Jamiyat

Qashqadaryoda 43 ta echkiemarni o‘ldirib, terisini shilgan brakoner ozodligi 3 yilga cheklandi
16 oktabr 2023, 18:11

Qashqadaryoda 43 ta echkiemarni o‘ldirib, terisini shilgan brakoner ozodligi 3 yilga cheklandi

Dehqonobod tumanida 43 ta echkiemar esa o‘ldirilib, terisi shilib olgan shaxs aniqlandi. Unga nisbatan 3 yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.

Hokimlik: Toshkentdagi noqonuniy bino va inshootlarni buzish ishlari boshlandi
16 oktabr 2023, 16:43

Hokimlik: Toshkentdagi noqonuniy bino va inshootlarni buzish ishlari boshlandi

Toshkent shahar hokimligi poytaxtdagi noqonuniy bino va inshootlarni demontaj qilish ishlari boshlanganini ma’lum qildi. Hokimlik shahar hududida maishiy va tijorat binolariga ega bo‘lgan aholini hujjatlarning shaharsozlik me’yorlariga muvofiqligini yana bir bor sinchiklab tekshirishga chaqirdi.

Binolarning tashqi qiyofasini yangilash aholi bilan muhokama qilinadi — Toshkent hokimligi
16 oktabr 2023, 15:14

Binolarning tashqi qiyofasini yangilash aholi bilan muhokama qilinadi — Toshkent hokimligi

Poytaxt markazidagi “Moskva” ko‘p qavatli uylari aholisiga binolarning tashqi qiyofasini yangilash rejalari haqida ma’lumot berilgani ularda xavotir va savollar tug‘dirdi. Shahar hokimligining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, ko‘rsatilgan eskizlar hali tasdiqlanmagan va loyiha aholi bilan muhokama qilinadi.

Farg‘ona shahri hayvonot bog‘idagi zebra nobud bo‘ldi
16 oktabr 2023, 15:10

Farg‘ona shahri hayvonot bog‘idagi zebra nobud bo‘ldi

Farg‘ona shahri hayvonot bog‘idagi zebra nobud bo‘ldi. 12 yil yashagan jonzot qarib o‘lgani aytilmoqda. Mazkur bog‘da yil boshida jirafa ham nobud bo‘lgandi.

Foto: Toshkent aeroportida beshinchi rasmiy aviaspotting
16 oktabr 2023, 14:49

Foto: Toshkent aeroportida beshinchi rasmiy aviaspotting

Toshkent xalqaro aeroportida beshinchi rasmiy spotting-tur bo‘ldi. Unda O‘zbekistonning turli shaharlaridan, shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston va Belarusdan 50 ga yaqin spotter qatnashdi. Foto.

Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi
16 oktabr 2023, 14:47

Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi

O‘zbekiston maktablarida kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi. II chorak o‘qishning birinchi kuni 10-noyabrga to‘g‘ri keladi.

Qashqadaryodagi avtobusda gaz balloni portlashi oqibatida 8 kishi kasalxonaga yotqizildi
16 oktabr 2023, 12:53

Qashqadaryodagi avtobusda gaz balloni portlashi oqibatida 8 kishi kasalxonaga yotqizildi

Qashqadaryo viloyatining Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabariga ko‘ra, avtobusdagi portlash oqibatida 8 kishi kasalxonaga yotqizilgan, ulardan 4 nafari reanimatsiyada. 16 nafar jabrlanganlarga ambulator yordam ko‘rsatildi.

Shavkat Mirziyoyev YUNVTO sammiti ochilishida nutq so‘zlaydi
16 oktabr 2023, 12:43

Shavkat Mirziyoyev YUNVTO sammiti ochilishida nutq so‘zlaydi

Shavkat Mirziyoyev Butunjahon turizm tashkiloti (YUNVTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etish uchun Samarqandga tashrif buyuradi.

Hafta iliq bo‘ladi
16 oktabr 2023, 11:23

Hafta iliq bo‘ladi

O‘zbekistonda hafta oxirigacha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat ko‘tarilib, haftaning ikkinchi yarmida +22…+25 darajagacha iliq bo‘ladi. Kechasi va ertalab ham havo ancha iliq, +7…+12 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Qashqadaryoda yo‘lovchi avtobusidagi portlash oqibatida 4 kishi jarohatlandi
16 oktabr 2023, 10:44

Qashqadaryoda yo‘lovchi avtobusidagi portlash oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Muborak tumanida Isuzu avtobusining gaz balloni portlab, 4 kishi o‘rta og‘ir darajada jarohat oldi. Hodisa sababli hech kim halok bo‘lmagan, deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.

O‘zbekistonlik o‘quvchilar robototexnika bo‘yicha JCHda bronza medalini oldi
16 oktabr 2023, 09:31

O‘zbekistonlik o‘quvchilar robototexnika bo‘yicha JCHda bronza medalini oldi

Singapurda o‘tgan First Global Challenge robototexnika chempionatida o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Isroildagi OTMda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar vatanga qaytarildi
15 oktabr 2023, 20:33

Isroildagi OTMda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar vatanga qaytarildi

Isroilning Xolon texnologiya institutida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar vatanga qaytarildi. Ular o‘qishni onlayn davom ettirishadi.

Qashqadaryoda 60 tonna chigiti to‘xtatib qolingan jizzaxlik tadbirkor muammosi hal etildi
14 oktabr 2023, 14:20

Qashqadaryoda 60 tonna chigiti to‘xtatib qolingan jizzaxlik tadbirkor muammosi hal etildi

“Gazeta.uz” e’tibor qaratgan Qashqadaryodan 60 tonna chigit olib chiqishda taqiqqa uchragan jizzaxlik tadbirkor muammosi hal etildi. Bu haqda Biznes ombudsman ma’lum qildi. Avvalroq deputatlar shu masala yuzasidan viloyat hokimligi va IIVga so‘rov yuborgandi.

Bloger Olimjon Haydarovning ishi sudga oshirilib, unga yangi ayblovlar qo‘yildi
14 oktabr 2023, 12:39

Bloger Olimjon Haydarovning ishi sudga oshirilib, unga yangi ayblovlar qo‘yildi

Huquq-tartibot idoralari iyul oyi oxirida tovlamachilikda ayblanib hibsga olingan bloger Olimjon Haydarov ustidan tergovni yakunlab, ishni sudga yuborgan. Unga tuhmat va haqorat kabi yangi ayblovlari qo‘yilgan.

Spark haydovchisi Toshkentda Hindistonning uch nafar fuqarosini urib yubordi
14 oktabr 2023, 11:26

Spark haydovchisi Toshkentda Hindistonning uch nafar fuqarosini urib yubordi

Toshkentdagi piyodalar o‘tish joyida 18 yoshli Spark haydovchisi Hindistonning uch nafar fuqarosini urib yubordi. Piyodalar turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi.

Nima tayyorlaymiz: Pitsa
14 oktabr 2023, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Pitsa

Sosiska va pishloqli yoki pomidor va mol go‘shtidan qilingan vetchinali pitsa, yopiq “Salzone”, “Sezar”, “Margarita” hamda “Pepperoni” va boshqalar — ZIra.uz mazali pitsa tayyorlash retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Deputatlar “chigit ishi” yuzasidan Qashqadaryo viloyati hokimligi va IIVga so‘rov yubordi
14 oktabr 2023, 09:42

Deputatlar “chigit ishi” yuzasidan Qashqadaryo viloyati hokimligi va IIVga so‘rov yubordi

Jizzaxlik tadbirkor Qashqadaryodan 60 tonna chigitini olib chiqishda taqiqqa uchragani haqida yozgandik. Holat yuzasidan O‘zLiDeP deputatlari To‘lqinjon Karimov va Batirbek To‘razoda Qashqadaryo viloyati hokimligi va Ichki ishlar vazirligiga deputatlik so‘rovi yubordi.

Toshkentda Spark haydovchisi piyodalar o‘tish joyida keksa ayolni urib yubordi
13 oktabr 2023, 23:59

Toshkentda Spark haydovchisi piyodalar o‘tish joyida keksa ayolni urib yubordi

Toshkentning Yunusobod tumanida Spark haydovchisi piyodalar o‘tish joyida 70 yoshli ayolni urib yubordi. Jabrlanuvchi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan, tergovga qadar tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qashqadaryo viloyatida bir erkak baliq ovi vaqtida cho‘kib ketdi
13 oktabr 2023, 22:32

Qashqadaryo viloyatida bir erkak baliq ovi vaqtida cho‘kib ketdi

Qashqadaryoning Mirishkor tumanida bir erkak baliq ovlash vaqtida cho‘kib ketdi. Uning jasadi Sechanko‘l sun’iy suv omboridan topilgan. Sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Foto: Toshkentga kuz keldi
13 oktabr 2023, 22:22

Foto: Toshkentga kuz keldi

Poytaxtda havo harorati keskin pasayib, +10 darajagacha tushdi. 13-oktabrga o‘tar kechasi yomg‘ir yog‘ib, kunduzi tomchilab turdi. Salqin tushishi bilan haqiqiy kuz kirib kelganini his qilish mumkin. Toshkentning kuzgi ko‘chalari — “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin obyektivida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting