Farg‘ona shahrida erkak telefoniga javob bermagan Yandex haydovchisi mashinasining oynalarini tosh bilan sindirdi. 22 yoshli haydovchi buyurtmachining manziliga kelganida telefoni o‘chib qolgan va u bilan bog‘lanolmagan. Mashinaga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash bo‘yicha ekspertiza tayinlandi.
Yashnobod tumani Alimkent ko‘chasidagi sobiq tramvay yo‘llari o‘rni ko‘plab yillar mobaynida tashlandiq holatga kelib qoldi. Hozir esa bu yerda — daraxtlar, butalar va uzumlar ekilgan. Biz unga kim g‘amxo‘rlik qilayotgani va odamlar toshga aylangan shahardagi yangi oazis haqida qanday fikrdaligini o‘rgandik.
1-avgustdan kuchga kiradigan o‘zgarishlar, test sinovlaridan chiqqan abituriyentlar, pora bilan ushlangan san’at va madaniyat instituti bo‘lim boshlig‘i, bloger Abduqodir Mo‘minovning sud ishi tafsilotlari, iyul oyida 9 foizdan pastga tushgan yillik inflyatsiya va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
O‘zbekiston xalq artisti Nuriddin Hamroqulov 77 yoshida vafot etdi. “Olamni asrang”, “Ra'no”, “Soy ko‘rdim”, “Ajab sirlar” singari yuzlab qo‘shiqlar ijrochisi bo‘lgan san’atkor 1987-yilda “O‘zbekiston xalq artisti” unvoni, 2020-yilda “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilindi. May oyida ushbu qonun loyihasi “yana ham takomillashtirish kerakligi” sabab faqatgina konseptual tartibda qabul qilingandi.
Qashqadaryoda xususiy korxona viloyat bolalar shifoxonasi maydonidagi 17 tup manzarali daraxtni noqonuniy kesib tashlagani aniqlandi. Holat huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan o‘rganilmoqda.
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 5000 dollar talab qilgan oliygoh bo‘lim boshlig‘i aniqlandi. U mablag‘dan 4800 dollarini olayotganda ushlandi.
Samarqand shahridagi mehmonxonalarning birida 30 yoshli ayolning jasadi bo‘yin sohasidan bo‘g‘ilgan holatda topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
1-avgust erta tongdan talabalar qatoridan joy olishga oshiqqan abituriyentlar OTMlarga kirish uchun test sinovlaridan o‘tishni boshladi. “Gazeta.uz” muxbirlari poytaxtdagi imtihon olinayotgan ikkita hududdan fotoreportaj tayyorladi. Video, foto.
2030-yilgacha jiddiy YTHlar sonini kamida 50 foizga kamaytirish, kengligi 2 va undan ortiq polosali piyodalar o‘tish joylarini svetofor bilan jihozlash rejalashtirilmoqda. YHXXning yilning birinchi yarmida raqamlarni kamaytirish bo‘yicha rejalariga qaramay, YTHlar va og‘ir oqibatlar ko‘paydi.
Abduqodir Mo‘minov ishi yuzasidan prokuror sudyadan sudlanuvchiga nisbatan uzil-kesil 11 yil ozodlikdan mahrum etish, 3 yil davomida jurnalistik faoliyatni cheklash va BHMning 400 barobari miqdorida jarima jazosini tayinlashni so‘radi.
Stajga ega bo‘lmaganlar uchun nafaqa miqdori 33 ming so‘mga oshadi, ota-onalarning farzandi ta’limi uchun to‘lagan puli daromad solig‘idan ozod qilinadi, rahbarlar raqamli texnologiyalar bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda o‘qiydi, isitish tizimlarini modernizatsiya qilish boshlanadi — 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari tarmoqdan uzilgan fuqaroni unga qayta ulab berish evaziga 5 mln so‘m talab qilib, pullarni olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Tijorat banklari 1-avgust kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 560−11 615 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 650−11 675 so‘m.
Tunda Buxoro shahridagi ikki qavatli savdo majmuasida sodir bo‘lgan yong‘in sabab 15 ta do‘kon va majmua yaqinidagi bozorning 8 ta do‘koni yonib ketdi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Imtihon sabab Toshkentdagi ayrim avtobuslar erta ish boshlashi, chaqalog‘ini $10 mingga sotmoqchi bo‘lgan farg‘onalik ayol, Toshkentda o‘zini 5-qavatdan tashlagan hujra o‘quvchisi, “O‘zbekiston-2030” strategiyasi, dollar kursiga bosim o‘tkazayotgan importning o‘sishi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
Toshkentda IIO xodimlari bolalarga “oq bilan qorani ajrata olish” haqida gapirib, ma’ruza o‘qigan bog‘cha mudirasi va uslubchisiga intizomiy chora qo‘llanildi. Maktabgacha ta’lim agentligiga ko‘ra, bolalar bilan mashg‘ulotlar maydonchada o‘tkazilmay, guruhda tashkil etilgani noto‘g‘ri bo‘lgan.
2023/2024 o‘quv yilida 17 mingta magistratura kvotasi uchun 20 ming abituriyent ariza yubordi. Ularning 13,2 ming nafari — xotin-qizlar. Hujjat topshirganlarning 4 foizida davlat mukofoti bor yoki nomdor stipendiya sohibi. 3 foizi esa nogironlik imtiyoziga ega.
O‘zini 15 yoshli qiz bola maktab o‘quvchisi deb tanishtirgan erkak 10 yoshli qizga pornografik xarakterdagi video va suratlarni yuborib, undan ham shunday suratlarini yuborishni talab qilgan. Toshkent viloyati sudi erkakni 4,5 yilga manzil-koloniyaga hukm qildi.
1-avgustdan 13-avgustga qadar OTMlarga kirish testlari o‘tkazilishi munosabati bilan poytaxtda ayrim avtobuslar soat 5:00 dan ish boshlaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting