba stansiyasi (dendropark)da noqonuniy qurilgan binolarni sud qarori asosida buzish boshlandi. Avvalroq hududda daraxtlar nobud qilingani, yer ajratish va undan foydalanish qoidalari buzilgani aniqlanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

O‘zbekistondagi qonunosti hujjatlarni yangi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish uchun Adliya vazirligiga taklif kiritiladi
8 noyabr 2023, 11:03

O‘zbekistondagi qonunosti hujjatlarni yangi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish uchun Adliya vazirligiga taklif kiritiladi

Prezident farmoniga ko‘ra, vazirliklar, Bosh prokuratura va Oliy sud 2024-yil 1-yanvargacha o‘zlariga biriktirilgan soha va tarmoqlar kesimida qonunosti hujjatlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish bo‘yicha Adliya vazirligiga taklif kiritadi.

Farg‘onada yoshlar nikoh to‘yini kutubxonada o‘tkazdi
8 noyabr 2023, 10:13

Farg‘onada yoshlar nikoh to‘yini kutubxonada o‘tkazdi

Qo‘qon shahrida kitobxon ikki yosh o‘z nikoh to‘yini “Amiri” kutubxonasida o‘tkazdi. “Bo‘lajak turmush o‘rtog‘imni shu kutubxonada uchratganman”, — deydi kuyov. Tadbirda shahar hokimi ham ishtirok etdi.

Buxoro aeroportida 96 dona qadimiy tanga olib chiqilishining oldi olindi
8 noyabr 2023, 09:58

Buxoro aeroportida 96 dona qadimiy tanga olib chiqilishining oldi olindi

Buxoro aeroportida fuqaro 96 dona qadimiy tangani Rossiyaga olib chiqib ketishining oldi olindi. Holat yuzasidan badiiy ekspertiza va tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida madaniy qimmatliklar to‘g‘risidagi bitim imzolandi
7 noyabr 2023, 20:03

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida madaniy qimmatliklar to‘g‘risidagi bitim imzolandi

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib AQSh bilan madaniy qimmatliklar bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu o‘g‘irlangan artefaktlarning AQShga olib kirilishini cheklaydi va ularni o‘z mamlakatiga qaytarish jarayonini osonlashtiradi.

Test: Toshkent metro bekatlarining eski nomlarini bilasizmi?
7 noyabr 2023, 19:55

Test: Toshkent metro bekatlarining eski nomlarini bilasizmi?

Bundan 46 yil avval Toshkent metrosi 9 ta bekat bilan ishga tushgan edi. Hozir stansiyalar soni 48 ta. Ulardan 13 tasining nomi 1991−2018-yillar oralig‘ida o‘zgartirilgan. Ba’zi bekatlar bu jarayonni hatto bir necha bor boshdan o‘tkazgan. “Gazeta.uz” shu mavzuda test tayyorladi.

So‘nggi bir oyda Toshkentda havo sifati faqat bir kun “yaxshi” bo‘ldi — kuzatuv
7 noyabr 2023, 17:51

So‘nggi bir oyda Toshkentda havo sifati faqat bir kun “yaxshi” bo‘ldi — kuzatuv

IQAir indeksiga ko‘ra, Toshkent havosi so‘nggi bir oy ichida 4 kun “nosog‘lom”, 10 kun “ta’sirchan guruhlar uchun nosog‘lom” deya qayd etildi. Poytaxtda oy davomida faqat bir kun “yaxshi” darajadagi havo kuzatildi. Toshkent ayni damda dunyoning beshinchi eng ifloslangan shahri bo‘lib turibdi.

Taftish.uz sobiq rahbari sirtdan qamoqqa olindi
7 noyabr 2023, 17:30

Taftish.uz sobiq rahbari sirtdan qamoqqa olindi

Taftish.uz internet nashri sobiq rahbari G‘ayrat Aberayev firibgarlik, xususan, fuqarolarni aldash orqali jami 33,3 ming dollarni talon-toroj qilganlikda ayblanmoqda. Unga nisbatan sirtdan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

1 million 200 mingta. O‘zbekistonda shuncha kambag‘al oilaning ro‘yxati shakllantirildi
7 noyabr 2023, 16:52

1 million 200 mingta. O‘zbekistonda shuncha kambag‘al oilaning ro‘yxati shakllantirildi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2023-yil yakuniga qadar O‘zbekistonda 127 ming 500 ta oila kambag‘allikdan chiqarilib, kambag‘allik darajasini 12 foizga tushirish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi. Hozirgacha 1 million 200 ming kambag‘al oila ro‘yxati shakllantirilgan.

Buxoroda 18 yoshli qiz chiqindi mashinasi ostida qolib vafot etdi
7 noyabr 2023, 16:16

Buxoroda 18 yoshli qiz chiqindi mashinasi ostida qolib vafot etdi

Buxoro shahrida chiqindi tashuvchi mashina haydovchisi axlat tashlash uchun yaqinlashgan 18 yoshli talaba qizni payqamay, avtomobilni uning ustiga haydab yubordi. Qiz olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etdi.

O‘zbekistonda kuz — “Gazeta.uz” muxbirlari nigohida
7 noyabr 2023, 14:35

O‘zbekistonda kuz — “Gazeta.uz” muxbirlari nigohida

“Gazeta.uz” muxbirlari Madina A’zam, Shohruh Haydarov va Yevgeniy Sorochin fotokameralari obyektiviga O‘zbekistondagi kuz manzaralarini muhrladi. Fotoreportaj.

Portlash xavfi yuqori kimyoviy moddalarni saqlash talablarini endi FVV nazorat qiladi
7 noyabr 2023, 11:58

Portlash xavfi yuqori kimyoviy moddalarni saqlash talablarini endi FVV nazorat qiladi

Prezident qarori bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligiga portlash xavfi yuqori kimyoviy moddalarni saqlash talablarini nazorat qilish vazifasi yuklandi.

Navoiy viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
7 noyabr 2023, 11:53

Navoiy viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Adliya katta maslahatchisi Azamat Mirzayev Navoiy viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Sobiq viloyat prokurori Baxtiyor Ahmedov Bosh prokuratura boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘ldi.

3 nafar prokuratura xodimi pora va firibgarlikda gumonlanib ushlandi
7 noyabr 2023, 11:40

3 nafar prokuratura xodimi pora va firibgarlikda gumonlanib ushlandi

DXX Andijonda gumonlanuvchiga yordam berish evaziga $5 ming olgan tergovchi va bunga ko‘rsatma bergan prokuror o‘rinbosarini ushlaganini ma’lum qildi. Samarqandda esa prokuror yordamchisi ayblanuvchini qamoqdan chiqarish uchun 3 ming dollar so‘ragani aytilmoqda.

Davlat sport muassasalariga kiruvchi o‘quvchilarning hujjatlari endi DXM va my.gov.uz orqali qabul qilinadi
7 noyabr 2023, 09:57

Davlat sport muassasalariga kiruvchi o‘quvchilarning hujjatlari endi DXM va my.gov.uz orqali qabul qilinadi

1-dekabrdan boshlab O‘zbekistonda davlat sport ta’lim muassasalariga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish uchun ariza beruvchilar Davlat xizmatlari markaziga yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishi mumkin bo‘ladi. Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun ariza beruvchidan yig‘im undirilmaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting