Jamiyat

Toshkentda 8−10-noyabr kunlari ayrim avtobus yo‘nalishlari o‘zgartiriladi
7 noyabr 2023, 09:29

Toshkentda 8−10-noyabr kunlari ayrim avtobus yo‘nalishlari o‘zgartiriladi

IHT sammiti munosabati bilan Toshkentda 8−10-noyabr kunlari ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritiladi, qator yo‘nalishlarda interval va qatnov vaqti ortib ketish mumkin (ro‘yxat). Uzbekistan Airports yo‘lovchilardan aeroportga olib boruvchi aylanma yo‘llar bilan tanishib chiqishni so‘radi.

Toshkent aeroporti yaqinidagi ko‘prik tanklar bilan sinovdan o‘tkazildi
6 noyabr 2023, 22:45

Toshkent aeroporti yaqinidagi ko‘prik tanklar bilan sinovdan o‘tkazildi

Toshkent xalqaro aeroporti yaqinidagi ko‘prikning birinchi bosqich qurilish-montaj ishlari yakuni bo‘yicha sinov o‘tkazildi. Unda 35 tonnalik 4 ta avtotreylerga 40 tonnalik 4 ta harbiy tanklar yuklanib, yo‘l o‘tkazgichga umumiy 300 tonna yuklama berildi. Ko‘prik yuklamaga bardosh berib, mustahkamligi isbotlandi.

8−10-noyabr kunlari Toshkent avtobuslari uchun yopilgan ko‘chalarni aylanib o‘tish sxemalari tayyorlanmoqda
6 noyabr 2023, 22:30

8−10-noyabr kunlari Toshkent avtobuslari uchun yopilgan ko‘chalarni aylanib o‘tish sxemalari tayyorlanmoqda

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti kunlarida Toshkentning markaziy ko‘chalari butunlay emas, balki faqat delegatsiyalar o‘tish vaqtida yopiladi, deya ma’lum qildi “Toshshahartransxizmat” “Gazeta.uz”ga. Jamoat transporti uchun aylanma yo‘l sxemalari tayyorlanmoqda.

Korrupsiya haqida xabar bergan jurnalistlarni himoya qilishga oid yangi qonun loyihasi tayyorlanyapti
6 noyabr 2023, 20:47

Korrupsiya haqida xabar bergan jurnalistlarni himoya qilishga oid yangi qonun loyihasi tayyorlanyapti

Antikorrupsiya agentligi direktori Akmal Burxanov korrupsiya holati haqida xabar bergan fuqarolar, shu jumladan jurnalistlarni himoya qilish uchun yangi qonun loyihasi ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi. “Zamon jurnalistlarni himoya qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirishni talab etyapti”, — dedi u.

Oktabrda Toshkentda yo‘lovchilar avtobusdan 25 mln martadan ko‘p foydalandi
6 noyabr 2023, 19:06

Oktabrda Toshkentda yo‘lovchilar avtobusdan 25 mln martadan ko‘p foydalandi

Oktabrda Toshkentda avtobuslar yo‘lovchilarga 25 mln martadan ortiq xizmat ko‘rsatdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 83 foiz yoki qariyb 9,4 mln nafarga ko‘p demakdir. Shu bilan birga, yo‘nalishlarga chiqarilgan avtobuslar soni ham oshgan.

O‘zbekistonning beshta shahrida suv ta’minoti xususiy sektorga o‘tkaziladi
6 noyabr 2023, 14:42

O‘zbekistonning beshta shahrida suv ta’minoti xususiy sektorga o‘tkaziladi

2024-yil 1-iyuldan Kogon, Shirin, Yangiyer, Bekobod va Yangiyo‘l shaharlarida ichimlik suvi ta’minoti va oqova tizimlari xususiy sektorga o‘tkaziladi. Suv ta’minoti xizmatlari uchun tariflar ishlab chiqarish tannarxiga va boshqa majburiy to‘lovlarga kiritilgan xarajatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.

9 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
6 noyabr 2023, 14:08

9 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

8−9-noyabr kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi kutilayotgani sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini hodisalari kuzatilishi mumkin.

Toshkentda Matiz butunlay yonib ketdi
6 noyabr 2023, 12:52

Toshkentda Matiz butunlay yonib ketdi

Poytaxtning Mirobod tumanida Matiz avtomobili yonib ketdi. Yong‘inga qisqa tutashuv sabab bo‘lgan, jabrlanganlar yo‘qligi aytilmoqda.

Samarqandda fuqaroni 20 ming dollar evaziga AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
6 noyabr 2023, 12:26

Samarqandda fuqaroni 20 ming dollar evaziga AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Oqdaryo tumanida fuqaroni 20 ming dollar evaziga AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Ular oldindan 15 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga tushdi.

66-o‘lim ham bor — “Dok-1 Maks” haqida birinchi bo‘lib xabar bergan shifokor Mamatqul Azizov
6 noyabr 2023, 12:07

66-o‘lim ham bor — “Dok-1 Maks” haqida birinchi bo‘lib xabar bergan shifokor Mamatqul Azizov

“Dok-1 Maks” siropidan bolalar o‘layotgani haqida birinchi xabar bergan Samarqand Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori Mamatqul Azizov sudda ko‘rsatma berdi. Advokat savoliga javoban mutaxassis siropdan vafot etganlar ro‘yxatida 66-o‘lim ham borligini ta’kidladi.

Hafta o‘rtasida havo sovib, yomg‘ir yog‘adi
6 noyabr 2023, 11:19

Hafta o‘rtasida havo sovib, yomg‘ir yog‘adi

Chorshanba kuni O‘zbekistonga nam va sovuq havo massasi kirib keladi. 8−9-noyabrda hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +13…+18, kechasi +3…+6 darajagacha pasayadi. Juma kuni havo biroz isib, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

“Ular istirohat emas, ilm bog‘laridir”. Xorijdagi o‘zbekistonliklar — xorijdagi botanika bog‘lari haqida
6 noyabr 2023, 08:06

“Ular istirohat emas, ilm bog‘laridir”. Xorijdagi o‘zbekistonliklar — xorijdagi botanika bog‘lari haqida

Botanika bog‘lari katta, ko‘p va moliyaviy baquvvat bo‘lishi, ularni nafaqat davlat, balki homiylar ham qo‘llashi kerak. Ayni vaqtda, ular velosiped uchiladigan park emas, balki shaharliklarni tabiatga yaqinlashtiruvchi yashil maktabdir, deb hisoblaydi xorijdagi tabiatsevar o‘zbekistonliklar.

O‘zbekistonda raqamlarni ko‘chirish xizmatidan 1000 dan ortiq odam foydalandi — Sherzod Shermatov
5 noyabr 2023, 10:07

O‘zbekistonda raqamlarni ko‘chirish xizmatidan 1000 dan ortiq odam foydalandi — Sherzod Shermatov

O‘zbekistonda 1000 dan ortiq odam abonent raqamini saqlagan holda mobil operatorini o‘zgartirdi, deya ma’lum qildi raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov. U kelgusida ko‘proq abonentlar uyali aloqa operatorlarini o‘zgartirishini kutmoqda.

Toshkentda ayrim ko‘chalar 3 kunga yopiladi, shaharga yuk mashinalarining kirishi qisman cheklanadi
5 noyabr 2023, 10:02

Toshkentda ayrim ko‘chalar 3 kunga yopiladi, shaharga yuk mashinalarining kirishi qisman cheklanadi

Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti o‘tkazilishi sababli poytaxtning ayrim ko‘chalari 8−10-noyabr kunlari transport harakati uchun yopiladi. Shuningdek, 8−9-noyabr kunlari poytaxtga yuk mashinalarining kirishi qisman cheklanadi, shahar markazida esa ular harakatlanishi to‘liq to‘xtatiladi. Ro‘yxat.

Uzbekistan Airports yosh spotterlarni qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi, IIBB hozircha jim
4 noyabr 2023, 16:39

Uzbekistan Airports yosh spotterlarni qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi, IIBB hozircha jim

Uzbekistan Airports Toshkentda aviaspotter bolalarning qo‘lga olinishi yuzasidan bayonot berdi. Kompaniya yosh avlodning spotting harakatini qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Shahar IIBB hozircha holat yuzasidan bayonot bermadi. Hibsga olinganlarning aytishicha, ularga nisbatan munosabat yumshagan.

Toshkentda yosh aviatsiya ishqibozlari qo‘lga olindi
4 noyabr 2023, 15:15

Toshkentda yosh aviatsiya ishqibozlari qo‘lga olindi

Toshkentda samolyotlarni suratga olayotgan maktab o‘quvchilari huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Xodimlar ularga baqirib, so‘kib, suratga olish jihozlarini olib ketishdi.

Nima tayyorlaymiz: Issiq ichimliklar
4 noyabr 2023, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Issiq ichimliklar

Anorli, sitrus, zanjabil va oblepixali choy, alkogolsiz “glintveyn” ichimligi, issiq shokolad va boshqalar — Zira.uz kuz mavsumiga mos mazali va foydali issiq ichimliklar retseptlari bilan bo‘lishadi.

Mehribonlik uyi qizlari bilan jinsiy aloqa qilgan mansabdorlarga nega 3 yil qamoq jazosi berildi?
3 noyabr 2023, 22:49

Mehribonlik uyi qizlari bilan jinsiy aloqa qilgan mansabdorlarga nega 3 yil qamoq jazosi berildi?

Bosh prokuratura va Oliy sud mas’ullari Xorazmdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqa qilgan 2 sobiq amaldorga chiqarilgan hukm to‘g‘ri malakalanganini ta’kidladi. Protsessual harakatlarda nomusga tegish holati topilmadi, dedi bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Artikova.

“Dok-1 Maks” bilan zaharlanish eng yosh bolalarda etilenglikolning parchalanish darajasi pastligi sababli og‘irroq kechgan — guvoh shifokor
3 noyabr 2023, 21:34

“Dok-1 Maks” bilan zaharlanish eng yosh bolalarda etilenglikolning parchalanish darajasi pastligi sababli og‘irroq kechgan — guvoh shifokor

“Dok-1 Maks” ichgan bolalar o‘limi haqida birinchi bo‘lib xabar bergan Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori sudda guvohlik berdi. U etilenglikolning bolalar organizmiga ta’siri hamda shifoxonaga ertaroq yotqizish sog‘ayish imkoniyatlarini qanday oshirganini so‘zladi.

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?
3 noyabr 2023, 20:00

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?

Oltita kinopremera, “Ayol yo‘li” festivali, Zokir Ochildiyev ishtirokidagi yumoristik shou, sirk tomoshalari, ko‘rgazmalar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting