Jamiyat

Jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan Andijondagi Navoiy bog‘ida qurilish ishlari bo‘lmasligi ma’lum qilindi
31 yanvar 2025, 13:47

Jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan Andijondagi Navoiy bog‘ida qurilish ishlari bo‘lmasligi ma’lum qilindi

2024-yilning kuzida Andijondagi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘i hududida ishbilarmonlik markazi, ko‘p qavatli turar joy majmualari qurilishi ma’lum bo‘lgandi. Bu esa jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi. Viloyat hokimligiga ko‘ra, bog‘ faqat rekonstruksiya qilinadi va zamonaviy ko‘rinishga keltiriladi.

Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechalari sovuq saqlanib turadi
31 yanvar 2025, 11:02

Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechalari sovuq saqlanib turadi

Dam olish kunlari O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi sovuq saqlanib turadi, kunduzi harorat +5…+8 daraja, janubda esa +10…+12 darajagacha iliydi.

Farg‘onada Damas boshqaruvidagi 17 yoshli bola BYD bilan to‘qnashib vafot etdi
31 yanvar 2025, 09:36

Farg‘onada Damas boshqaruvidagi 17 yoshli bola BYD bilan to‘qnashib vafot etdi

Oltiariq tumanida bayonnoma tuzilgan BYD Song avtomobilini olib ketayotgan YPX inspektori YTHga uchradi. 17 yoshli Damas haydovchisi ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga chiqib ketib u bilan to‘qnashdi. Oqibatda bola shifoxonada vafot etdi.

️Oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasi maxsus platforma orqali shakllantiriladi
31 yanvar 2025, 00:47

️Oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasi maxsus platforma orqali shakllantiriladi

E️ndi oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan davlat buyurtmasi maxsus platforma orqali shakllantiriladi. Ehtiyoj 4 yillik davrga ishlanib, tendensiyalar asosida platformaga tuzatishlar kiritiladi. Unda rasmiy band aholi soni, bo‘sh ish o‘rinlari va bitiruvchilar haqida ma’lumotlar mavjud bo‘ladi.

30-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
30 yanvar 2025, 23:54

30-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Birinchi prezident haykali poyiga gulchambar qo‘ygan Mirziyoyev, ustun mavqega ega deb topilgan Payme, O‘zbekistonda QQS to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan Alibaba Cloud, huquqbuzarlikka moyilligi bor shaxslar ro‘yxati va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Deputatlar bola tug‘ilganda otalarga haq to‘lanadigan ta’til berish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi
30 yanvar 2025, 22:40

Deputatlar bola tug‘ilganda otalarga haq to‘lanadigan ta’til berish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi

Deputatlar Mehnat kodeksiga ish joyida tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini taqiqlash va oldini olish, bu harakatlardan jabrlanganlarga qo‘shimcha ta’tillar berish, shuningdek, farzandli bo‘lgan erkaklarga haq to‘lanadigan ta’til ajratishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlarni birinchi o‘qishda qabul qildi.

Toshkentda qiz uch marta o‘g‘irlab ketildi. Gumonlanuvchilar, jumladan, u bilan yashagan shaxs qo‘lga olindi
30 yanvar 2025, 22:03

Toshkentda qiz uch marta o‘g‘irlab ketildi. Gumonlanuvchilar, jumladan, u bilan yashagan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent shahrida yashovchi 20 yoshli qiz uzoq vaqt davomida sobiq sherigi va uning sheriklari tomonidan zo‘ravonlikka uchragan va uch marta o‘g‘irlab ketilgan. To‘rt nafar gumonlanuvchi qo‘lga olinib, jinoyat ishi ochildi.

Jizzaxda avtobus yo‘l tozalovchi mashina bilan to‘qnashdi
30 yanvar 2025, 17:56

Jizzaxda avtobus yo‘l tozalovchi mashina bilan to‘qnashdi

Sharof Rashidov tumanida ichida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus yo‘llarni tozalovchi maxsus transport vositasi bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida uch kishiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.

So‘rovnoma: Islom Karimov davrida nima yaxshi-yu, nima yomon edi?
30 yanvar 2025, 17:22 1

So‘rovnoma: Islom Karimov davrida nima yaxshi-yu, nima yomon edi?

30-yanvar — O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun. O‘zbekistonni 1989-yildan 2016-yilgacha, ya’ni vafotiga qadar boshqargan Islom Karimovning rahbarlik davrini o‘zbekistonliklar qanday xotirlaydi? “Gazeta.uz” poytaxt ko‘chalarida bo‘lib, aholiga bir qancha savollar bilan yuzlandi.

Yerdan yuqori daromad olayotgan dehqonlarga yer solig‘ining 90 foizi keshbek sifatida qaytarib beriladi
30 yanvar 2025, 17:04

Yerdan yuqori daromad olayotgan dehqonlarga yer solig‘ining 90 foizi keshbek sifatida qaytarib beriladi

O‘zbekistonda bir sotixda 5 mln so‘mdan yuqori rasmiy daromad olayotgan dehqonlarga yer solig‘ining 90 foizi keshbek sifatida qaytarib beriladi. Aksincha, tomorqasiga ekin ekmaganlardan yer solig‘i oshirilgan miqdorda undiriladi. Shuningdek, dehqonlar va eksportchilarni bog‘laydigan marketpleys tashkil etiladi.

O‘zbekistonda veyplarni import qilish va sotishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun deputatlar tomonidan bir ovozdan qabul qilindi
30 yanvar 2025, 16:08

O‘zbekistonda veyplarni import qilish va sotishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun deputatlar tomonidan bir ovozdan qabul qilindi

O‘zbekiston deputatlari elektron sigaretalarni (veyplar) mamlakatga olib kirish va ularning muomalasini taqiqlash haqidagi qonunni qabul qilib, uni Senatga yubordi. Parlament a’zolari hujjatni ikkinchi va uchinchi o‘qishda hech qanday savollarsiz, bir ovozdan ma’qulladilar.

Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish tartibi belgilandi
30 yanvar 2025, 15:31

Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan etil spirti va alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish tartibi tasdiqlandi. Nizomga ko‘ra, alkogol mahsulotlarini chet elda ishlab chiqarilgan iste’mol etil spirti hamda texnik etil spirtidan foydalangan holda ishlab chiqarish taqiqlanadi.

Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasidagi 22-uy madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritiladi
30 yanvar 2025, 15:14

Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasidagi 22-uy madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritiladi

Poytaxtning Shota Rustaveli ko‘chasidagi 22-uyni Moddiy madaniy meros obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritish reja qilinmoqda. Bu haqda Madaniy meros agentligi ijtimoiy tarmoqlarda uning buzilish ehtimoli haqidagi tarqalgan xabarlarga javoban ma’lum qildi.

O‘zbekistonda huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslar ro‘yxati shakllantirildi
30 yanvar 2025, 15:11

O‘zbekistonda huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslar ro‘yxati shakllantirildi

IIV O‘zbekistonda huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan 800 mingdan ortiq shaxs ro‘yxati shakllantirilganini ma’lum qildi. Vazirlik vakili fuqarolar nima maqsadda bunday ro‘yxatga kiritilganiga izoh berib, ularga faqat yordam ko‘rsatilishini ta’kidladi.

MyTaxi 10 yilligini nishonlamoqda va barcha foydalanuvchilarga safarlar uchun promokod taqdim etmoqda
30 yanvar 2025, 15:00

MyTaxi 10 yilligini nishonlamoqda va barcha foydalanuvchilarga safarlar uchun promokod taqdim etmoqda

MyTaxi xizmati 10 yillik muvaffaqiyatli faoliyatini nishonlab, qulay va xavfsiz sayohatlarni taqdim etadi va yubiley sharafiga foydalanuvchilarga promokod sovg‘a qiladi.

O‘zbekistonda fevral oyida ob-havo qanday bo‘ladi?
30 yanvar 2025, 14:44

O‘zbekistonda fevral oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

Fevral 6−7 kun davom etadigan quruq ob-havo bilan boshlanadi. Harorat kechalari 0…-5 daraja, kunduz kunlari +3…+15 daraja atrofida bo‘ladi. So‘ngra oy oxirigacha kechasi −13…+7, kunduzi 0…+15 gradusgacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin.

O‘zbekistonda dorixonalarning giyohvandlik vositalarini berish tartibi belgilandi
30 yanvar 2025, 14:04

O‘zbekistonda dorixonalarning giyohvandlik vositalarini berish tartibi belgilandi

Giyohvandlik vositalarini dorixonalar orqali berish tartibi belgilandi. Nizomga ko‘ra, ular dorixona mudiri, farmatsevt yoki uning assistenti tomonidan shifokorning maxsus pushti retsepti asosida beriladi. Shifokor faqat 1 nomdagi giyohvandlik vositasini yetti kunlik ehtiyojdan oshmagan holda yozishi kerak.

Tergov jarayonida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuchaytiriladi
30 yanvar 2025, 14:04

Tergov jarayonida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuchaytiriladi

Tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlari yanada kuchaytiriladi. Qonun bilan tintuv o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish hamda uni ko‘rib chiqish asoslari belgilandi.

Buxoro viloyatida Cobalt haydovchisi YPX xodimini urib ketdi
30 yanvar 2025, 13:10

Buxoro viloyatida Cobalt haydovchisi YPX xodimini urib ketdi

Buxoro viloyatining Jondor tumanida YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilgan Cobalt haydovchisi to‘satdan harakatlanib, ulardan birini urib ketdi. Voqea yuzasidan hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

My.gov.uz va Uzum Bank davlat xizmatlari uchun qulay naqd pulsiz to‘lovlarni yo‘lga qo‘ymoqda
30 yanvar 2025, 13:00

My.gov.uz va Uzum Bank davlat xizmatlari uchun qulay naqd pulsiz to‘lovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

O‘zbekiston aholisi endi my.gov.uz portalida Uzum Bank ilovasi orqali va Uzum Nasiya`dan bo‘lib-bo‘lib to‘lash orqali davlat xizmatlari uchun to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting